Olingan go’sht va go’sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya jixatidan baxolash va ko’riladigan tadbir choralar Veterinariya qonunchiligiga asosan go’sht uchun so’yilgan chuchqa, yovvoiy chuchqa va ayiq go’shtini, albatta trixinelloskopik tekshirishdan o’tkazilishi shart.
Tekshirish vaqtida 24 ta namunadan bitta trixinella topilsa, uning o’lik tirikligiga qaramasdan olingan go’sht va muskul to’qimasi bo’lgan kalla-poycha texnik utilizasiya qilinadi. Tananing ustki yegi (shpig) 1000 xaroratda 20 daqiqa ertiladi. Ichki yog’lar esa to’xtovsiz chiqarilishi mumkin. Ichaklar qayta ishlangandan so’ng, ishlatishga chiqariladi. Terisi esa muskul to’qimasidan tozalanadi, olingan muskul to’qimalari esa yo’qotiladi.
Agar so’yilgan hayvonlarda kasallik aniqlansa, tezlikda bu haqda veterinariya va medisina muassasalariga yetkazilishi kerak. O’z navbatida kasallikni manbai va kasallikni tarqatish yo’llari aniqlanishi kerak. Bunda umumiy ovqatlanish korxonalarida chiqadigan chiqindilarni cho’chqalarga oziqa sifatida berishdan oldin yaxshilab tekshirilishi va zararsizlantirilishi lozim.
Sistiserkozlar (finnozlar) Sistiserkozlar invazion kasallik bo’lib, lichinka formulasi muskullar orasida yoki ichki organlarda joylashadi. Shuning uchun bu lichinkalar sistiserklar - pufaklar hosil qiladiganlar bo’lganligi uchun, bu kasallik sistiserkoz yoki finnoz nomini olgan.
Bularga misol o’zining voyaga yetgan formasi odamlarni ingichka bo’lim ichaklarida parazitlik qiladigan Teniarinxus saginatus – xo’kkiz gijjasi va Tenia solium – cho’chqa gijjasi, shu bilan birgalikda voyaga yetgan formasi itlarni va yovvoiy hayvonlar ichaklarida parazitlik qiladigan Tenia hyedatigena va T.ovis gelmentoz kasalliklaridir.
Yuqorida keltirilgan gelmintlardan ikkitasi ya’ni qoramol (xukkiz) finnozi va cho’chqa finnozi odamlar uchun xavfli gelmentoz kasalligi hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib ko’rsatilgan ikkita kasallik V.S.E da chuqurroq ko’rib chiqiladi.
Qoramol sistiserkozi (finnoz) Kasallikni qo’zg’atuvchisi lichinka formasi sistiserkoz bovis. Odamlarni ingichka bo’lim ichagida parzitlik qiladigan voyaga yetgan formasi Tiniarinxus saginatus. Odam ichagida uzunligi 4-10 m gacha bo’lgan tasmasimon gijja bo’lib 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. Gijja ichak devoriga 4 ta kuchli so’rg’ichlari bilan yopishadi. Hayoti davomida oxirgi bo’g’imlari yetilib axlat bilan yoki mustaqil tashqariga ajralib turadi. Voyaga yetgan har bir bo’g’imida 145-175 ming tagacha yetilgan tuxum bo’ladi.
Tashqariga chiqqan bug’imchalar harakat natijasida ulardan tuxumlar o’tlarga va suvga tushadi. Natijada o’t va suv orqali qoramol oshqozoniga tushadi. Hazim organlarida tuxum qobig’i erib ichidan onkosfera chiqadi va ingichka bo’lim ichagi devoridan limfa keyinchalik qon aylanish sistemasi orqali butun organizmga tarqaladi va muskul to’qimalariga joylashadi. Muskul orasida joylashgan onkosferalar 6 oyda to’liq yetilgan pufakchaga aylanadi. Har bir pufakcha ichida bittadan protoskoleks yoki parazit bo’ladi.
Odamlar kasallik bilan orasida finkalar bo’lgan go’shtni iste’mol qilishlari orqali zararlanadi. Odam ichagiga tushgan parzitlar 2-3 oyda voyaga yetgan formaga aylanadi.