3-jadval
Ko‘llarning balandlik mintaqalari bo‘ylab joylashishi
Daryo havzalari
|
0-500
m
|
500-1000 m
|
1000-1500 m
|
1500-2000 m
|
2000-300 m
|
Amudaryo deltasi va qayiri
|
422
|
—
|
—
|
—
|
—
|
Farg‘ona vodiysi
|
7
|
—
|
2
|
6
|
21
|
CHirchiq havzasi
|
—
|
5
|
1
|
3
|
20
|
Surxondaryo havzasi
|
19
|
3
|
|
1
|
4
|
Qashqadaryo havzasi
|
4
|
|
4
|
2
|
2
|
Zarafshon havzasi
|
19
|
—
|
—
|
3
|
16
|
4-jadval
O‘zbekiston ko‘llari xaqida asosiy ma’lumotlar (V. 106m3).
T/r
|
Ko‘llar
|
Daryo havzasi
|
Dengiz
sathidan
balandligi,
m
|
Suv
sig‘imi 106m3
|
Suv yuzasi
maydoni, km2
|
Eng katta chukurligi,
m
|
1
|
Orol (1960)
|
|
53
|
1068000
|
68 000
|
68
|
2
|
Orol (2000)
|
|
32,6
|
160 000
|
22 500
|
47,6
|
3
|
Arnasoy
|
Sirdaryo
|
237,5
|
13485,5
|
2000
|
22
|
4
|
Aydar
|
Sirdaryo
|
237,5
|
12037
|
1309
|
25
|
5
|
Tuzkon
|
Sirdaryo
|
237,5
|
1448,5
|
515,8
|
8,12
|
6
|
Qubbonko‘l
|
SHohimardon
|
1725
|
1,17
|
0,14
|
13,4
|
7
|
Sariqamish
|
Amudaryo
|
4,3
|
28500
|
2850
|
39,5
|
8
|
Sudoche
|
Amudaryo
|
53
|
|
33?
|
|
9
|
Dengizko‘l
|
Zarafshon
|
181,5
|
2723,4
|
267
|
22
|
Tekislikdagi ko‘pgina ko‘llarning paydo bo‘lishi daryolarning eroziya va akkumlyasiya faoliyati bilan bogliq. Bular eski o‘zan o‘rnidagi ko‘llar, deltadagi ko‘llar, daryolarning bosh daryoga etib bormasligidan hosil bo‘lgan ko‘llardir.
Tekislikda antropogen ko‘llar ham ko‘p. Ular asosan pastqam yerlarga tashlama va zovur-drenaj suvlarining tashlab yuborilishi natijasida vujudga kelgan. Masalan, Aydar, Sariqamish ko‘llari. O‘zbekistonning tekislik Qismida tektonik ko‘llar juda kam, lekin ular katta ko‘llardir. Orol, Dengizko‘l ana shunday ko‘llar. Tekislikdagi katta ko‘llarga Amudaryo deltasidagi Sudoche va Arnaysoyni kiritish mumkin.
O‘zbekiston tog‘laridagi ko‘llar asosan tektonik, morena va daryo o‘zanini yonbag‘irlardan qulab tushgan jinslar to‘sib qo‘yishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘llardan iboratdir. Respublikamizda 80 ga yaqin to‘g‘on ko‘llar bor. Qorataka, Ko‘kko‘l, Badak CHirchiq havzasidagi eng katta to‘g‘on ko‘llardir. Qorataka ko‘lida 70 mln m3 gacha suv yig‘iladi. To‘g‘onni suv urib ketishi xafi bor ko‘llarga Ixnoch, SHovurko‘l, Qorataka va Katta ko‘llarni kiritish mumkin. To‘g‘onning buzilishi oqibatida ko‘ldan birdan ko‘p suv chiqib ketishi katta sel tusini oladi. Bunday selning xalq xo‘jaligi, aholi uchun qanchalik zararli ekani ma’lum. Bunga 1998 yilda SHohimardon soyda bo‘lib o‘ttan sel misol bo‘ladi.
O‘zbekiston ko‘llari orasida shifobaxsh ko‘llar ham bor, Farg‘ona vodiysidagi Axsikent, Jizzax shahri yaqinidagi Tuzkon va Dengizko‘l ana shunday ko‘llardir.
O‘zbekistondagi eng katta ko‘l Orol dengizidir. u 18000 — 20000 yil oldin yer po‘stining egilgan joyidagi botiqda vujudga kelgan. O‘tgan asrning 60-yillarida Orol dengizi maydoni orollari bilan o‘rtacha 68 ming km 2 ni tashkil etgan va suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi YUqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin) o‘rinda to‘rgan. Undagi suv hajmi 1000 km 3, o‘rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida bo‘lgan, eng chuqur eri g‘arbiy qismida bo‘lib, 68 m. gacha etgan. Dengizda 300 dan ortiq orol bo‘lgan.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryo suvidan to‘yingan. V.L. SHulsning ma’lumotiga ko‘ra, 60-yillargacha dengizga Amudaryo yiliga o‘rtacha 38,6 km3, Sirdaryo esa 14 km 3 suv keltirib qo‘ygan. Dengizning suv balansida yog‘inlarning ulushi 9 km3 ni, yer osti suvlari esa 5,5 km3 ni tashkil etgan. Dengiz o‘ta arid o‘lkada joylashganligidan uning yuzasidan har yil 1 m ga yaqin qalinlikdagi, aniqrog‘i 66 km3 hajmdagi suv bug’langan. Bu miqdor dengizga daryolar keltirgan suv yig‘indisidan ko‘proqdir.
Suv balansi elementlarining nisbatiga bog‘liq holda dengizda suv sathi yillar davomida o‘zgarib to‘rgan. Masalan; F. Hikmatov ma’lumotiga ko‘ra, 1785 yildan dengizda suv sathi ko‘tarila boshlagan, 1825 yildan esa pasaygan. 1835-1850 yillarda yana ko‘tarilgan, 1862 yildan kamaygan, natijada Ko‘korol 1880 yilda yarimorolga aylanib qolgan. 1885 yildaya boshlab esa dengiz suvi sathi yana ko‘tarila boshlagan. 1919 yilda dengizning suv yuzasi maydoni 67300 km2, suv miqdori 1087 km3 bo‘lgan, 1935 yilda esa ko‘l maydoni 69670 km2, suv hajmi 1153 km3 ga teng bo‘lgan.
Dengiz suvining sho‘rligi o‘rtacha 10—11 %o ni tashkil etgan. Dengiz qishda muzlagani uchun unda 7 oy kema qatnagan.
O‘tgan asrning 60-yillarida O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonda yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va ekin maydonlarining kengaytirilishi oqibatida sug‘orishga olinadigan suv miqdori keskin ortgan. 1965 yilda yerlarni sug‘orishga jami bo‘lib 63,2 km3 suv olingan bo‘lsa, 1985 yilda 111,5 km3 suv olingan. Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda dengiz suv sathi 1960 yildan boshlab jadal sur’atlarda pasaya boshladi. (6-jadval ).
Hozirgi kunda dengiz uch bo‘lakka bo‘lingan:
1) kichik va sayoz shimoliy qismi;
2) nisbatan katta maydonga ega, lekin sayoz sharqiy qismi,
3) eng chuqur hisoblangan g‘arbiy qismi.
Ularda suvning sho‘rligi 60 — 80 g/l atrofida o‘zgarib turadi. Dengizda 1984 yildan baliq tutish, 1981 yildan kema qatnovi to‘xtatildi. Dengizning qurigan qismi qum va tuzdan iborat katta cho‘lga — Orol qumga aylandi.
Orol dengizining qurigan qismidan juda ko‘p miqdorda tuz va chang zarrachalarni shamol uchirib, Janubiy Orol bo‘yiga yotqizishi bu hududning ekologik holatiga va ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining 1994 yilda e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Orol dengizining qurigan qismidan shamol 1 yilda 57 mln tonna tuzni uchirib ketib, Janubiy Orolbo‘yi hududida 500 km. gacha masofaga tarqatgan. Dengizning qurigan qismidan 100 km masofagacha bo‘lgan yerlarga tushayotgan qum —tuzning miqdori 1 gektarda 1500—2000 kg.ni, 500 km.gacha bo‘lgan hududlarda 500—1000 kg ni, 500 km.dan narida 100 kg ni tashkil etgan.
Hozirgi kunda Orol dengizi suv sathining keskin pasayishi va Amudaryo deltasi suv me’yorining o‘zgarganligi munosabati bilan quyidagi uchta masalaga e’tibor berish zarur:
1)Orol bo‘yida vujudga kelgan tang ekologik vaziyatni bartaraf qilish;
2)Orol dengizi sathini qulay bo‘lgan biron mutlaq balandlikda saqlab qolish;
3)Orol dengizi qurigan qismining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |