qat’iy belgilangan o’rnini egallaydi va yagona birbutun sifatidagi tizimning boshqa
elementlari, tomonlari, qirralari bilan muqarrar o’zaro aloqada bo’ladi.
Bularning hammasi tizimiylik prinsipi falsafiy prinsiplar tizimining zaruriy
elementi ekanligidan dalolat beradi. Bu prinsip nafaqat tizimiylikni, balki
tarixiylikni ham o’z ichiga oladi, ya’ni tadqiq etilayotgan reallikni nafaqat uning
barcha aloqalarida, balki rivojlanishda ham olib o’rganishni talab qiladi, ya’ni u
bilish subyektining o’rganilayotgan predmetning mohiyatiga kirib borishini
ta’minlaydi.
Miqdoriy va sifatiy tavsiflarning o’zaro aloqalari
prinsipi rivojlanish jarayonida miqdoriy va sifatiy
o’zgarishlarning bir-biriga o’tishi falsafiy qonunining
ta’sirini o’rganadi.
Sifatiy tavsiflar miqdoriy tavsiflarga, miqdoriy tavsiflar o’z navbatida sifatiy
tavsiflarga bog’likligi sababli obyektni bilish jarayonida bu tavsiflarni qayd
etibgina qolmasdan, balki ularning o’rganilayotgan obyektning muhim jihati
bo’lmish bir-biri bilan aloqadorligi, bir-biriga sababliligini ham aniqlamoq kerak.
Bunda obyektni tadqiq etishning dastlabki bosqichlarida uning sifatiy va miqdoriy
tavsiflari bir-biridan alohida mavjud bo’lgan hodisa sifatida mustaqil qarab
chiqiladi. Darhaqiqat dastlab subyekt o’rganilayotgan obyektning sifatini
aniqlashga harakat qiladi, o’ning sifatini aniqlab va har tomonlama tahlil qilib
chiqqach bu hodisaning miqdoriy jihatini tadqiq qilishga o’tadi. So’ngra,
tekshirilayotgan obyektning sifatiy va miqdoriy tomonlari haqida ishonchli axborot
to’planib borgan sari bilish ularning o’zaro aloqadorligini aniqlashga o’tadi.
Hozirgi zamon fani va amaliyotining ma’lumotlari tadqiq qilinayotgan
voqyelikning miqdoriy va sifatiy tavsiflarning o’zaro aloqadorligini, miqdoriy
o’zgarishlarning sifatiy o’zgarishlarga va, aksincha, sifatiy o’zgarishlarning
miqdoriy o’zgarishlarga o’tishi universal, umumiy harakterga ega ekanligini
ko’rsatadi.
O’zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning yana bir
muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan
tinimsiz o’zgarishlardir.
Tabiatning o’zgaruvchanligi falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin yaxshi
ma’lum bo’lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi
alohida o’rganish predmetiga aylandi va vaqt o’tishi bilan uning negizida falsafiy
bilimlarning maxsus bo’limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot
sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib,
o’zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi» kabi mashhur
iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri obyektiv borliqning
Do'stlaringiz bilan baham: