Umar Xayyomdir
(1048-1123). Mashshoiyyun-mutafakkirlar ichida u
alohida ajralib turadi. Umar Xayyom Forobiy va Ibn Sino izidan borib, falsafa,
mantiq, astronomiya va boshqa fan sohalariga doir yirik asarlar yaratdi. Uning
estetik qarashlari ko‘proq ruboiylari va «Navro‘znoma» asaridan joy olgan.
Xayyom qarashlarini ekzistentsiyachilikning ibtidosi deyish ham mumkin.
Xayyom murakkab faylasuf-shoir, uning merosiga faqat bir tomonlama
yondashish
mumkin
emas.
Ayniqsa
faylasufning
ruboiylari
muallif
dunyoqarashining ko‘pqirraliligi bilan ajralib turadi. Shunisi muhimki, Xayyom
o‘z dunyoqarashini risolalaridan ko‘ra, she‘riyatida teranroq ifodalagan, uni estetik
shaklda – nafis adabiyotning ruboiy janrida o‘quvchiga yetkazishga intilgan,
go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik mezoniy tushunchalari prizmasidan
o‘tkazib taqdim etgan.
Xayyom nazdida inson, keyinchalik ekzistentsiyachi Karl Yaspers
ta‘kidlaganidek, ertaga nima bo‘lishini, u o‘zini qaerda va qanday holatda
ko‘rishini bilmaydi, «u hamma hodisalarda bir xil bo‘lolmaydi, u – yo‘l»
1
.
Ruboiylarning ko‘pchiligida, ekzistentsiyachilar sevgan ibora bilan aytganda, inson
o‘z holiga tashlab qo‘yilganini – unga ixtiyor erkinligi berilgani va taqdir kinoyaga
mavzu bo‘ladigan darajadagi hodisa ekanini ko‘ramiz; har bir mavjudlikni Alloh
yaratgan, lekin uning xususiyatlarini keyinchalik o‘zgartirmaydi – «o‘z holiga
tashlab qo‘yadi».
7
Qarang: Abdulla Sher «Sog‘lom avlod » jurnali. 1996. № 9-10.
Xayyom ham o‘z salaflari kabi go‘zallikka alohida e‘tibor beradi, uni inson
bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda olib qaraydi. Jumladan, narsalar
go‘zalligi ham inson bilan bog‘liq. Masalan, oltin nima uchun go‘zal? U
qimmatbaho rangli metalligi uchun emas, balki insonga bezak bo‘lgani, inson
tashqi a‘zolarini go‘zallashtirishga xizmat qilgani sababli go‘zaldir. U xulqiy
go‘zallik haqida fikr yuritar ekan, tashqi va ichki go‘zallikning uyg‘unligi
masalasiga alohida urg‘u beradi, barcha mashshoiyyun faylasuflar kabi go‘zallik
bilan ezgulikning yaxlit namoyon bo‘lishi to‘g‘risida to‘xtaladi; go‘zallikni go‘zal
yuz bilan bog‘lab talqin etadi:
«Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi, – deb
yozadi mutafakkir «Navro‘znoma» asarida. – Dunyoda yaxshi narsalar ko‘p, ularni
ko‘rib bahramand bo‘lish odamlarni shod etadi va tabiatlarini pokiza qiladi, ammo
hech narsa go‘zal yuz o‘rnini bosa olmaydi, Chunki go‘zal yuz shunday quvonch
bahsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kelolmaydi. Aytadilarki,
go‘zal yuz dunyoda saodat sababchisidir. Agar go‘zal yuz yana yaxshi xulq bilan
uyg‘unlashsa, baxt-saodatning eng yuqori darajasi bo‘ladi. Agar odam ham tashqi
ko‘rinishidan, ham tabiati bilan yaxshi bo‘lsa, Xudo va odamlar uchun sevimlidir.
Go‘zal yuz to‘rt fazilatga egadir. Ulardan biri shuki, go‘zal yuz uni ko‘rgan
odamning shu kunini xayrli etadi, ikkinchisi, hayotdan baxramand bo‘lish onlarini
shirin qiladi, uchinchisi, u odamni ochiq ko‘ngilli va olijanob etadi, to‘rtinchisi,
boylikni ko‘paytiradi va yuqori mansab ato etadi»
8
.
Shuni aytish kerakki, may u davrlarda biz hozir tushunadigan «bir yayrash»
uchun ichilgan emas, Xayyom ham, uning salaflari ham mayga boshqacha
munosabat bilan yondashganlar. Xayyom mayni insonning asl o‘ziligini namoyon
qiluvchi vosita, estetik hissiyotni uyg‘otuvchi modda sifatida olib qaraydi, unga
alohida falsafiy maqom – mahaklik (qimmatbaho toshlarni sinaydigan tosh)
maqomini beradi. Bu bejiz emas. Chunki Xayyom insonni koinotning eng
qimmatbaho moddasi deb biladi:
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
8
Umar Hayyom. Navro‘znoma, - Т.: ―Мehnat‖, 1990. 54-b.
Aql ko‘zin qorasi – javhari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘zi – gavhari ham biz
9
.
Ana shu ulug‘ insonning real hayoti, uning mavjudligi mohiyatiga to‘g‘ri
kelmasligi, ulkan fojeaviylik sifatida Xayyomda skeptisizmga, gohida agnostizmga
moyillik tug‘diradi.
Imom G‘azzoliyning san‘at va go‘zallikka manfaatsiz munosabat haqidagi
qarashlari O‘rta asrlar musulmon Sharq estetikasida mashshoiyyunlik yo‘nalishi
bilan birga tasavvufiy yo‘nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vakili tasavvuf
falsafasi asoschisi, tengi kam faylasuf - ilohiyotchi
Do'stlaringiz bilan baham: |