2.9. Kreditorlik qarzlarining aylanish davomiyligi
2.10. Operatsion davrning (siklning) davomiyligi
2.11. Moliyaviy davrning (siklning) davomiyligi.
5.3-jadval Korxonaning moliyaviy barqarorligi va bozor faolligi ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Hisobot ma’lumotlari
Tavsiya etiladigan mezon
2019-yil
2020-yil
2021-yil
3. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari
3.1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti
>0,5
3.2. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti
<0,5
3.3. Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsiyenti
<0,8
3.4. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti
<1,25
3.5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsiyenti
>0,3
3.6. Zaxiralarni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsiyenti
>0,6
4. Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari
4.1. Bitta aksiyaning daromadliligi
4.2. Aksiyaning bozor bahosi va bir aksiyaga to‘g’ri keluvchi foyda o‘rtasidagi munosabat
4.3. Bitta aksiyaga dividend me’yori
4.4. To‘langan dividendlar ulushi
Yuqorida jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarni korxona yillik hisobotidagi «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), «Moliyaviy natijalar to‘g’risida hisobot» (2-shakl) va hokazolar yordamida quyidagicha hisoblanadi:
1. Likvidlik ko‘rsatkichlari:
1.1. Joriy likvidlik yoki umumiy qoplash koeffitsiyenti = (pul mablag’lari + qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar + sof debitorlik qarzlari + moddiy ishlab chiqarish zahiralari) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.
1.2. Tezkor likvidlik koeffitsiyenti = (pul mablag’lari + qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar + sof debitorlik qarzi) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.
1.3. Absolyut likvidlik koeffitsiyenti = pul mablag’lari / qisqa muddatli majburiyatlar.
1.4. Sof aylanma kapitali = joriy aktivlar - qisqa muddatli majburiyatlar.
2. Korxonaning amaliy faolligi ko‘rsatkichlari:
2.1. Aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsiyenti = sotishdan kelgan sof tushum / o‘rtacha yillik aktivlar.
2.2. O‘z mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti = sotishdan kelgan sof tushum / o‘z mablag’larining o‘rtacha yillik qiymati.
2.3. Asosiy vositalar aylanuvchanligi yoki fond qaytimi = sotishdan kelgan tushum / asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati.
2.4. Zahiralarning aylanuvchanlik koeffitsiyenti = sotilgan mahsulot uchun qilingan ishlab chiqarish xarajatlari / o‘rtacha yillik zahiralar va xarajatlar.
2.5. Zahiralarning o‘rtacha saqlash muddati = 365 kun / zahiralarning aylanuvchanligi koeffitsiyenti.
2.6. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum / sof debitorlik qarzlarining o‘rtacha yillik qiymati.
2.7. Debitorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi = 365 kun / debitor qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsiyenti.