Qisqacha xulosalar
Belgilangan yosh chegarasidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan aholi mehnat resursi hisoblanadi. Ularning ongli ravishda, aniq maqsadni ko‘zlab sarflagan mehnatlari natijasida ishlar bajariladi, mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanishning holatini vasamaradorligini tahlil qilib borish va uni yaxshilashbo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borish lozim.
Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi ish joylarini barpo etish, takror ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni takomillashtirib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |