6-MAVZU: KORXONALARNING MEHNAT RESURLARI, MEHNATNI TASHKIL ETISH VA UNGA HAQ TO‘LASH SHAKLLARI
1. Mehnat resurslarining mohiyati va korxonalar faoliyatidagi ahamiyati.
2. Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
3. Korxonalarda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakllari.
4. Korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
1. Mehnat resurslarining mohiyati va uning korxonalar faoliyatidagi ahamiyati.
Mamlakatimiz aholisining turli iste’mol tovarlariga bo’lgan talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va kapital resurslari mavjud bo‘lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs bo‘lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog‘laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarning samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog‘liq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir.
Mamlakatimizda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra, mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda 2019-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 19837,2 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 19791,7 ming kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 45,5 ming kishiga yoki 0,2 foizga oshgan.
2020-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 33905,8 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2019-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 650,3 ming kishiga yoki 1,9 foizga oshgan.
Mamlakatimizda mehnat resurslari va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |