hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini,
dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida
ta’riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo’shib,
dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va
ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi
sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g’oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional
dialektika va
messianlik dialektikasi kabi bir qator yo’nalish-larni ko’rsatish
mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini
tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o’z ta’limotiga praktika tushunchasini
asos qilib oladi va butun dunyoga sosiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan
qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo’nalishlaridan biri mashhur
Frankfurt
maktabining
namoyondalaridan
biri
T.Adornoning
negativ
dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g’oyasiga ko’ra, rivojlanish buzishdir,
hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga
ko’ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o’tishi, turli tizimlarning
o’sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga,
o’lishiga yo’nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb
qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o’zgarishlardir (refleksiyaning
o’lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va
hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va
yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o’ziga xosliklarning
yo’qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday
tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo’lmagan
utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish
sifatida ko’rinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning neorasionalizmi vujudga
keladi. U bilish jarayonida rasionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik)
o’zaro ta’sirini ko’rdi. Bashlyar noklassik fan tushunchasini kiritdi. Unga xos
narsa, qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan voz kechish, ochiqlik (eksperimental
raddiyaga tayyorlik), yangi empirik ma’lumotlarni tushunarli umumlashtirishga
sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli shakllari, tuzilmalari va sohalari
o’rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Biologik tadqiqotlar sohasida – bu
Aleksanderning emerjent dialektikasi hamda R.J.Kollingvud asarlarida o’z
ifodasini topgan tarixiy bilish dialektikasidir.
Bilishning metodologik tamoyillari – bu har bir falsafiy nazariyaning eng
umumiy, tizimiy elementlaridir. Bir tomondan, bunday tamoyillar tizimining
shakllanishi bu falsafiy tafakkurning yuqori darajada rivojlanganligining
ko’rsatkichidir. Chunki bunday tizim tarkibida falsafa va fan taraqqiyotida
yaratilgan bilimlar yig’iladi va sintez qilinadi. Ikkinchi tomondan falsafiy
nazariyaning kvintessensiyasini, mohiyatini va eng asosiy mazmunini tashkil
qiluvchi metodologik tamoyillar tizimi falsafa kelgusi rivojining sermaxsul quroli
va vositasi bo’lib hizmat qiladi. Falsafiy ta’limotning metodologik tamoyillar
tizimi uning yalpi boyligi va evristik ahamiyatini eng kuchli, sintetik va
umumlashgan tarzda ifoda etadi.
Turli falsafiy tizimlar turli falsafiy metodologik tamoyillarga asoslanadi. Biz
dialektik falsafaning metodologik tamoyillarini bayon qilishga harakat qilamiz.
Dialektik falsafada metodologik tamoyillar elementlari o’zaro bog’langan va
o’zaro ta’sir qiluvchi birbutun izchil tizimni tashkil qiladi. Bu tamoyillar mazmuni
o’zgarmas, qotib qolgan emas va falsafa, fan, amaliyot yutuqlari asosida
yangilanib, boyitilib va konkretlashtirib boriladi.
Asrlar mobaynida insoniyat ongida rivojlanish g’oyasi
shakllanib kelgandir. Dastlab bu g’oya bir hodisaning
vujudgakelishi va boshqasiga aylanishi haqidagi tasavvur shaklida uyg’ongan.
Bunday aylanishni esa yopiq doira shaklida, ya’ni bir narsaning qayta ana shu
narsaning o’ziga aylanishi tarzida tushunishgan. Masalan, qadimgi yunonlar
dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o’tgach
«o’zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va
yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo
yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo’lgan,
bor, bo’ladi va u mangu alangalanib va so’nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb
xitob qilgan edi.
Davriylik g’oyasiga qarama-qarshi ravishda o’rta asrlarda vaqtning o’z
yo’nalishiga egaligi, orqaga qaytmasligi haqidagi g’oya paydo bo’ldi. Xristian
falsafasida inson tarixining tug’ilishidan o’limiga tomon yo’nalganligi haqidagi
g’oya shakllandi. Avreliy Avgustin odamning tug’ilishini tarixning boshlanishiga,
uning o’limini esa - qiyomat kuni bilan taqqoslagan. Islom falsafasida vaqtning
manguligi, uning azaliyligi va abadiyligi majmuasidan iboratligi, xudoning
manguligi va azaliyligi, odamning yaratilganligi va o’tkinchiligi, ruhning odamga
berilganligi va abadiyligi haqidagi g’oyalar vujudga keldi. Bu fikrlar rivojlanishini
o’tmishdan kelajakka qarab yo’nalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan
muhim g’oyalardir.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi fikrlarni xayolimizda qayta tiklasak
Koinotning rivojlanishiga berilgan birinchi turtki haqidagi R. Dekart g’oyasi,
fransuz mutafakkirlari Volter va Russo tarixiy taraqqiyotni jamiyatdagi
revolyusion o’zgarishlar orqali izohlashga urinishgan. Xudo amri bilan olamda
ro’y beruvchi to’xtovsiz rivojlanishlar mohiyati borasida Sharq falsafasida Mirzo
Bedil ta’limotida, rivojlanishning manbai, mexanizmi va yo’nalishi haqidagi nemis
Do'stlaringiz bilan baham: