Oʻzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari



Download 48,11 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi48,11 Kb.
#702439
Bog'liq
akademik farmoish


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti


"Kompyuter injiniring" fakulteti Kompyuter injiniring taʼlim yoʻnalishi


Mustaqil ishi
Fan:Akademik yozuv
Mavzu: "Farmoyish hujjatlari va ularning turlari"
Bajardi: Rahimjonov Sardorbek
Qabul qildi:
Farmoish hujjatlari va ularning turlari
Reja:
1.Farmoyish bu nima
2.Farmoyish hujjatlarining turlari
3.Farmoyish hujjatlarining boshqaruvdagi ahamiyati
4.Xulosa

Farmoish hujjatlari asosan tashkilot rahbarlarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.


Farmoyish – boshliq, uning o‘rinbosarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos qismida “Buyuraman” so‘zi o‘rniga “Тalab qilaman”, “Tavsiya qilaman”, “Ruxsat beraman” kabi iboralar ishlatiladi.

Tashkiliy Farmoish hujjatlari


Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.

Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan- to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.


Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “Buyuraman” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo’yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish …ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo’shatilganda, boshqa bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi.
Bunday buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi
Malumot-axborot hujjatlari kata bir guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayaonida ayniqsa ko‘p
Ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, 
ma’lumotnoma,tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma,
tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon, hisobot
kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

ARIZA 


Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs 
nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida
yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda
eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish
qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va 
agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va 
mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat 
xilmaxildir.
Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, 
tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif,iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladiganhar qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizaning
zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday
takrorlanavermaydi. 
Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora
rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘ziishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. 
Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: 
- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi
- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; 
- hujjat nomi (Ariza); 
- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); 
- zarur bo‘lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi
- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); 
- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining
imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

Xulosa
Bu mavzu bo’yicha xulosa qilib aytganda, Farmoish hujjatlari asosan tashkilot rahbarlarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga kelishi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishini belgilab beriladigan hujjatlardir.


Farmoish xujjatlarini turli xil qismlarga bo’lganimizda
Ularning aniq bir vazifasi borligini bilib olishimiz mumkin.
Masalan buyruq hujjatlarini oladigan bo’lasak buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlardan tarkib topadi va asoslovchi qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatilashi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinashi unda nomi, sanasi, raqami yozilishi kerak. Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi.
Shundan bilib olishimiz kerakki biz nafaqat farmoish hujjatlari va bosh hujjat turlari bo’lsin ularni mukkamal
Tarizda o’rganib vatanimiz uchun yetuk bir shaxs sifatida xizmat qilishimiz zarur.
Download 48,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish