So‘z yasovchi qo‘shimchalar
|
Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
|
Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
|
|
|
|
O‘quvchilarga o‘zlari o‘qiyotgan badiiy asarlaridan parcha ko‘chirib, asos va qo‘shimchalarga ajratish uyga vazifa qilib beriladi.
Ko`rdim.
O`TIBDO`:
3.X.2016.
5.X.2016. Ona tili. 5-sinf.
3- nazorat ishi
IJODIY BAYON VA UNING TAHLILI
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: o‘quvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini sinash va baholash.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda mehribonlik va odamiylik xislatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini o‘stirish.
Darsning metodi: ifodali o`qish suhbat, mustaqil ishlash, yozma nazorat.
Darsning jihozi: bayon matni.
O‘quvchilar bayon matni bilan tanishtiladi va bayon yozishda asos hamda qo‘shimchalar imlosiga asosiy e’tibor berish lozimligini ta’kidlanadi.
KULAYOTGAN KUCHUK
Bolalar, angillagan, irillagan, vovillagan, hatto uzun-uzun uvillagan itni ko‘rgansiz. Ammo itning kulganini eshitganmisiz?
Rost aytyapman, nega kulasiz? Qo‘shnimiz Eldorning «Yambuy»degan qop-qora iti bor. Eldor uni hamisha dalaga mol boqishga olib boradi. Hammamiz Yambuyni yaxshi ko‘ramiz. Chunki futbol o‘ynasak, mollarimizga qarab turadi. Kimning sigiri uzoqqa ketib qolsa, Yambuy qaytarib keladi.
Koptogimiz suvga tushib ketsa, Yambuy olib chiqadi. Xullas, Yambuy –zo‘r it. Tovushi ham vahimali. Astoydil hursa, qishloqni manaman degan qozoqi itlari ham pisib qoladi.
Ana shu Yambuy tunov kuni hammamizni qo‘rqitib yubordi. Qanday qilib deysizmi?
Eldor, Sardor, Mahamatjon, men sigirlarimizni yaylovga haydab ketayotgandik. Yo‘lning ikki tomoni ham bug‘doyzor. Sap-sariq bo‘lib pishib yotibdi. Ana shu dalaning qoq o‘rtasida «mol kirmasin», degan yozuvli qoziq qoqib qo‘yilibdi.
- Voy yozuvni qoqishga topgan joyini qarang, yana bizga g‘allani payhon qilmang, molga ehtiyot bo ‘ling, - deb tayinlashgani tayinlashgan, — Eldor shunday dedi-yu xoxolab kulib yubordi. Eldorning qotib-qotib qarab biz ham xoxolashdik. Shunda ancha oldinda ketayotgan Yambuy ortiga qaytib keldi. Bizga birpas qarab turdi. Bir qulog‘i pastga, bir qulog‘ini tepaga dikkaytirgancha cho‘qqayib o‘tirdi. Keyin og‘zini katta ochib shunday xoxolab kuldi-ki, biz qo‘rqib ketganimizdan jim bo’lib qoldik. (chunki oramizda hali hech kim itning kulganini ko‘rmagandi-da.
Mana, bir oy bo‘lyaptiki, Jambuy «maza qilib kulib»yuribdi.
Eldorning buvisi, itga otning ham allambalosini qo‘ygan ekansanlar. Buning xosiyati bo‘lmaydi. Itni yo‘qot, deyaptilar.
Gulxanjon, sen nima deysan, axir Yambuy soppa-sog‘-ku! Avvalgiday qo‘riqchiligini qilayotgan bo‘lsa, nega kulavermaydimi? (Jahongir Ibrohim o‘g‘li)
Do'stlaringiz bilan baham: |