Imom G’azzoliydir
(1058 –
1111). Mutasavvuf - faylasufning «Ixyo ulum ad din» («Din haqidagi ilmlarning
jonlantirishi») asarida estetik fikrlarga keng o‘rin berilgan.
G‘azzoliyning nafosat falsafasida o‘simlik, hayvon hamda insonning tashqi
muhitga munosabati, ulardagi nafis did, estetik hissiyotning bor yo‘qligi
muammolari, shaxsning go‘zallikka munosabati, uning komil insonga aylanishi,
nisbiy va mutlaq go‘zallik, ibodat bilan san‘atning farqi singari masalalarga
to‘xtalib o‘tiladi.
G‘azzoliy
ibodat
bilan
san’atning
farqi xususida o‘ziga xos fikrlar bayon
qiladi. Zikr bilan raqsni chalkashtirmaslikka, jazavadagi muridning harakatlarida
o‘yin alomatlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Shunday alomatlardan biri tepinish
ekanini ta‘kidlab, bunday harakatlarning ko‘p hollarda ko‘ngil ochish va o‘yin
bilan bog‘liqligini aytadi. Xullas, zikr paytida o‘yin unsurlarining namoyon
bo‘lishini ibodatni buzadigan holat sifatida qoralaydi. G‘azzoliy musiqa va qo‘shiq
borasida ham shunga o‘xshash fikrlarni bildiradi. Musiqani, o‘yin-kulgini tilovatga
aralashtirmaslikni, qiroatni qo‘shiq bilan chalkashtirmaslikni qat‘iy ta‘kidlaydi. Bu
borada, ayniqsa, uning Qur‘on bilan she‘riyatni, oyatlar bilan baytlarni taqqoslashi
diqqatga sazovordir.
9
Umar Hayyom. Ruboiylar, -T.: ―Sharq‖, 2000. 9-b.
She‘rning (qo‘shiqning) Qur‘onga nisbatan dunyoviy insonni ko‘proq
junbushga keltirishga qodir ekanini va buning sabablarini G‘azzoliy yetti nuqtai
nazar asosida isbotlashga harakat qiladi.
Birinchisi
– hamma oyatlar ham tinglovchining holatiga doimo to‘g‘ri
kelavermaydi. Chunonchi, g‘am-anduhga botgan yoki pushaymonlik olovida
qovrilayotgan kishiga meros, bolalarning ulushlari, mahr, taloq haqidagi qoidalar
ta‘sir qilmaydi. Zero, yurakni unga mos narsagina harakatga keltiradi, shoirlar esa
baytlarini o‘z qalblarining holatidan kelib chiqib yaratadilar. Demak, har bir she‘r
muayyan ruhiy holatning intihosi sifatida o‘shanday ruhiy holatni dildan
kechirayotgan kishi uchun ta‘sirchanroqdir.
Ikkinchisi
– agar she‘riy bayt boshqa bayt bilan almashtirilsa, hatto mazmun
bir xilligiga qaramay, u tinglovchi yuragiga yangi iz solmay qo‘ymaydi. Chunki,
mazmun bir xil bo‘lsa ham,keyingi bayt avvalgisidan qofiya va vazni bilan
farqlanadi, tinglovchining qalbini harakatga keltiradi. Lekin Qur‘onni qori har gal
har xil qilib o‘qiy olmaydi. Qur‘onga qo‘shimchalar kiritish mumkin emas.
Demak, har bir yetuk she‘r original badiiy asar sifatida ma‘lum holatlarda ko‘proq
ta‘sirchanlikka ega.
Uchinchisi
– oddiy nutq bilan she‘rning qalbga ta‘siri solishtirilsa, xijolari
tartibga solingan she‘riy nutqning kuchli ekanini sezish mumkin. She‘rning rang -
barang ohangi qalbni junbushga keltiradi. Demak, har bir she‘r o‘ziga xos dolzarb
ohangi bilan ta‘sirchanroqdir.
To’rtinchisi
– she‘riy nutqning qalbga ta‘siri qisqa bo‘g‘inlarni (yopiq
xijolarni) cho‘zib, uzun bo‘g‘inlarni (ochiq xijolarni) kesib talaffuz etish bilan
bog‘liq. So‘zlar ruknlarga bo‘ysundirilib talaffuz etiladi. Tilovat o‘qilganda esa
bunday qilish mumkin emas. Demak, she‘rning vaznga ega bo‘lishi unga kengroq
imkoniyat beradi.
Beshinchisi
– vaznga tushirilgan she‘riy nutqqa bir me‘yordagi zarbli
tovushlar, chunonchi, doira singari musiqa asboblari jo‘r bo‘lishi mumkin. Unday
holda she‘rning ta‘sir kuchi oshadi. Oyatlarni esa bunaqangi jo‘rlikdan asramoq
lozim, zero, u o‘ta jiddiy Haqiqatdir. Uni ko‘chalarda, bazmlarda, to‘yxonalarda
o‘qish mumkin emas. Demak, she‘riy nutq musiqiy asboblar jo‘rligiga yo‘l berishi,
joy tanlamasligi bilan ham muayyan imtiyozga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |