6-mavzu. Pedagog faoliyatida estetika



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,66 Mb.
#611523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу 3 йиллик

estetika fani va o’quv darsi voqelikni estetik mushohada etish 
va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. 
Boshqacha qilib aytganda, estetika — bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod 
jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgi-idrok qilish vositalari orqali 
o’rganadigan va o’rgatadigan fandir.
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik munosabat», «borliqni 
estetik o‘zlashtirish», «estetik baholash», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat», kabi 
o‘zaro yaqin, ma‘nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi «borliqni estetik 
o‘zlashtirish» tushunchasi qolgan «estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik 
tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika 


fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini 
o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san‘atning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san‘atning asosiy- uslubiy 
metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi. 
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi 
fan sifatida o‘ziga xos bir qator fazilatlari bor. Estetika fani inson tevarak - 
atrofidagi moddiy va ma‘naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson 
faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini san‘atning barcha turlari 
vositasida chuqur o‘rganishga da‘vat etadi. San`at esa estetik boyliklarni yaratish 
manbaidir. San‘atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida esa estetik 
faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondashish uchun zamin 
yaratiladi. Shu bois san‘at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, 
qonuniyatlarini o‘zlashtirish go‘zallik — nafosat (estetika)ning barcha sifat 
darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. Bu jabhalarga san‘atning 
umumiy nazariyasi (san‘atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va faoliyatining 
mushtarak qonunlarini anglatuvchi), estetika fanining xususiy - uslubiy asoslariga 
oid tadqiqotlar (mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul - uslublarining 
o‘zaro munosabati masalalari), moddiy boyliklar yaratish estetikasi (mehnat qilish 
jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar 
masalalari), muhandislik - loyihachilik faoliyati va ilmiy - tadqiqot ishlari sohasida 
estetik jihatlar, tabiat estetikasi (tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni 
anglash va tabiatdan foydalanishga oid estetik omillar), insoniy munosabatlar 
estetikasi, kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish 
maqsadga muvofiqdir. Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika 
tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o‘quv kurslari darajasiga ko‘tarilgan. Estetika 
fani esa bu maxsus o‘quv kurslarining uslubiy-metodologik asosini tashkil etadi. 
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U eng 
avvalo, falsafiy bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur 
nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtiradi 


jarayonlarini, o‘rganishda xolislik, tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy 
tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy samaralarga olib kelishi 
mumkin. 
Bilish nazariyasi vositasida san‘atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-
ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va 
o‘zaro farazlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, 
san‘at asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p 
nazariyhamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob izlab topish 
mumkin. 
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari — ijtimoiy ongning nisbiy 
mustaqilligi, ma‘naviy hayot xilma - xil shakllarining o‘zaro bir - biriga ta‘sir 
o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong turli shakllari o‘rtasidagi 
bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy ijod va 
san‘at tabiati hamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. 
Ayni mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda 
falsafaning ravnaq topib borishiga ham o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, bilish 
nazariyasining Yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham 
muhim o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka 
estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa, ijtimoiy ong, uning nisbiy 
mustaqilligi haqidagi fikr - mulohazalar ham ko‘p jihatdan san‘at bilan bog‘liqdir. 
Estetika fani mazmunan sotsiologiya — keng ijtimoiy bilimlar doirasi bilan 
aloqadordir. Estetika 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish