6 Mavzu: Invazion kasalliklarda oziq – ovqat maxsulotlarini VSEsi.
Reja:
Trixinellez kasalligi va unga umumiy tushuncha.
Kasallikni diagnostikasi, olingan mahsulotlarni sanitariya jixatidan baholash.
Qoramol sistiserkoz kasalligi to’g’risida umumiy tushuncha. Kasallik diagnostikasi, olingan mahsulotlarni sanitariya jixatidan baholash.
Chuchqa sistiseroz kasalligi haqida umumiy tushuncha, olingan mahsulotlarni sanitariya jixatidan baxolash.
Exinokokkoz kasalligi to’g’risida umumiy ma’lumot va mahsulotlarni sanitariya baholash.
Trixinellez – antropozoonoz kasallik bo’lib so’yiladigan qishloq xo’jalik hayvonlaridan chuchqa kasallanadi. Yashash joylarida (qishloq va odamlar turar joylar) kasallikni asosiy olib boruvchilar mushuk, it, kalamush va sichqonlar. Yovvoiy xayvonlardan kasallik bilan quydagilar kasallanadi. Ayiq, yovvoiy chuchqa (kaban), tulki, bo’ri, norka va boshqalar, shu bilan birgalikda suvdagi sut emizuvchilar ham kasallanadi. Ko’rinib turibdiki bu kasallik bilan go’shtxo’r va hamma xo’r hayvonlar kasallanadi.
Odamlar bu kasallik bilan yuqorida ko’satilgan kasallangan hayvonlarni go’shtini istemol qilishi natijasida kasallanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi - nematod Trixinella spiralis – rivojlanish sikliga (davriga) qarab ichak va muskul trixinellalariga (formalariga) bo’linadi. Ichak trixinellasi – kasallikni yetilgan formasi bo’lib, xayvonlarni ichagida parazitlik qiladi, parazit ichakka hayvonlarni, zararsizlantirilmagan trixinellani lichinkasi bo’lgan go’shtni yeyishi natijasida tushadi.
Go’sht yeyish natijasida oshqozonga tushgan g’lofli lichinka, oshqozonda g’lofidan ajratiladi va o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. Lichinka o’n ikki barmoqli ichakka o’tgandan 2 kundan keyin yitilgan formaga aylanadi. Trixinellalar bir jinsli bo’lib, urg’ochisini uzunligi 2-4 mm, erkaginiki 1,4-1.6 mm. Urg’ochisi urug’langandan so’ng 6-7 kundan so’ng tirik lichinka tug’a boshlaydi.
U o’zini urug’langandan keyingi 8-10 haftalik xayoti davomida 1500 dan 4000 gacha tirik lichinka tug’adi. Trixinellani erkagi va urg’ochisi nasil qoldirgandan so’ng o’ladi. Tirik lichinkalar ichakdan limfa tomirlariga keyin qon aylanish sistemasiga o’tib butun organizmga tanaga tarqaladi. Lekin ular faqat ko’ndalang targ’il muskul tolalari ichida atrofida kapsula hosil qilib, keyingi rivojlanish formasiga o’tadi. Tirixinellalar silliq muskul va yurak muskuli hamda parenximatoz organlarida rivojlana olmaydi. Muskul tolasi sarkolemmasi ostida joylashgandan so’ng, lichinkalar spiralsimon buralgan parazitga aylanadi va 3-9 xafta ichida kapsula bilan o’raladi. Kapsula limon, shisha, ovalsimon va yumoloq shakilda bo’lib, ichki bo’shlig’i tiniq suyuqlik bilan to’lgan, ichida 1-3 tagacha parazit siperalsimon xolda joylashgan bo’ladi. Kattaroq kapsulalarni ichki diametri 0.2 mm gacha bo’ladi. Shuning uchun muskul tolasini ingichka kesmasini mikraskop ostida 50-75 marta kattalashtirilganda trixinellalar yaxshi ko’rinadi.
Kapsulalarda 6 oy o’tgandan so’ng oxakli tuzlanish boshlanadi va 15-16 oyda to’liq oxaklanish bo’ladi. Lekin oxaklangan kapsulalarda trixinellalar lichinkalari uzoq muddat o’z tirikligini saqlaydi. Misol uchun odam muskul tolasidan topilgan kapsulada 20 yilda ham tirikligi saqlangan. Muskullarni trixinellalar bilan zararlanishi bir xilda bo’lmaydi. Trixinella bilan ko’proq diafragma, qovurg’alar aro, jag’, qizilo’gach va til muskullari ko’proq zararlanadi. Cho’chqalarda tashqi yog’ (shpig) qatlami orasi muskullarida ham parazitlar topilanadi.
Trixinellalar o’z rivojlanish davrida o’zidan turli zaxarlar ajratishi natijasida ular joylashgan muskul tolalari tuzilishi buzilib tugunchalar xosil bo’ladi. Muskul tolalarida zaxarli moddalarni yig’ilishi va bu moddalarni go’shtga termik ishlov berilganda ham o’zgarmasdan qolishligi , go’sht maxsulotini odamlar uchun zaxarli bo’lishliligiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |