Bilishning vazifasi – tashqini ichkiga, hodisani mohiyatga keltirishdan,
obyektning xossalari va aloqalarini ichki sabablar bilan, shu obyektni tashkil etgan
elementlarning o’zaro ta’siri bilan, unga xos qonunlar bilan izohlashdan iborat.
Bu prinsip shuningdek o’qishga, ta’lim va tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir,
u bilimni kishilarning qat’iy e’tiqodiga, hayotiy pozisiyasiga, ularning hayoti va
faoliyati prinsiplariga aylantirmog’i lozim.
Olim, ijodkor shaxs obyektning xossalari va aloqalarini o’rganishda faol
bo’lishi, bir qolipda ish ko’rmasligi, obyektni o’rganish vaqtida olgan bilimi,
ishonchli va haqiqiy axborotni amalda faol qo’llay bilishi zarur.
Har qanday predmet yoki hodisa mavjudligining zarur
sharti – ularning boshqa narsalar, hodisalar, jarayonlar bilan
turli-tuman aloqalaridir, ularning bir-biri bilan aloqalari
tizimidir. Hartomonlamalik prinsipiga ko’ra, narsa o’zining mavjudligi uchun zarur
va yetarli sharoitlardan ayrim holda emas, balki ular bilan o’zaro aloqada tahlil
qilinmog’i, o’rganilmog’i kerak, chunki narsada namoyon bo’ladigan xossalar, bu
– uning boshqa narsalar bilan o’zaro ta’siri natijasidir, qaror topgan aloqalar
oqibatidir. Hartomonlamala yondashuv narsani boshqa narsalar va hodisalar bilan
uzviy aloqada qarab chiqishga imkon beradi. Hartomonlama qarab chiqish prinsipi
amaliyotda ham, turli rejalar, loyihalar va takliflarni ishlab chiqishda ham muhim
rol o’ynaydi. U bu loyihalar va rejalarni chuqurroq, to’laroq o’rganib chiqishga,
ularning zaif va kuchli tomonlarini, shuningdek ularning amalga oshirilishidan
kelib chiqishi mumkin bo’lgan ijobiy yoki salbiy oqibatlarni ko’rishga imkon
beradi.
Obyektni hartomonlama qarab chiqish prinsipi bilish jarayoni davomida bizni
eklektika va sofistikadan saqlaydi. Eklektika mutlaqo boshqa-boshqa hodisalar va
narsalarni mexanik tarzda, tushunmay-netmay bir-biriga qo’shib qorishtirib
yuborishdir, sofistika esa, aksincha, real va konkret aloqalarning turli-tumanligini,
rivojlanayotgan voqyelikning konkret sharoitlarini, uning mazmunini e’tiborga
olmaydi, umumiy aloqadagi u yoki bu juz’iy, alohida narsani subyektiv tarzda
yulib olib absolyutlashtiradi va uni asosiy, muhim, zarur narsa deb ko’rsatadi.
Hartomonlamalik prinsipi bilish subyektini bunday xato va yanglishuvlardan
ehtiyot qiladi.
Filosofiyaning bu prinsipi kurshab turgan dunyoning
turli-tuman jarayonlari va hodisalari majmuasida sabab va
oqibatlarning o’zaro bog’liqligini ochib beradi. Bu
prinsip umumiy aloqadagi obyektiv asimmetriyani – ta’sir harakatining uni
keltirib chiqaruvchi sababdan uning oqibati tomon yo’nalishini ifodalaydi. Shu
nuqtai nazardan barcha kategoriyalar va qonunlarning jami bir bo’lib determinizm
prinsipining mazmunini ochib beradi. Determinizm prinsipi – bu falsafiy tadqiqot
Do'stlaringiz bilan baham: