6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Reja:
1. Falsafada metod va metodologiya,metodika tushunchalari.
2. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.Rivojlanish
konsepsiyalari.
3. Shakllanish,o’zgarish va rivojlanish tushunchalari.Rivojlanishning tiplari.
4. Qonun tushunchasi.Qonunlarning turlari.Falsafaning asosiy qonunlari.
5. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.Fan va falsafa kategoriyalarining
tasnifi.
Dialektika so’zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati»
degan ma’noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o’z fikri to’g’riligini
isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo’lgan. Ularning
ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida
bo’lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo’lgan narsa sifatida tug’ilishiga
muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.
Lekin, nima uchun insonning ijodiy tafakkuri dialektikdir? Borliqning
ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o’z aksini topadi.
Borliqning o’zi doimo o’zgarish va rivojlanishda bo’lganligi uchun odamlar
ko’pincha shu haqda bahslashadilar. Uzoq vaqtgacha, dunyo o’zgarmasdir, deb
kelingan edi. Keyinchalik uning o’zgaruvchanligi haqidagi g’oya paydo bo’ldi.
Geraklitning
bir daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi, degan so’zlarini eslaylik.
Xo’sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o’zgarmasdir, deganlarimi yoki, u
o’zgaruvchandir, deganlarimi? Sog’lom fikr dunyoda o’zgaruvchanlik ham,
barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini
tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini
tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana
shunday muammoga duch kelgan. O’z mantiqiy muhokamalarining yakunida u
to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga
keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi. Masalan,
«Dixotomiya» deb atalgan mashhur aporiyani qarab chiqamiz. Zenon birorta
predmet harakatini boshlang’ich nuqtasidan so’nggi nuqtasigacha qarab chiqadi. U
quyidagi tarzda fikr yuritadi: harakatlanuvchi predmet dastlab o’z yo’lining
yarmidan o’tadi, so’ngra qolgan yarmining yarmidan o’tadi va shu tariqa yo’lda
cheksiz davom etaveradi. Shuning uchun hamisha yo’lning predmet o’ta
olmaydigan biron bir qismi qolaveradi. Zenon shunga asoslanib, harakatdagi
predmet qanday tezlik bilan harakatlanmasin hech qachon so’nggi nuqtaga yeta
olmaydi, chunki, yo’lning o’tilgan qismlari uzunligining har qanday yig’indisi
hech qachon yo’lning butun uzunligiga teng bo’lolmaydi, deb o’ylagan. Shuning
uchun u harakat umuman mumkin emas, degan xulosaga keladi.
Albatta, Zenon harakat mumkin emasligining mantiqiy isboti bilan uning
mumkinligini hissiy idrok etish o’rtasidagi tafovutni ko’rgan. Shuni aytish kerakki,
bugungi kunda ham bu ziddiyatni fan to’laligicha bartaraf eta olgan emas. Mazkur
muammoning hozirgi zamon tadqiqotlarida (B.Rassel, A.Gryunbaum) bu
dixotomiya differensial operasiyalar va integral operasiyalar qarama-qarshiligi
asoslari to’g’risidagi muammo sifatida ta’riflanadi.
Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy
falsafasida ham mavjud bo’lgan. Masalan, daosizm falsafasiga
ko’ra, dunyoda hech narsa doimiy emas: bir xil narsalar
ketadi, boshqalari keladi, birlari ravnaq topadi, boshqalari zavol topadi. Hodisalar
muayyan yetuklik darajasiga yetkach, o’z ziddiga aylanadi: noto’la to’laga, egri
to’g’riga, bo’sh narsa to’la narsaga aylanadi, eski yangi bilan almashadi.
Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o’tmoq joiz.
Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma
narsa o’tkinchi, doimo paydo bo’lish va yo’q bo’lish jarayonida bo’ladi. Masalan,
uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va
jonsiz, uyg’oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o’zgargan o’shadir va aksincha,
o’sha o’zgargan budir»
1
. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl
o’rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o’tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan
tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga
aylanishi mumkin va hakozo.
Dialektik g’oyalar o’rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa,
falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G’arbiy Yevropaga qaraganda Yaqin
va O’rta Sharqda ko’proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar
falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo’lsada, Dekart,
Spinoza, Leybnis va boshqalarda dialektik g’oyalarni uchratish mumkin.
Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida
kuchli rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning
o’zgaruvchanligi, ziddiyatliligi to’g’risidagi g’oyalarga) asoslangan bo’lsa, Xegel
dialektikasi asosan o’z zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy
g’oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning
asosiy tushunchalarini – uning kategorial apparatini ta’riflab berdi, bu apparat
bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi. Xegel dialektikasining
asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o’tishlar, o’zgarishlarning turli-
tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi. Xegel
birinchi bo’lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o’zgarishlarining
bir-biriga o’tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini,
inkorni-inkor qonunini ta’riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini:
1
Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б.