3. Korxonalarda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash shakllari.
Korxonalarda mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni elementlarini uyushtirish tartibi va tamoyillaridir. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy vazifalariga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariya-gigiyena va ruhiy-fiziologik vazifalariga ishchi-xodimlar sogʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol topishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergonomik talablarga muvofiqlikni taʼminlash kiradi.
Dastlab, amerikalik muhandis va olim F.U.Teylor (1856-1915) mehnatni "ilmiy boshqarish" muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan va oʻz konsepsiyasining asosiy qoidalari va tamoyillarini "Fabrikani boshqarish" (1919) va "Korxonani ilmiy boshqarish asoslari" (1911) deb nomlangan asarlarida bayon qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert (1868-1924), X.Emerson (1853-1931), Genri Ford (1863-1947) ham mazkur muammo yechimiga oʻz hissalarini qoʻshishgan.
Mehnatni tashkil etish mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiyasi kabi tushunchalar bilan bogʻliq. Bozor munosabatlari sharoitida mehnatni tashkil etish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxsni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash); xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida, sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan taʼminlanishiga kafolat beruvchi xavfsizlikka ishonch hosil qilishi); adolat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi).
Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharoitlarini tashkil etish – dam olish va mehnat rejimi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni tashkil etish tizimida kadrlarni kasb talablariga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tayyorlash, joy-joyiga qoʻyish, malakasini oshirish kabi masalalar hal etiladi. Ayniqsa, mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy ragʻbatlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega; ish oʻrnini jihozlash – barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.
Mehnatni tashkil etishning muhim elementi – intizomdir. Kishilarning qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidagi mehnati, harakati va intilishlarining birlashuvi, ish joyiga oʻz vaqtida kelishi va ketishi bilan birga belgilangan texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini taʼminlash, mehnat unumdorligini oshirishga intilish intizom talablariga kiradi. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi. Mehnatni tashkil etishning eng ilgʻor usullarini qoʻllash va mehnatni toʻgʻri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to’lash shakllari.
Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.
Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razryadlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razryadi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razryadli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
2006-yil 1-noyabdan boshlab budjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mеіnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006-yil 26-oktabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga asosan amalga oshiriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi mеіnatga haq to’lash nisbatini namoyon etadi.
2008-yil 16-noyabrdan boshlab yagona tarif sеtkasi bo’yicha boshlang’ich (nolinchi) razryadning minimal miqdori oyiga 28040 so’m etib belgilangan (O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2008-yil 22-oktabrdagi “2008-yilning 16-noyabrdan boshlab ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi Farmoni).
6.3-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |