6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Butun va qism. O’zaro bog’langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har 

qanday  predmetning  murakkab  tuzilishini  ifodalovchi  falsafiy  kategoriyalarning 

ayrim nisbatan ajralmas majmuasini tashkil etadi.  

Predmetni  (butunni)  tashkil  etuvchi  narsalar  uning  qismlari  hisoblanadi. 

Butunni  tashkil  etuvchi  qismlarni  birlashtiradigan  bog’lanish  predmetga  yaxlitlik 

baxsh etadi, ya’ni butunga xos bo’lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning 

tarqoqlik  holatiga  xos  bo’lmagan  integrativ  xossalar  va  qonuniyatlar  paydo 

bo’lishiga olib keladi. 

 Butun o’zini  tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o’z qismlarining o’zaro 

aloqasi  tufayli  mavjud  bo’lib,  bu  aloqaning  barqarorligi  mazkur  butunning 

tuzilishida o’z ifodasini topadi.  

Butun  va  qism  tushunchalari  qadimgi  yunon  falsafasidayoq  ma’lum  bo’lgan. 

Butunni  o’rganishga  nisbatan  yondashuvlarni  belgilashda  yuzaga  kelgan 

ziddiyatlarni  yechish  qiyinchilik  tug’dirgan.  Ma’lumki,  Dekart  o’zining  metod 

haqidagi  mulohazalarida  har  qanday  predmetni  o’rganishni  bilish  vazifasini 

yechish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo’lsa, shuncha qismga 

ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig’indisi deyish ham 

mumkin.  Ammo  bu  fikr  faqat  qisman  to’g’ri,  chunki  butun  o’zini  tashkil  etuvchi 

qismlarning  oddiy  yig’indisi  bilan  izohlanishi  mumkin  emas.  Masalan,  qurilish 

materiallari bir uyumga to’kilsa, bino paydo bo’lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv 

butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni 

bilishdan  oldin  keladi.  Ammo  butunning  o’ziga  xosligi  uni  tashkil  etuvchi 

qismlardan  kelib  chiqmaganidek,  qismning  xossalari  ham  butundan  kelib 

chiqmaydi.  Natijada  qoniqarli  yechimini  topish  mushkul  bo’lgan  yaxlitlik 

antinomiyalari  yuzaga  keldi,  chunki  qarama-qarshi  fikrlarning  har  birini 

amaliyotdan  olingan  misol  bilan  isbotlash  va  xuddi  shuningdek,  amaliyotdan 

olingan  misol  bilan  rad  etish  mumkin.  Masalan,  butun  qismlarning  yig’indisidir, 

degan qoidaga butun o’zini tashkil etuvchi qismlar yig’indisidan ko’proqdir, degan 

qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo’ladi, degan fikrga butun 

o’zining  qismlaridan  oldinroq  paydo  bo’ladi,  chunki  ularga  yangi  xossalar  baxsh 

etadi,  degan  fikr  zid  keladi.  Mazkur  antinomiyalar  bilish  metodologiyasida  ham 

bilishning  qarama-qarshi  mo’ljallarida  o’z  ifodasini  topadi:  butunni  bilish  uning 

qismlarini  bilish  orqali  amalga  oshiriladi,  bunga  qarshi  qoida  esa  shunday 

yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi 

bilimga  muvofiq  anglanishi  mumkin.  Bu  esa  butun  va  qismning  yaxlitlik  orqali 

ifodasida namoyon bo’ladi. Yaxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo’ladi: 

har  bir  atom  yadrosining  og’irligi  uning  tarkibiy  qismlari  og’irligining 

yig’indisidan  kamroqdir.  «Massa  nuqsoni»  deb  ataladigan  bu  hodisa  massa  va 

energiyaning  ekvivalentligi  bilan  izohlanadi.  Bu  hodisani  yaxlitlik  jumboqlari 




nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni yechish butun 

va  qismning  aloqasi  haqidagi  qarama-qarshi  tasavvurlar  birligini  tan  olishni 

nazarda  tutadi.  Darhaqiqat,  qism  butunga  bog’liq  bo’ladi,  u  butundan  yangi 

xossalar  oladi.  Butun  ham  qismlarga,  biroq  ko’proq  darajada  –  ular  o’rtasidagi 

aloqaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi.  

Butunning uch tipi ma’lum: 

a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va 

undan deyarli o’zgarmasdan chiqadi); 

b) uyushgan butun, agar qismlarning ko’rinishi o’zgarsa; 

v) organik butun, agar qismlar o’z-o’zidan rivojlansa (tirik organizmlar).  

Qismlar  o’rtasidagi  aloqaning  xususiyati  butunning  sifat  jihatidan  aniqligini, 

uning  yaxlitligini  belgilaydi.  Yaxlitlik  qismlarning  shunday  bir  aloqasiki,  unda 

butun  qismlarining  birligi  ta’minlanadi,  buning  natijasida  butun  tizimlilik, 

uyushqoqlik  xususiyatini  kasb  etadi.  Qismlar  aloqasining  tipi  yaxlitlik  tipini 

belgilaydi.  Aloqaning  strukturaviy  (tuzilishi),  funksional  (predmetning  faoliyat 

usulini  tavsiflovchi),  genetik  tiplari  yaxlitlikning  tegishli  tiplarini  tashkil  etadi. 

Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: 



Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog’liqligi va butunning qismga 

sezilarli  darajada  bog’liqligi  kuzatiladi.  Masalan,  avtomobil  g’ildiragi  yoki  ruli 

uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o’z sifatida avtomobildan 

qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin.  

Noorganik  yaxlitlikda  qismlarning  butunga  bog’liqligi  ortadi,  butunning 

qismga  bog’liqligi  esa  kamayadi.  Qismlarning  barqaror  aloqasi  har  bir  elementga 

o’z  xossalarini  saqlash  va  nisbatan  o’zgarmas  bo’lib  qolish  imkonini  beradi. 

Masalan,  elektron  atom  tarkibida  ham,  undan  tashqarida  ham  (harakatlanayotgan 

elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o’zgarishsiz qoladi.  



Organik  yaxlitlikda  organik  dunyoda  nafaqat  qismlarning  o’zaro  mosligiga, 

balki  ularning  subordinasiyasiga  ham  duch  kelish  mumkin.  Organik  tizimlarning 

qismlari  butundan  tashqarida  mavjud  bo’lmaydi.  Tanadan  uzilgan  qo’l  faqat 

nomigagina qo’l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.  

Yaxlitlik  tiplari  va  turlarining  tasnifi  butunning  tabiatini  bilish  nafaqat  uni 

tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o’rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish 

orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi.  

Demak  butun  –  narsa,  hodisa  va  uni  tashkil  etgan  qismlarning  muayyan 

tartibda  joylashuvi  va  o’zaro  bog’langan  yagonalikning  ifodasi.  Qism  –  butun 

tarkibiga  kiradigan,  uning  tarkibidagina  o’z  vazifasi  (funksiyasi)ni  bajara 

oladigan  alohidalik.  Masalan,  yaxlit  bir  butun  sifatidagi  H

2

O  molekulalarining 



qismlari  –  vodorodning  ikki  atomi  va  kislorodning  bir  atomi.  Butun  o’z 


qismlarining oddiy yig’indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod 

yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to’sqinlik qiladi.  

Dialektika  butun  va  qismga  ularning  dialektik  birligi  nuqtai  nazaridan 

yondashadi.  Butun  hosil  bo’lganda  qismlar  xossalarining  yig’indisidan  iborat 

bo’lmagan  yangi  sifat  vujudga  keladi;  shunga  qaramay  u  qismlar  –  ularning 

miqdori va o’zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika 

butunni  bilish  faqat  xossalar,  qismlar  haqida  bilim  mavjud  bo’lgan  taqdirda 

samarali  bo’lishi  mumkin  va  aksincha,  qismlarni  o’rganish  butunga  doir  oldingi 

bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish