6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari



Download 204 Kb.
bet4/9
Sana07.04.2022
Hajmi204 Kb.
#535882
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Mavzu. O‘zbekiston suvlari

4. Daryolarning oqiziqlari
Daryolarning oqiziqlari suvning tog‘ yonbag‘irlari, daryo o‘zanlarida tog‘ jinslarini yuvipsh, emirishi, olib ketishi natijasida hosil bo‘ladi.
O‘zbekiston daryolari suvi O‘rta Osiyodagi boshqa daryolar kabi serloyqa emas. Faqatgina ikkita daryo — Surxondaryo va SHeroboddaryo suvining yillik o‘rtacha loyqaligi bu daryolarning tog‘lardan chiqish joyida 2 kg/ m3 ga teng. O‘zbekistonning ko‘pchilik daryolarida yillik o‘rtacha loyqalik 200 — 500 g/ m3 ni tashkil etadi. Tog‘ daryolarining o‘simlik bilan yaxshi qoplangan havzalarining yuqori qismlarida suv tiniq bo‘lib, o‘rtacha yillik loyqaligi 10 g/m3 atrofidadir. CHirchiq havzasidagi daryolar suvining loyqalik darajasi ham past 200 g/ m3 ga teng. Sel o‘tadigan ayrim soylarda bu ko‘rsatkich keskin oshib, 200 kg/m3 gacha boradi. Daryolar suvining loyqaligi havzalarning litologik va relyef sharoiti hamda o‘simlik qoplamining holatita bog‘liq bo‘lib, respublikamizning tog‘li qismlarida turli joyda turlichadir.
Respublikamizdagi suv omborlari, ko‘proq tog‘ oldida, tog‘ oralig‘i botiqlarida joylashganligidan ularda daryolar olib kelgan katta miqdordagi loyqa yig‘ilmoqda. Natijada suv omborlaridan tinigan va sovuq suv chiqmoqda, buning oqibatida dalalarimiz tabiiy o‘g‘itdan ma’lum darajada mahrum bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning tog‘ daryolari havzalaridan 1 yilda 1 km2 joydan yuviladigan tog‘ jinslarining miqdori 4 t dan 685 t gacha boradi. Binobarin, yillik denudensiya qatlami 0,0018 -0,354 mm ga teng.
Daryo havzasida tog‘ jinslarining yuvilish tezligi qator qonuniyatlarga bog‘liq. Masalan, CHirchiq havzasida yog‘inning ko‘p yog‘ishi va namning nisbatan ko‘proq bo‘lishiga qaramasdan joyning geologik tuzilishi, tuproq va relyef xususiyatlariga bog‘liq ravishda tog‘ jinslari kam yuviladi. Bu yerda 1km2 maydon yuzasidan yuvilib ketiladigan loyqa oqiziqlarining yillik miqdori 170 tonnani, CHotqol havzasida 102, Ugom havzasida 223 tonnani tashkil etadi. SHeroboddaryo, G‘uzordaryo havzalarida yuvilishning kamligiga (240,180 tonna) suv yig‘ish maydoni past bo‘lganidan kam yog‘in yog‘ishi va oqar suvlar kam hosil bo‘lishi sababdir. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston tog‘larida yiliga har gektar maydondan 525 tonna tuproq —grunt yuviladi.
O‘zbekiston maydoni va suv miqdori jihatidan qo‘shni havzalardan keskin ajralib turadigan Orol havzasida joylashgan. Bu havza kattaligi jihatidan yer yuzidagi berk havzalar orasida faqat Kaspiy dengizi havzasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu havzaga Amudaryo bilan Sirdaryo va bir qancha kichik daryolar kiradi. O‘zbekiston daryo tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular bir-biri bilan bog‘lanmagan alohida, mayda berk havzalarga bo‘linib ketadi. Zarafshon va Qashqadaryo qavzalari ana shunday berk havzalar hisoblanadi.
Amudaryo bilan Sirdaryo havzadagi eng yirik daryolar bo‘lib, respublikamiz hududidan ularning Norin, Qashqadaryo, CHirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, SHeroboddaryo va boshqa irmoqlari oqib o‘tadi. O‘zbekistonga ularning o‘rta va quyi oqimlari to‘g‘ri keladi.
Amudaryoning ham o‘rta va quyi oqimlari O‘zbekistonda joylashgan. U Hindiqush tog‘laridagi Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. So‘ngra Pomir, Panj, Vaxsh daryolari bilan qo‘shilib, Amudaryo nomini oladi. Amudaryoga o‘ngdan Kofirnixon bilan Surxondaryo, chapdan esa Qunduz irmoqlari kelib qo‘shiladi. Amudaryo tekislikka chiqqach Orol dengiziga qadar unga bironta ham irmoq qo‘shilmaydi.
Amudaryoni qadimda O‘kuz, CHorjo‘y, Omuya, Oksus, Oks, Jayxun, Omul nomlari bilan ataganlar.
Amudaryo oqimining 82 — 83% i Panj va Vaxsh daryolari suvlaridan, 11 % i Kofirnixon va Surxondaryo hamda 4 % i Qunduz suvlaridan shakllanadi. Amudaryo havzasida tog‘li qismidan har yili o‘rta hisobda 79 km3 suv tekislikka oqib chiqqan, shundan 6 % (8%) i O‘zbekistonda hosil bo‘lgan. Amudaryoning Orol dengiziga quyadigan suvi 1960 yillarda yiliga o‘rtacha hisobda 38,6 mlrd m3 ni tashkil etgan. Amudaryoning uzunligi 2540 km. SHundan 1500 km. Tekislikdagi qismi O’zbekiston hududidan oqib o’tadi. Amudaryoning suv yig’adigan maydoni 465 ming km2 bo’lib, shundan 227,3 ming km2 tog’li qismiga to’g’ri keladi. Amudaryo tog’li qismida tor o’zanda shiddat bilan oqib, o’zani o’rtacha har bir km. ga 4 m, ayrim qismida 10 m. pasayib boradi. Bunday joylarda daryo juda tez oqib, oqimning tezligi sekundiga ayrim qismida 6 m. gacha boradi. Aksincha, tekislik qismida u nishab o’zanda sekin oqib, har bir km. ga 0 ,2— 0 , 3 m. pasayadi, oqimning o’rtacha tezligi sekundiga 1—3 m. ga tushib qoladi. Natijada daryo qirg’og’ini tez yuvib, o’zanini o’zgartib turadi. Bu hodisani mahalliy xalq ≪degish≫ deb ataydi: daryo qirg’og’ini sutkasiga bir necha metrgacha yuvadi; 1898 yili Amudaryo Karki shahari yonida 6 minut ichida 10 m qirg’og’ini o’pirib yuvib ketganligi ma’lum. 1932 yili iyulь oyida Amudaryo Turtkul shahri chetidagi eni 500 m. qirg’og’ini yuvib ketgan. Natijada Qoraqalpog’istonning poytaxti To’rtko’ldan Nukusga ko’chirilgan.
Sirdaryo O‘rta Osiyodagi eng uzun, lekin sersuvligi jihatidan Amudaryodan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi daryodir. Bu daryo Markaziy Tyanshandagi Oqshiroq tog‘idagi Petrov muzligidan boshlanuvchi Norin daryosi va Farg‘ona tog‘ tizmasidan oqib tushuvchi Qoradaryo bilan Baliqchi qishlog‘i yonida qo‘shilgandan so‘ng Sirdaryo deb ataladi. Farg‘ona vodiysida Sirdaryoning sobiq irmoqlari suvi sug‘orishga sarf bo‘lganligi uchun daryoga etib bormaydi. Sirdaryo havzasining tog‘li qismida yiliga o‘rta hisobda 38 mlrd m3 suv hosil bo‘ladi. Sirdaryo Fargona vodiysidan chiqqach chap tomondan unga bironta ham yirikroq irmoq kelib Qo‘shilmaydi. O‘ng tomondan esa unga Ohangaron, CHirchiq, Kalas va Aris irmoqlari kelib qo‘shiladi. Quyida Amudaryo va Sirdaryo haqida gidrologak ma’lumotlarni keltiramiz (2-jadval ).

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish