jarayonida obyektning har bir kashf qilinayotgan va tadqiq etilayotgan xossalari va
aloqalari
sabablarini
aniqlash
talabidir.
Sababiyat
hodisalar
umumiy
aloqadorligining tomoni sifatida o’zaro ta’sir bilan uzviy bog’liqdir. U yoki bu
tizimlarning o’zaro ta’siri bu tizimlarda tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi va
bu, tabiiyki, mazkur prinsipga muvofiq o’zaro ta’sir amal qilib turgan sabab
sifatida chiqadi, sababning amal qilishi natijasida yuzaga kelgan o’zgarishlar esa
oqibat sifatida chiqadi, demak, xuddi shu o’zaro ta’sir dunyoda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarning sababidir.
Determinizm prinsipi bilish davomida subyekt e’tiborini tashqi aloqalar va
o’zaro ta’sirlardan bilish obyektini sifat jihatdan aniqlab beradigan ichki
sabablarga, uning yuzaga kelishi va mavjud bo’lib amal qilishining ichki
sabablarini tadqiq etishga qaratadi. Obyektning xar bir o’zgarishi (ichki yoki
tashqi, zaruriy yoki tasodifiy, sifatiy yoki miqdoriy) qanday bo’lishidan qat’i nazar,
u o’z sababiga ega bo’ladi, determinlanadi, taqazo etiladi, tegishli o’zaro ta’sir
orqali ro’yobga chiqadi.
Determinizm prinsipini ilmiy bilishda qo’lanishi bilish obyektida yuz
berayotgan o’zgarishlarni, uning yashash va o’zgarish qonuniyatlarini aniqlashga
imkon beradi, ya’ni u bizni obyektga qotib qolgan narsa deb emas, balki harakatda
va rivojlanishda deb qarashga yo’naltiriladi.
Tarixiylik prinsipiga ko’ra, hodisa yoki narsaga uning paydo
bo’lishidan tortib to tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishiga
qadar genetik tarzda qaramoq kerak, chunki obyekt o’z
rivojlanishida bosib o’tgan asosiy bosqichlarni aniqlabgina unga xos bo’lgan
muhim, zarur va qonuniyatli xususiyatlar va aloqalarni, sifatiy va miqdoriy
tavsiflarni tushunish, anglash va anglatish mumkin. Bu prinsip muayyan hodisa
qanday paydo bo’lganligini, u o’z rivojida qanday asosiy bosqichlardan
o’tganligini ochib beradi va uning shunday o’z-o’zidan rivojlanishiga qarab bilish
subyekti bu hodisa nimaga aylanganligini, shuningdek kelgusida nimaga aylanishi
mumkinligini ko’radi. Obyektning tarixini tashkil etgan zaruriy qonuniyatli
aloqalarni aniqlab, obyektning borlig’ini tarixan avj olib boruvchi jarayon deb
bilib, tarixiylik falsafiy prinsipidan ongli ravishda foydalanuvchi subyekt
obyektning mohiyatiga chuqurroq tushunib yetadi, uning tuzulishini, mavjudlik
qonuniyatini yaxshiroq biladi va binobarin, bilish obyektidan o’zining ongli amaliy
faoliyatida ijodiy foydalana oladi.
Bu prinsip obyektning shunday qarama-qarshiliklar
birligi va kurashi sifatidagi o’z-o’zidan harakatini, tarixini
ochib beradiki, ularning uzviy birligi qarab chiqilayotgan
obyektning o’ziga yaxlitlik baxsh etadi. Bu prinsip narsalarni xarakatlanib,
rivojlanib va o’zgarib turadigan obyektlar deb anglashda muhim rol o’ynaydi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: