6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Mazmun  va  shakl.  Mazmun  va  shakl  tushunchalari,  ularning  dialektikasi 

qadimdayoq  sinchiklab  o’rganilgan.  Uyg’unlik,  go’zallik,  mutanosiblik  tuyg’usi, 

aql  va  tananing  barkamolligi  qadimgi  yunonlar  uchun  juda  muhim  bo’lgan. 

Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go’zal shakl-shamoyil 

kasb  etishiga  imkoniyat  yaratadigan  g’oya  tushunchasining  sinonimi  sanalgan. 

Aristotel  g’oya,  ya’ni  shaklni  materiya  bilan  uzviy  bog’liq  deb  hisoblagan. 

Qadimgi  Yunonistonda  mazmun  va  shakl  muammosi  qo’yilgan  bo’lsa,  keyingi 

ming yillikda bu muammoni turli yo’nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi.  

Mantiqda  mazmun  tushunchasi  uning  muhim  belgilari  majmuini  anglatadi. 

Falsafada  mazmun  narsaning  negizini  tashkil  etadigan,  uning  mavjudligi, 



rivojlanishi  va  shakllarining  o’zgarishini  belgilaydigan  qismlar,  elementlarning 

muayyan  tarzda  tartibga  solingan  majmuidir.  Ko’rib  turganimizdek,  mantiq  va 

falsafadagi  mazmun  tushunchalari  bir-birini  istisno  etmaydi,  balki  bir-birini 

to’ldiradi.  Demak,  mazmun  –  mazkur  narsa,  jarayon,  hodisani  belgilovchi 

elementlar,  tomonlar,  xossalar,  aloqalar  va  tendensiyalarning  yig’indisi.  Har 

qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham 

tavsiflanadi.  

Shakl  –  narsaning  tuzilishi,  strukturasini,  mazmun  elementlarining  uyushish, 

bir-biri va tashqi omillar bilan o’zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. 

Shakl,-deydi  Ibn  Sino,-jismlarning  mavjudligi  qanday  bo’lsa,  shunday  saqlanishi 

yoki  boshlang’ich  materiyaning  konkret  jismga  aylanishidir.  Shakl-  tabiiy  kuch 



sifatida  anorganik  jismlarni  harakatga  keltiradi:  o’simlik,  hayvon,  odam,  kosmik 

ruhni  harakatga  keltiradigan  tabiiy  jismlar  shaklidir.  Shakl-jismdan  konkret  narsa 

va  predmet  hosil  bo’lishidir.  Shakl-jismlarning  alohida  xususiyati  bo’lib,  konkret 

yashash  tarzini  belgilaydi.  Shakl  umumiy  nom  bo’lib,  narsa  turini,  narsaning 

mavjudligini,  ikkinchi  marta  takomillashishini,  mavjudligini  bildiradi.  Shaklni 

aniqlashda  narsalar  mavjudligi  muhim  o’rin  egallaydi.  Masalan,  olov  olov  shakli 

asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o’tadi. Shakl tufayli jism jism bo’la oladi. 

Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta’riflarning o’zidayoq biz ularning 

o’xshashligini  payqaymiz,  chunki  struktura,  ichki  izchillik  –  mazmunning  ham, 

shaklning  ham  zaruriy  komponenti.  Shu  sababli  mazmunni  shakldan  faqat 

mavxumlik  nuqtai  nazardangina  ajratish  mumkin.  Ikki  o’xshash  mazmunni 

taqqoslashgina  shakl  omillarini  farqlash  imkonini  beradi.  Nafaqat  mazmun 

«shakldor», balki shakl ham  mazmunlidir. Shu sababli ayni bir jihat, element bir 

zamonning o’zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham 

bo’lishi mumkin.  

Shakl  va  mazmunning  o’zaro  aloqasi  shunda  ifodalanadiki,  narsaning  bu  ikki 

qarama-qarshi  tomonlari  bir-biriga  o’zaro  ta’sir  ko’rsatadi.  Qadimda  mazmun  va 

shakl  dialektikasida  shakl  ustun  qo’yilgan,  uning  yordamida  narsa  o’z  g’oyasi 

(shakli)  yoki  vazifasi  (maqsadi)ga  muvofiq  bo’lgan  muayyan  borliq  sifatida 

mavjud  bo’ladi,  deb  hisoblangan.  Keyinchalik  fanning  rivojlanishi  va  uning 

falsafaga ta’siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi tasavvurga 

ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog’lom fikr bizga shakl nimaningdir, ya’ni muayyan 

mazmunning  shakli  bo’lishi  mumkinligini,  mazmunsiz  shakl  hech  qanday 

ahamiyat  kasb  etmasligini  ko’rsatadi.  Shu  sababli  formalizm  tanqidi  mutlaqo 

o’rinlidir.  Masalan,  san’atda  «sof  shakllar»  bilan  o’yin  qilishga  urinish  shuning 

uchun  ham  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydiki,  o’zini  formalist  deb  hisoblovchi 

iste’dodli san’atkor asarida mazmun baribir mavjud bo’ladi. Davlatni boshqarishda 

formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi. 

O’z faoliyatini sof formal qoidalarga bo’ysundiruvchi, sog’lom fikrga son-sanoqsiz 

to’siqlar  o’rnatuvchi  byurokrat  amalda  hokimiyat  vakolatlari  birdan-bir  maqsad 

sanalgan  muayyan  davlat  tizimining  vakili  hisoblanadi.  Formalizmning  yana  bir 

ko’rinishi  huquqning  pozitivistik  talqini  bo’lib,  unga  binoan  huquq  iqtisodiy, 

siyosiy,  axloqiy  yoki  o’zgacha  asoslashga  muhtoj  bo’lmagan  oliy  asosdir. 

Huquqning  mazkur  formal-dogmatik  talqini  qonunchining  o’zboshimchaligiga 

keng yo’l ochadi. Natijada davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror topadi.  

Narsa  shaklsiz  ham  mavjud  bo’lmaydi.  Shuningdek,  shakl  mazmunga  faol 

ta’sir ko’rsatadi, narsaga unda mavjud bo’lmagan xossalarni baxsh etadi. Masalan, 

ko’mir,  grafit  va  olmosni  olaylik.  Ularning  farqi  –  faqat  molekula  strukturasida, 

ya’ni  shaklda.  Ammo  hech  kim  bu  moddalarni  bir-biriga  o’xshatmaydi.  Xullas, 



shakl  mazmunga  faol  ta’sir  ko’rsatib,  yo  uni  takomillashtiradi,  yo  o’zini  to’la 

namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan  mustaqildir. Bu hol 

ayni  bir  mazmunning  ko’plab  shakllari  mavjudligida,  shuningdek  shakl 

mazmundan  o’zishi  yoki  undan  orqada  qolishida  namoyon  bo’ladi.  Shu  sababli 

shakl  va  mazmunning  uzluksizligi  ularning  birligi  to’g’risida  so’z  yuritish 

imkonini  beradi.  Bunda  har  bir  muayyan  holda  yo  shakl,  yo  mazmun  ustunlik 

qilishi  mumkin.  Shakl  va  mazmunning  nomuvofiqligi  yoki  qarama-qarshiligi 

yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har 

qanday hodisasi o’zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish