6-mavzu. Pedagog faoliyatida estetika



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,66 Mb.
#611523
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу 3 йиллик

Oltinchisi
– badihago‘y (maddoh) tinglovchining holatiga mos kelmaydigan 
baytni o‘qishi, u bayt tinglovchiga yoqmasligi mumkin. U holda tinglovchi boshqa 
baytni talab qiladi. Chunki har qanday nutq ham kayfiyatga mos kelavermaydi. 
Bunday paytda tilovat tinglash majburiyati va bu majburiyatdan o‘sha onda qutula 
olmaslik hissi tinglovchida oyatlarni yoqtirmay qolishdek gunohli holatni keltirib 
chiqarishi mumkin. Demak, she‘r vaqt, holat va kayfiyatni hisobga olishi tufayli, 
ya‘ni dunyoviy qamrovining kengligi bilan ham kuchliroq ta‘sirga ega. 
Yettinchisi 
– musiqiy tovushlar insonning tabiatiga mos keladi. Ularga 
Haqiqat emas, lazzat manbai sifatida qaralishi lozim. Xuddi shuningdek, she‘r ham 
inson tabiatiga mos keladi, inson undan lazzatlanadi; ham o‘zi she‘r yarata oladi, 
zero, yaratilgan narsa (ya‘ni she‘r) yaratilganga (ya‘ni insonga) o‘xshash bo‘ladi. 
Qur‘on esa – Allohning so‘zi, Uning sifatlaridan biri. Qur‘on insoniyat yaratishga 
qodir bo‘lmagan haqiqatdirki, Allohning sifati tarzida u yaratilish jarayonini 
boshdan kechirmagan. Demak, insonga yaqinroq ekani, hissiyot bayoni bo‘lgani 
uchun ham odamlar she‘rga ko‘proq mayl bildiradilar
10

Buyuk mutasavvif - faylasuf yuqoridagi yetti bandli chog‘ishtirma orqali, 
birinchidan, Qur‘on oyatlariga she‘rga bo‘lganidek erkin murojaat qilish mumkin 
emasligini, ikkinchidan, Muqaddas kitobni to‘g‘ri kelgan joyda, to‘g‘ri kelgan 
holatda o‘qimaslikni, uni jo‘nlashtirmaslikni, ya‘ni ilohiy munosabat bilan insoniy 
munosabatni qorishtirib yubormaslik lozimligini uqtiradi. Shu o‘rinda u quyidagi 
voqeani keltiradi: payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ar - Robiya ummi 
Ma‘uz xonadonlariga kirganlarida, kanizaklar qo‘shiq kuylayotgan edi; shunda 
ulardan biri darhol qo‘shiqni to‘xtatadi va u kishiga madhiya ayta boshlaydi. 
Payg‘ambarimiz esa: «Buni qo‘y, avval nimani aytayotgan bo‘lsang, o‘shani ayta 
ber», – deydilar. G‘azzoliy mazkur ta‘qiq Qur‘on oyatlarini to‘y - tomoshalarda 
o‘qitishga ham taalluqli ekanini ta‘kidlab, mutlaqo jiddiy narsani o‘yin - kulgi 
10
Ãàçàëè Àáó Hàíèä. Âîñêðåøåìèå ìàóê î âåðå. Ìîñêâà. Íàóêà. 1980. Á.117-122.


shakliga solish, «she‘r bilan aytishga ruhsat berilgan narsani Qur‘on vositasida 
aytish mumkin emas», deydi
11

Shunday qilib, Imom G‘azzoliy qanchalik Qur‘onni yuksakka ko‘tarmasin, 
ulug‘ligini qanchalik ta‘rif qilmasin, uni she‘riyat bilan solishtirar ekan, masalaga 
bag‘oyat rasional tarzda yondashadi: ibodatga nisbatan san‘atning, qiroatga 
nisbatan she‘riyatning oddiy insonga yaqinligini inkor etmaydi, balki tasdiqlaydi. 
Bu o‘rinda, diqqat qilinsa, muridlarning jazavaga tushishi hamda xayolan Ollohga 
yetishgan holatlari bilan tomoshabin yoki tinglovchining san‘at asaridan 
junbushiga kelishi va so‘ng qalbida ro‘y beradigan forig‘lanish (katarsis) holatlari 
orasida ham o‘xshashlik, ham katta farq borligini anglab olish qiyin emas. 
G‘azzoliy zohiriy va botiniy go‘zallik xususida fikr yuritar ekan, tug‘ma 
estetik tuyg‘uning mavjudligi haqidagi g‘oyani go‘daklar va hayvonlarning ham 
estetik tuyg‘uga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go‘zallikni idrok etish 
tuyg‘usining tug‘maligi, tabiiyligi va uni estetik tarbiya vositasida anglab yetish 
orqali his qilish borasida hozir ham bahsli qarashlarning mavjudligi G‘azzoliy 
o‘rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi. 
G‘azzoliyning go‘zallik to‘g‘risidagi, xususan, go‘zallikka nisbatan beg‘araz 
munosabat haqidagi nazariy fikrlaridan buyuk olmon faylasufi Immanuil Kant 
ijodiy foydalanadi. Chunonchi, Kant nafosat tuyg‘usini manfaatsiz, beg‘araz, faqat 
predmetga sof muhabbat bilan munosabatda bo‘lish tufayli yuzaga kelgan tuyg‘u, 
deb ataydi. Go‘zallikning nisbiyligi borasida ham Kant G‘azzoliy tutgan yo‘ldan 
boradi. Hatto ba‘zida misollar bir xilligiga yo‘l qo‘yadi: ikkala faylasuf ham odam 
va otni misol tariqasida keltiradi. G‘azzoliy fikrlarining rivojlangan shakllarini 
Byork, Shefstberi, Xatcheson singari faylasuflarda ham uchratamiz. 
Umuman olganda, Islom dinining san‘at bilan hamkorligi masalalari 
allomalarning badiiy adabiyot, musiqa va boshqa san‘at turlariga doir risolalarida 
hamda tazkiralarida o‘rtaga tashladi. Shunday qilib, Sharqning daho mutafakkirlari 
– Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va Imom G‘azzoliy bir tomondan, 
11
G‘azaliAbuXamid. Voskresheniye nauk o vere. Моskva. Nauka. 1980.121b. 


tasavvufni mohiyatan islomning axloq va nafosat falsafasi sifatida talqin qilsa, 
ikkinchi tomondan, ularning estetik g‘oyalari hamda nazariyalari bilan jahon 
nafosat falsafasining yangi pog‘onaga ko‘tarilishini boshlab berdi. 
Yevropa Uyg‘onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish 
munosabatlarining bevosita ta‘siri ostida rivojlana boshladi. Tarixiy taraqqiy 
ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g‘oyalari keng tarqalib borgani sari, 
tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san‘at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani 
sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham shu qadar tez sur‘atlar bilan rivojlanib bordi. 
Yevropa Uyg‘onish davri estetikasining muhim xususiyati shuki, uning 
mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va u badiiy 
amaliyot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi. 
Yevropa Uyg‘onish davrining buyuk ijodkorlari Leonar - do da-Vinchi, Rafael 
Santi, Mikelanjelo, Servantes, Shekspir va boshqalar estetik tafakkur 
rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste‘dodli 
muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida 
voqeiy dunyoni bilishda san‘atning ahamiyatiga, uning o‘ziga xos xususiyatlarini 
e‘tibordan qochirmaslikka da‘vat etdi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish