Salatbop va dessert sabzavotlarga ishlov berish. Konservalanadigan sabzavotlarga ishlov berish.
Pomidor - katta-kichikligi pishgan darajasiga qarab (pishgan, o‘rtacha pishgan, o‘ta pishgan) saralanadi. Chirigan, ezilgan pomidorlar ajratiladi. Yuvilib, band tomonidan kesib, bandi olib tashlanadi. O‘rtacha kattalikdagi va mayda pishgan pomidor salat tayyorlash, qo‘shimcha garnir uchun, ichiga qiyma tiqib tayyorlash uchun ishlatiladi. Ezilib pishganlari suyuq ovqatlar, sardaklar uchun, dimlab tayyorlanadigan taomlar uchun ishlatiladi. Pomidor ko‘ndalangiga kesilib qovurish uchun ishlatiladi. Pallacha shaklida kesib salat tayyorlash yoki taomlarni bezash uchun, suyuq ko‘katlar uchun ishlatiladi.
Baqlajon saralanib, band tomonidan kesilib olib tashlanadi, katta baqalajonlarning po‘sti tozalanadi. Parak-parrak, tilim-tilim shaklida kesib qovurish, kubik shaklida kesib suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi.
Qalampir (achchiq va shirin) saralanadi, yuviladi, ko‘ndalangiga kesilib, urug‘i tozalanib, ko‘ndalangiga somoncha shaklida kesilib, suyuq ovqatlarga ishlatiladi, mayda kubik shaklida kesilib suyuq ovqatlarga ishlatiladi.
Koxu, nemal oq, qichitqi o‘t saralanib, so‘ligan, chirigan, sarg‘aygan, qattiq barglari olib tashlanadi, bandi kesiladi. Tozalangan ko‘kat sovuq suvga solib bir necha daqiqa bo‘ktirilib yuviladi va oqava suvda chayilib, qum, loy qoldiqlaridan xoli qilinadi. Ismaloq issiq, ishlovdan avval yuvilishi kerak, chunki u hul holda turib qolsa tez buziladi.
Shovul saralanib sarg‘aygan, chirigan barglari olib tashlanadi, bandi kesilib, xuddi koxuga o‘xshash yuvib pokizalanadi.
Tuzlangan karam suvi siqilib, saralanib, har xil aralashmalardan tozalanib, yirik to‘g‘ralgan slizi karam maydalanadi. O‘ta nordon karam sovuq suvda bir oz chayiladi.
Tuzlangan bodring sovuq suvda yuviladi. Tuzlangan yoki marinadlangan mayda bodring band tomonidan bir oz kesiladi, butun yoki bo‘lingan holda ishlatiladi. Yirik, sariq bodring po‘stlari archiladi, uzunasiga 4 bo‘lakka bo‘lib, urug‘idan tozalanadi. Tilim-tilim, romb shaklida kesilib solyanka, salat uchun, somoncha shaklida kesilib-rassolniklar uchun, mayda kubik shaklida kesilib yaxna taomlar uchun, ushoq ko‘rinishda - sardaklar uchun ishlatilishi mumkin.
Yangi muzlatilgan sabzavotlar. Ko’k no‘xat, loviya, tomat, qovoqchalar, qalampir, jo‘xori, kartoshka, gul karam, ko‘kat va boshqa sabzavotlar muzlatilgan holda keltiriladi. Tez muzlatilgan sabzavotlarda ularning tabiiy ta'mi, mazasi, hidi, rangi, tashqi ko‘rinishi saqlanib qoladi. Muzlatilgan sabzavotlar 12-18°C haroratli sovuq, omborlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |