Qizilchaga ishlov berish.
Qizilcha xom yoki pishirilgan holda kesilib, suyuq oshlar, issiq quyuq taomlar va yaxna taomlar uchun ishlatilishi mumkin.
Somoncha. Qizilcha xuddi kartoshkaga o‘xshab kesiladi. Somoncha shakldagi qizilcha borshchlar uchun marinadlar, svekolniklar, lavlagi kotleti uchun ishlatiladi.
Tilim-tilim. Xom yoki pishgan qizilcha 1-1,5 sm qalinlikda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida uzun kesiladi va bu shakl ko‘ndalangiga 1-1,5 mm qalinlikda to‘g‘raladi. Tilim-tilim shaklidagi xom qizilcha borsh tayyorlashda ishlatiladi, pishirilgan qizilcha esa salat va vinegretlar uchun ishlatiladi.
Kubik. Pishirilgan qizilchadan xuddi kartoshkaga o‘xshash o‘rta yoki mayda kubik shaklda kesiladi. O‘rta kubik shaklidagi qizilcha dimlash uchun ishlatiladi, mayda holdagilari esa yaxna taomlar uchun ishlatiladi.
Qizilcha sharcha, yulduzcha, toj shaklida kesilib yaxna taomlarni bezash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |