Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti 5A230601-“Davlat moliyasi va xalqaro moliya boshqarish” mutahassisligi magistranti Matyakubov Xudoyor Baxtiyorovich tomonidan “O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo’llari” mavzusida tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga
Taqriz
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida biz shuni ko’rishimiz mumkinki, ayrim tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turadi. Bir tarmog’ning mablag’i ma’lum vaqt mobaynida ortiqchalik yoki yetishmay qolishligi navbatma navbat almashib kelishini hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor bo’lgan tarmoqlarni bir birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni fond bozoridir.
Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond bozorlari faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond bozorlari bozor iqtisodiyotining eng muhim instituti sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to’plamidir. Fond bozori, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining qimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Bu qimmatli qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy bo’lib hisoblanadi.
Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi.
Ma'lumki, O’zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog’liq bo’lib kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy rеsurslarning chеgaralanganligi sеzilmoqda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog’ozlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy jihatdan kirish, 3 ta bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Tadqiqot ishining birinchi bobi natijalarga yo’naltirgan budjetlashtirishning mohiyati,axamiyati va nazariy-uslubiy asoslari deb nomlangan bo’lib,unda natijalarga yo’naltirilgan budjetlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va amal qilishining zaruriy shartlari va natijalarga yo’naltirilgan budjetlashtirish ta’sirida yuz beruvchi institutsional o’zgarishlar o’rganilgan.
Ish kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Dissertatsiyaning I bobi O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo‘llarining nazariy asoslari deb nomlanadi va unda O’zbekistonda fond bozorining rivojlanish bosqichlari, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati hamda mamlakatimzda fond bozorining mavjud holati yoritilgan.
II bob O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirishning zarurligi va hozirgi davr nuqtai-nazaridan mavjud mexanizmning tahlili deb nomlanadi va unda O’zbekistonda fond bozorining rivojlanishini o’zida aks ettirib turadigan tashkilot "Toshkent" Respublika Fond Birjasining joriy faoliyati tahlili ko’rsatib o’tilgan va mamlakatimizda fond bozorining rivoji uchun xissasini qo’shayotgan bir necha tashkilotlaarning joriy tahlili berib o’tilgan.
III bob O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari deb nomlanadi va unda davlatimizda fond bozori rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari yoritilib berilgan va fond bozorini rivojlantirishning yangi taraqqiyot-strategiyasini amalga oshirishning ustivor maqsadlari belgilab o’tilgan.
Xulosa qismida ishning asosiy natijalari asosida taklif va xulosalar berib o’tilgan.Tadqiqot ishida ishlab chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotda qo’llanishi bujetni o’rta va uzoq rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishga, natijada esa bujet mablag’laridan samarali foydalanish mexanizmini yaxshilashga,bujet mablag’laridan noo’rin hamda maqsadsiz foydalanish xolatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Xulosa tarzida shuni aytish joizki, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 5A230601-“Davlat moliyasi va xalqaro moliya” mutahasisligi magistranti Matyakubov Xudoyor Baxtiyorovich tomonidan “O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo’llari” mavzusida tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi tugallangan, mustaqil bajarilgan ilmiy ish bo’lib, o’zining mazmuni, rasmiylashtirilishi va ahamiyatiga ko’ra Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi talablariga javob beradi va ilmiy ish himoyaga tavsiya etiladi.
“Inson resurslarini boshqarish”
kafedra mudiri, PhD, dotsent G’oipnazarov S.B.
Do'stlaringiz bilan baham: |