6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika) Reja


Axloq va uning funktsiyalari, jamiyatdagi roli



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana13.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#785574
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
No6-Mavzu - uz

Axloq va uning funktsiyalari, jamiyatdagi roli. 
«Axloqiy madaniyat» atamasi 
«axloq» va «madaniyat» tushunchalari asosida shakllangan. Axloq - bu ijtimoiy 
hayotning turli shakllaridagi, inson xulq-atvori madaniyati va ular o`rtasidagi 
munosabatlardagi axloqiy ideallar, maqsadlar va munosabatlarning amaliy timsolidir.
 
«Madaniyat» so`zining o`zi, siz bilganingizdek, lotincha «kultura» dan kelib chiqqan 
bo`lib, u rus tiliga tarjima qilishda yetishtirish, qayta ishlash, takomillashtirish, 
tarbiyalashni anglatadi. 
Madaniyatning subyekti - bu ham butun jamiyat, ham uning tarkibiy shakllari: 
millatlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar, kasbiy jamoalar va har bir alohida kishi. Va bu 
barcha holatlarda madaniyat inson hayotining har qanday sohasi va shaxsning o`zini 
takomillashtirish darajasining sifat jihatidan tavsifi sifatida namoyon bo`ladi.
Axloqiy madaniyat murakkab dastur sifatida ishlaydi, u an`anaviy vaziyatlarda axloqiy 
xatti-harakatlar qilishga yordam beradigan insoniyatning o`rganilgan tajribasini, 
shuningdek muammoli vaziyatlarda axloqiy qaror qabul qilishga ko`mak beradigan 
axloqiy farosat, intuitsiya kabi ongning ijodiy elementlarini qamrab oladi. 
Odob-axloq yaxshi va yomonning ziddiyatini tushunishda namoyon bo`ladi. Yaxshilik 
eng muhim shaxsiy va ijtimoiy qadriyat sifatida tushuniladi va shaxsning shaxslararo 
munosabatlarning birligini saqlash va axloqiy kamolotga erishish istagi bilan bog`liq. 
YAxshilik - odamlar o`rtasidagi munosabatlarda ham, insonning ichki dunyosida ham 
uyg`un yaxlitlikka intilishdir. Agar yaxshilik bunyodkor bo`lsa, unda yomonlik - bu 


shaxslararo munosabatlarni buzadigan va insonning ichki dunyosini emiradigan 
narsadir.
Barcha me`yorlar, g`oyalar va axloqiy ko`rsatmalar yaxshilikni saqlashni va odamni 
yomonlikdan chalg`itishni maqsad qilib qo`ygan. Agar inson yaxshilikni saqlash 
qo`llab-quvvatlash talablarini o`zining shaxsiy vazifasi sifatida anglasa, unda uning o`z 
burchini - jamiyat oldidagi majburiyatlarini anglashi to`g`risida ayta olamiz. Burchni 
bajarish tashqi tomondan - jamoatchilik fikri va ichki tomondan - vijdon tomonidan 
nazorat qilinadi. Shunday qilib, vijdon o`z burchini shaxsiy anglashdir. 
Inson axloqiy faoliyatda erkindir - u burch talablariga rioya qilish yo`lini tanlash yoki 
tanlamaslik huquqiga ega. Insonning bu erkinligi, uning yaxshilik bilan yomonlikni 
tanlash qobiliyatiga axloqiy tanlov deyiladi. Amalda, axloqiy tanlov oson ish emas: 
ko`pincha burchlar va shaxsiy moyilliklar o`rtasida tanlov qilish juda qiyin (masalan, 
bolalar uyiga pul topshirish). Agar turli xil burchlar bir-biriga zid bo`lsa, tanlov yanada 
qiyinlashadi (masalan, shifokor bemorning hayotini saqlab qolishi va uni og`riqdan 
xalos qilishi kerak; ba`zan ikkalasi qator bajaris mumkin emas). Axloqiy tanlovning 
oqibatlari uchun inson jamiyat va o`zi oldida (vijdoni) javobgardir. 
Axloqning bu xususiyatlarini umumlashtirib, biz quyidagi funktsiyalarni ajratib 
ko`rsatishimiz mumkin: 
baholash
- xatti-harakatlarni yaxshilik va yomonlik koordinatalarida ko`rib chiqish 
(yaxshi, yomon, axloqiy yoki axloqsiz); 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish