6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari


O‘zbekistonda foydalaniladigan daryo suvlarining faqat 10 %i (10 km



Download 204 Kb.
bet2/9
Sana07.04.2022
Hajmi204 Kb.
#535882
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari

O‘zbekistonda foydalaniladigan daryo suvlarining faqat 10 %i (10 km3 atrofida) respublika hududida vujudga keladi, qolgan 90 %i, ya’ni 89 km3 suv manbai mamlakatdan tashqarida joylashgan. Bevosita O‘zbekiston hududida vujudga keladigan daryo oqimi Amudaryo havzasi umumiy oqimining 6 % ini, Sirdaryo havzasi oqimining 15 % ini tashkil qiladi.
O‘zbekiston hududi gidrografik jihatidan ochiq dengiz va okeanlar bilan bevosita bog‘lanmagan berk havzadan iborat.


2. O‘zbekiston daryolari dunyo okeaniga tabiiy bog‘lanmagan Orol havzasiga kiradi.V.L.SHuls O‘zbekiston hududidagi daryolarni to‘yinish manbaiga qarab 4 ta turga ajratadi.
I. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
II. Qor va muzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar.

  1. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar.

  2. Qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar. Biroq bu to‘yinish turlari shartlidir. Ma’lumki, tog‘ daryolarining to‘yinishi jihatidan qaysi turga kirishi shu daryolarning ma’lum bir kuzatish punktiga nisbatan aniqlanadi va daryoning hamma qismi xususiyatini aks etdirmaydi. Bundan tashqari daryolarning to‘yinish sharoitlari yildan yilga ham o‘zgarishi mumkin.

I. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Oqsuv, Xo‘jabaqirgan, So’x, Isfara kabi daryolarning bosh qismlari tog‘larda 4500 m. dan balandda joylashgan muzliklar va doimiy qorlar suvidan to‘yinadi. Bu xil daryolarda oqim yillar davomida eng kam o‘zgaradi, yillik oqimda to‘lin suv davri eng kech bo‘lib, asosan iyul-avgust oylariga to‘g‘rs keladi. Bu oylarda oqib o‘ggan suv yillik oqim miqdorining 30 — 38 % i ni tashkil etadi. CHunki bu oylarda havo haroratining ko‘tarilishi tufayli tog‘larning baland qismidagi muz va qorlar eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri, aksincha qish oylariga to‘g‘ri keladi.

  1. O‘zbekistonning Sirdaryo, Norin, Qurshob, Qoradaryo, CHirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Bu turdagi daryolarning oqimi ko‘proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda ko‘p yillik qorlarning erishi hisobiga hosil bo‘ladi, muzlik suvlarining hissasi ancha kam —yillik oqimning 15% i gacha boradi. Bu daryolarda to‘lin suv davri may-iyun oylariga to‘g‘ri kelib, bu oylarda yillik oqimning 30 — 40 % i o‘tadi. Kamsuvlik davri esa dekabr-fevral oylariga to‘g‘ri keladi.

  2. Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G‘ovasoy kabi suv yig‘ish maydonlari 3400 metrdan pastda joylashgan daryolar asosan mavsumiy qorlar suvi hisobiga to‘yinadi. Bu daryolar to‘yinishida ko‘p yillik qor va muzliklarning hissasi juda kam, to‘lin suv davri esa ertaroq, ya’ni aprel-may oylarida qorlarning erishi natijasida kuzatiladi va yillik oqimning 60 % gacha qismini tashkil etadi. YOzda esa bu tipdagi daryolar suvi kamayib qoladi.

IV. Kalas, Zominsuv, SHeroboddaryo kabi suv yig‘ish
maydonlari 2000 metrdan pastda joylashgan daryolar
qor-yomg‘ir va yer osti suvlaridan to‘yinadi. Bu turdagi
daryolarda to‘lin suv davri juda erta, bahor boshida
(mart-aprel oylarida) bo‘lib o‘tadi va bu davrda yillik
oqimning 80 % i oqib o‘tadi. CHunki bu davrda tez-tez yomg‘ir
yog‘adi, qorlarning erishi tezlashadi. Aksincha yozning ikkinchi
yarmida daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvy
esa qurib qoladi.
O‘zbekistonda doimiy oqimga ega yoki qurib qoluvchi mayda soylar asosan chekkadagi tog‘ tizmalarida, tog‘ oldilarida, past tog‘larda ko‘p uchraydi. Ularning soni Farg‘ona vodiysining o‘zida 6500 ta, Zarafshonning o‘rta oqimida 120 tadan ko‘proq, Qashqadaryo, Surxondaryo, CHirchiq daryosi havzalarida ham ancha ko‘p. Soylar havzasining o‘rtacha balandligi 1000-2000 m. oralig‘ida, to‘yinish manbalari qor-yomgir va buloq suvlaridan iborat, to‘lin suv davri fevral-iyun oylariga to‘g‘ri keladi va bu davrda yillik oqimning 50 — 100 % oqib o‘tadi. O‘rtacha yillik oqim miqdori ko‘pchilik soylarda 0,02 — 0,1 m3 /sekundga to‘g‘ri keladi. Lekin sel kelganda soylarda katta miqdorda suv o‘tadi. Sel suvlari miqdori soylarning bir yillik oqimidan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Sel respublikamizning tog‘ oldi hududlarida kuzatilib, ancha tashvishlar keltiradi. Dahshatli sel hodisalari asosan, o‘rmonsiz tog‘lardan oqib tushadigan soylarda jala tarzida yoqqan yomg‘irdan sodir bo‘ladi. Bahordagi iliq yomg‘irlar tog‘dagi qorlarni eritgach soylarda suv miqdori bir necha barobar» ortib ketadi. Sel asosan aprel (22 %), may (30 %), iyun (18 %) oylarida ro‘y beradi. Sel tez nuraydigan tog‘ jinslari tarqalgan hamda eroziya mahsulotlari yig‘ilib qolgan soylarda ko‘proq yuz beradi. 1977 — 1990 yillarda Farg‘ona vodiysida 1000 dan ortiq, Qashqadaryo tog‘li hududida 180 dan ortiq sel hodisasi qayd qilingan. Bu hududlarda hozir ham sel kelish xavfi mavjud, chunki bitta Farg‘ona vodiysining o‘zida sel o‘tadigan 270 dan ortiq soy bor. Respublikada sel o‘tadigan havzalarning maydoni 93,5 ming km2 dan ortiqroq.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish