Mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi bo’yicha taqsimlanishi, ming kishi
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Jami mehnat resurslari
|
18488,9
|
18666,3
|
18829,6
|
18949,0
|
shahar
|
9843,3
|
9949,5
|
10032,5
|
10052,7
|
jamiga nisbatan foizda
|
53,2
|
53,3
|
53,3
|
53,1
|
qishloq
|
8645,6
|
8716,8
|
8797,1
|
8896,3
|
jamiga nisbatan foizda
|
46,8
|
46,7
|
46,7
|
46,9
|
Iqtisodiy faol aholi
|
14022,4
|
14357,3
|
14641,7
|
14876,4
|
shahar
|
7565,5
|
7474,4
|
7682,0
|
7838,2
|
jamiga nisbatan foizda
|
54,0
|
52,1
|
52,5
|
52,7
|
qishloq
|
6456,9
|
6882,9
|
6959,7
|
7038,2
|
jamiga nisbatan foizda
|
46,0
|
47,9
|
47,5
|
47,3
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yil holatiga mamlakatimizda mehnat resurslari soni 18949,0 ming kishini tashkil etgan bo’lib, jami aholiga nisbatan foizni tashkil etgan. 2019-yilda jami mehnat resurslarining 8896,3 ming nafarini yoki 46,9 foizini qishloq joylardagi mehnat resurslari tashkil etgan.
2019-yilda O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni 6.2-jadvalda keltirilgan.
6.2-jadval
2019-yilda O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni
|
Iqtisodiy faol aholi soni jami, ming kishi
|
ulardan:
|
Aholining iqtisodiy faollik darajasi2), foizda
|
Aholining bandlik darajasi3), foizda
|
Ishsizlik darajasi, foizda
|
iqtiso-diyotda bandlar
|
ishsiz-lar1)
|
O’zbekiston Respublikasi
|
14876,4
|
13541,1
|
1335,3
|
75,0
|
68,3
|
9,0
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
782,2
|
711,3
|
70,9
|
69,2
|
63,0
|
9,1
|
Andijon
|
1413,9
|
1284,5
|
129,4
|
77,2
|
70,2
|
9,2
|
Buxoro
|
875,4
|
797,1
|
78,3
|
76,2
|
69,3
|
8,9
|
Jizzax
|
590,3
|
536,2
|
54,1
|
74,0
|
67,2
|
9,2
|
Qashqadaryo
|
1345,3
|
1220
|
125,3
|
70,7
|
64,1
|
9,3
|
Navoiy
|
450,9
|
412,7
|
38,2
|
75,9
|
69,5
|
8,5
|
Namangan
|
1214,7
|
1104,6
|
110,1
|
73,2
|
66,5
|
9,1
|
Samarqand
|
1604,2
|
1455,8
|
148,4
|
72,1
|
65,4
|
9,3
|
Surxondaryo
|
1128,8
|
1024,2
|
104,6
|
74,0
|
67,2
|
9,3
|
Sirdaryo
|
385,9
|
350,1
|
35,8
|
76,1
|
69,0
|
9,3
|
Toshkent
|
1353,5
|
1232,9
|
120,6
|
78,5
|
71,5
|
8,9
|
Farg’ona
|
1644,8
|
1492,6
|
152,2
|
74,5
|
67,6
|
9,3
|
Xorazm
|
810
|
736,5
|
73,5
|
72,8
|
66,2
|
9,1
|
Toshkent sh.
|
1276,5
|
1182,6
|
93,9
|
86,9
|
80,5
|
7,4
|
1) ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo'lmagan aholi
2) Iqtisodiy faol aholi sonini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati
3) Band aholi sonini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yilda mamlakatimizda aholining iqtisodiy faollik darajasi 75 foizni, bandlik darajasi 68,3 foizni, ishsizlik darajasi esa 9,0 foizni tashkil etgan.
2019-yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 13541,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 13273,1 ming kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 268,0 ming kishiga yoki 2,0 foizga oshgan.
2. Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Mehnat resurslari korxonalarni rivojlantirishda faol ishlab chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish omillarini bir-biri bilan bog‘laydi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi mehnat resursiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to‘liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash va unga ko‘ra tegishli choralar ko‘rib borilishi kerak.
Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish holati va samaradorligiga baho berishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni mehnat resurslarining umumiy soniga bo‘linadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: MRo‘ys – mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi;
MRus – mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi.
b) mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: MRsv – mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo‘yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o‘rtacha ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O‘smirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlarni bajaruvchilar uchun ham o‘rnatilgan. Mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi ko‘rsatkichi imkon qadar ushbu me’yorga yaqin bo‘lishi kerak.
d) belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: Ih – mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat;
Im – mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor bo‘yicha ishlashi lozim bo‘lgan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin bo‘lishi kerak. Agar uning darajasi qanchalik past bo‘lsa, bu mehnat resurslari foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi.
e) mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun ma’lum davr (bir yil, bir oy) mobaynida eng ko‘p sarflangan kunlik mehnat sarfi shu davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bunda: Imax – ma’lum davrdagi eng ko‘p sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;
Imin – ma’lum davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;.
Ushbu koeffitsiyentning miqdori 1-1,2 ga teng bo‘lgani maqsadga muvofiqdir.
f) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:
Bunda: SM – ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishi-soat;
YM – ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki qiymati.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan bir birlik (kg, dona, litr, metr, ming so‘m) mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich mehnat sig‘imi deb ham ataladi.
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi:
Mazkur ko‘rsatkich sarflangan bir birlik (kishi-kuni, kishi-soat) mehnat sarfi evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Bu ikki usul bir-birini inkor etmaydi, balki to‘ldiradi. Mahsulot birligiga sarflangan mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat sarfi evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida ayrim mahsulot turlari bo‘yicha hamda xo‘jalik miqyosida natural hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining mehnat unumdorligi o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida korxonaning ishlab chiqarishida qatnashayotgan mehnat resurslaridan qanday foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Korxonalarda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish, ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning, ya’ni ularning mehnatlariga yarasha haq to‘lash, yaxshi ishlaganlarni esa rag‘batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimiz miqyosida mehnatga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa korxonalarlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda ishchi-xizmatchilarning qobiliyatlariga, imkoniyatlariga va tashabbuskorligiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |