Oilaviy munosabatlar etikasi.
Oila ikki kishining muhabbatidan boshlanadi va
muhabbatning maqsadi egoistik qoniqish emas, balki ikkinchi kishining quvonchiga
asoslangan quvonchdir, bunda sevadigan inson o`z sevgilisiga rohat, huzur bag`ishlash
orqali baxtni his qiladi. Bunday sevish qobiliyati qayg`udosh bo`la olish qabiliyatidan,
birinshi navbatda o`zi to`g`risida emas, balki sevgan kishisi to`g`risida qayg`urish, u
haqida g`amxo`rlik qilish ko`nikmalaridan kelib chiqadi. Birgalik umrgo`zoronlik qilish
jarayonida ko`pgina narsa nafaqat bir-birini sevishdangina emas, balki sheriklarning
axlokiy, psixologik, jinsiy va hattoki maishiy madaniyatiga ham bog`liqdir.
Oilaviy munosabatlardagi axloqiy madaniyat er-xotinning ularning muhabatidan
guvohlik beradigan ezgulik, yaqini to`g`risida g`amxo`rlik, uning uchun mas`uliyat,
odoblilik, bag`rikenglik kabi axloqiy sifatlari orqali namoyon bo`ladi. Ushbu sifatlar
nikohda – butunlay har xil bo`lgan odamlar – turli oilalardan chiqgan, turli qarashlarga,
odatlarga va qiziqishlarga ega ikki kishi uchrashganda o`ta zarurdir.
Psixologik madaniyat er-xotin o`rtasida ularning muloqati jarayonida bir-birini
«sindirmasdan» va «qayta tarbiyalamasdan» uyg`un munosabatlarni o`rnatishni, bir-
birining individualligini hurmat qilishni, bir-biriga moslashishni talab qiladi.
Er-xotinning jinsiy madaniyati hissiy intilishning, maylning mavjudligini, sherigining
hoxishlarini hurmat qilish va tushunish, ularni qoniqtirishga tayyor bo`lishni nazarda
tutadi.
Oilaviy munosabatlarning maishiy madaniyati oilaviy majoralarga asoslanadi va uning
mohiyatini majoralarni umuman bo`ldirmaslik emas, balki majoralarni axloqiy jihatdan
to`g`ri qabul qilish va ulardan munosib ravishda chiqib ketish tashkil qiladi. Buning
uchun esa majoralarning kelib chiqish sabablari, xulq-atvor qoidalari va majoradan
chiqib ketish yo`llari to`g`risidagi bilimlar zarurdir.
Agar oilaning barcha a`zolari o`z-aro murosaga kelishga va majoralardan qochishga
intilsalar, unda oilada doimo tinchlik va xotirjomlik hukm suradi. Lekin bunga erishish
ancha murakkabdir. Ba`zida yuzaga kelayotgan janjalning uchqunini o`chirish uchun
katta ko`ch solish kerak bo`ladi. Ko`pchilik xushmuomalalik, muloyimlik faqat uydan
tashqarida zarur, oila davrasida esa shart emas deb hisoblaydilar. Lekin bu degani
barcha muloyim so`zlarni unutish, degani emas. «Raxmat», «iltimos», «kechirin» kabi
so`zlarsiz yashash mumkin emas. SHuningdek, yaqi kishilar munosabatlarida
intonatsiya katta rol` o`ynaydi. U barcha muloyim so`zlarni ham yo`qqa chiqarishi
mumkin. Oddiygina gap xayrixoh va muloyim jaranglashi mumkin va aksincha
buyruqni eslatishi mumkin.
Oilaning har bir a`zosi bir-birini qiziqishlarini va didlarini hurmat qilishlari kerak.
Agar er futbol tomoshalashni yaxshi ko`rsa, xotini bundan achchiqlanmasligi kerak,
xuddi shunday qilib er ham xotinining qiziqishlarini hisobga olishi zarur. Ko`pgina
vaziyatlarda o`zga ayollarga nisbatan xushmuomalali erkak o`z xotini bilan tamomila
boshqacha tutadi. O`z ayoliga nisbatan hurmatsizlik ko`rsatgan erkak, birinchi navbatda
o`ziga nisbatan hurmatsizlik qiladi, chunki «xotin – ikkinchi yarming» deb bejiz
aytmaganlar.
Albatta, hayotda turli xil vaziyatlar o`rin oladi, oilada janjal umuman bo`lmasligi
mumkin emas, lekin ular tez-tez kelib chiqmasligi kerak, yarashgandan so`ng esa
mojaro, uning sabablari to`g`risida unutish zarur.
Oilaviy mojarolarning asosiy sabablari:
- er-xotin munosabatlari etikasining buzilishi (xiyonat, rashq);
- psixologik yoki biologik(jinsiy) mos kelmaslik;
- er-xotinning atrofdagi kishilar (qarindoshlar, tanish-bilishlar, do`stlar) bilan noto`g`ri
munosabatlari;
- bola tarbiyasiga nisbatan turli xil pozitsiyalar;
- ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi tushunmovchiliklar;
-maishiy va moliyaviy muommalar.
Er-xotin janjallarida alohida o`rinni rashq egallaydi. U paydo bo`lganida er-xotin
xulosa qilishga choshmasliklari, balki o`ziga chuqur nazar tashlab, o`zini va o`z xulq-
atvorini ob`ektiv baholashlari darkor.
Er-xotin shuni eslaridan chiqarmasliklari kerakki, har bir oilaning o`z qiyinchiliklari
bor, hayotda deyarli hech qachon umuman arazlarsiz, ginolarsiz, ba`zida esa janjallarsiz
mumkin emas. Yaqin kishilar janjallari muayyan darajada «stakan ichidagi burondir»,
ya`ni arzimagan sabablarga ko`ra vujudga keladi. Ko`pincha yaqin kishi tomonidan
etkazilgan xafagarchilik u tomonidan oila hayotiga olib kirilgan quvonchlardan
shunchalik kichikki, unga o`tkir reaktsiya qilish va zarba bilan javob berishga
arzimaydi. Seviklingizni yomonlikni esdan chiqargan holda kechirish qobiliyati – er-
xotinning yuksak axlokiy madaniyati, oilaviy farovonlik va baxt-saodatning asoslaridan
biridir.
Oilaviy mojarolar turli sabab va bahonalardan kelib chiqadi. Lekin ularning zamirida
er-xotinning ularning shaxsiy madaniyati darajasidan, tarbiyasidan, axloqiy
e`tiqodlaridan kelib chiqadigan turli xil axloqiy pozitsiyalari yotadi. Ularning vujudga
kelishiga konkret bahona, odatda, turli xil hayotiy vaziyatlar, nostandart xulq-atvor, er-
xotinning bir-birining kengashlariga va xohishlariga e`tiborsizlik bo`lishi mumkin.
Mojarolarning asosida ob`ektiv qiyinchiliklar ham bo`lishi mumkin: ish kunidan
toliqish, asabiylashish, uzilish. Er-xotin arazladi. Mojaroning o`zi hayotiy sharoitlarning
nomukammaligidan kelib chiqadi. U oilaviy rishtalar uchun xatarli emas. Bunday
janjallar to`g`risida «Tongacha o`tib ketadi» deyishadi. Boshqa gap, agar
kelishmovchilik er-xotinning birining fikricha ikkinchisi nimanidir qilishi, o`z xulq-
atvorini o`zgartirishi, qandaydir odatlaridan voz kechishi, hayotiy mo`ljallarini
o`zgartirishi zarur bo`lsa va h.k. Bir so`z bilan aytganda xulq-atvorni o`zgartirishni talab
qiluvchi muammo qo`yilgan. Ko`pincha masala dilemmaga borib taqaladi: yon berish
yoki yon bermaslik, oila uchun umumiy xulk-atvor yo`nalishini ishlab chiqish yoki
ishlab chiqmaslik.
Tamomila kutilmagan mojarolar ham bo`ladi, ular to`g`risida «bosh ustiga tushgan qor
kabi» deyishadi. Oilaviy madaniyatning darajasi ham aynan kishilarning mojarolardan
qanday chiqishida, ularni qanday bartaraf qilishida namoyon bo`ladi. Oilada lazzatlanib
yashash kerak, lekin bu degani hayotda qiyinchiliklarsiz, bir-birini hech bir xafa
qilmaslik mumkin degani emas.
Oilaviy munosabatlardagi muhim narsa – bu bir-biriga tanbeh berganda insoniy qadr-
qimmatni erga urmaslik. Tanbeh, hattoki u adolatli bo`lganda ham, faqat o`z-aro alohida
qolganda aytilishi kerak. Janjalning mohiyatiga yakin kishilar (qarindoshlar, do`stlar)
aralashtirilmasligi kerak. Begonalarning er-xotin o`rtasidagi munosabatlarga, ayniqsa
ular keskinlashganda, aralashishi maqsadga muvofiq emas. Ro`y bergan hodisani er-
xotin o`zlari o`ylab ko`rib, turli xil vaziyatlarni o`lchab ko`rishlari zarur. Buning uchun
esa ular ikkalasi qolishlari zarur, va ko`pincha shuning o`zi ham eski munosabatlarni
tiklashga etarli bo`ladi, chunki birga yashagan yillar er-xotini ko`plab rishtalar bilan
bog`lab quyadi.
Lekin mojarolarning sabablarini bilish etarli emas, muhimi ularning paytida o`zini
tutishga o`rganishdir. Buning uchun bahs madaniyatining bir nechta qoidalariga amal
qilish zarur:
- G`olib chiqishga intilmaslik, chunki sening g`alabang – sevgan kishingning
mag`lubiyatidir. Oila uchun qulayi esa mojaroning maqsadini o`zgartirish, ya`ni bahsda
o`ziningizning xaq ekaningizni isbotlash emas, balki turmush o`rtog`ingizni mojarani
keltirib chiqargan xatti-harakatni qilmaslikga undashdir.
- Oilaviy bahsda turmush o`rtog`ingizga hurmatni saqlash, hattoki araz, rashq, jahl
paytida ham va yaqindagina uning siz uchun eng qimmat kishi bo`lganligini unutmaslik.
- Oilaviy arazlarni, ginalarni tezda unutish, yomonliklar qancha tez unutilgan sari oila
shunchalik farovon va baxtli bo`ladi.
- O`zingdan vaqtli va ro`yirost so`rash – siz uchun nimaning asl qadriyat ekanligini.
SHunda vujudga kelgan vaziyat asabiylashish uchun juda kichkina bahona ekanligini va
uning ertaga er-xotinning o`zlariga kulguli bo`lib tuyilishi mumkinligini aniqlaysiz.
Oilaviy munosabatlar etikasi birinchi navbatda bir-biriga nisbatan xushmuomalalik,
muloyimlik, boadablikni, hurmat-ehtiromni nazarda tutadi. Er xotinini uning
xarakteridagi, kiyinishidagi kamchiliklarini, farzand tarbiyasidagi uslublarini, uning
dugonalarini doimo ham tanqid qila bermasligi zarur. Xotin ham o`z eriga nisbatan
muloyimlik, boadablikni, hurmat-ehtiromni saqlagan holda, uni farzandlari oldida
tanqid qilmasligi, janjallash qilmasligi, erining fikriga quloq osishi darkor.
Munosabatlarni aniqlash paytida kinoyaga, kesatiqga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bu
narsa qarshi tarafni haqoratlaydi va javob tariqasida qarshilikni keltirib chiqaradi.
SHuningdek, tajovuzkor, buyruq va injiqlik intonatsiyalari ham salbiy idrok etiladi.
Keskin va qo`pol so`zlar, hattoki ular yovuz, qahrli maqsadda aytilmagan bo`lsa ham,
insonning dilini qattiq og`ritadi va uning dilida uzoq vaqtga noxo`sh iz koldiradi. Bahs,
tortishish paytida uchinchi shaxslarning fikrlariga murojaat qilmaslik darkor. Do`stona
suhbat paytida er-xotinning birini onasining fikr-mulohazalarini keltirishnin o`zi sokin,
muloyim bahsning o`zini ham janjalga aylantirib qo`yishi mumkin.
O`z-aro da`volar, qanchalik o`rinli bo`lmasin, har qanday nozik tuyg`ularni o`ldirishga
qodirdir. Da`vo kimga qilinayotgan bo`lsa, u, ongsiz ravishda o`zini ayblovchidan yirok
tutishga intiladi, shuning uchun tez-tez ifodalaniladigan da`volar munosabatlarning
uzilishiga olib kelishi mumkin.
YAxshi tarbiya asoslari bolalikda shakllantiriladi, ammo, agar ota-onalar
farzandlaridan o`zlari hech qachon bajarmaydigan narsalarni talab qiladigan bo`lsalar,
unda ularning istalgan natijalarga erishishi amrimahol. Ota yoki ona o`z farzandiga
qanchalik beadob, uyat so`zlarni gapirish nojo`ya, beadablilik bo`lishii ta`kidlamasin,
agar ularning o`zlari janjallashgan paytlarida qo`pol, uyat gaplarni foydalanadigan
bo`lsa, farzand buni hech qachon qabul qilmasligi aniq. Bolalarga o`zlari uchun nufuzli,
mo``tabar bo`lgan insonlariga taqlid qilish xosdir. Bunday insonlar esa bolalar uchun
birinchi galda uning ota-onalaridir.
Oilada bir nechta farzand ulg`ayotganda aka-uka va opa-singillar o`rtasida muloyim,
boadab va do`stona munosabatlar o`rnatilishi kerak. Bu munosabatlar esa ota-onalar
barcha farzandlarini bir xil yaxshi ko`rib, barchasiga tengdek munosabat qilganlarida,
birini ikkinchisidan afzal hisoblamaganliklaridagina o`rnatilishi mumkin.
Farzandlar o`sib-ulg`ayadi, va, nihoyat, «qiyin» deb nomlanadigan davr ham uetib
keladi. Ilgari yoqimtoy va mo`min-qobil bo`lgan farzand endi esa keskin, yopiq, qo`rs
bo`lib qoladi. Lekin, agar ota-ona bolasiga do`stana munosabat qilsa, uni hurmat qilsa
va uning bilan o`z fikrlarini o`rtoqlashsa, foydali va aqlli maslahatlar bersalar, o`zlari
ham farzandlaridan maslahatlar so`rov tursalar, unda oilada tinchlik va o`z-aro
tushunish o`rin oladi.
Oila va nikohning axloqiy negizlarining yoshlar tarbiyasiga ta`siri. Nikoh va oilaning
mustahkamligi yoshlarning oilaviy hayotga tayyorgarligiga bog`liq bo`ladi va nikohga
ijtimoiy va individual qaarashlar tizimi sifatida munosabat oilaviy hayotga bo`lgan
ijobiy munosabatni belgilab beradi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning oila
va nikohning shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi, jamiyat, millat taqdiridagi o`rnini to`g`ri
anglashini shakllantirish jiddiy milliy muammolarning biridir.
SHaxsning shakllanishi nuqtai nazaridan yoshlarning nikohka kirishga psixologik
tayyorgarligining muhim nuqtasi uning o`z xatti-xarakatlari, ya`ni nikoh va oila
munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy qoidalar tizimiga qo`ygan ilk qadami
mohiyati ustida uylanishidir. Shaxsning dastlabki sotsiallashuvi jarayonida vujudga
kelgan nikoh tushunchasi bilan u o`zining kelajak shaxsiy hayotida to`qnashadigan
talablar o`rtasida ziddiyatlarning butun bir tizimi mavjud.
Oila o`spirinlarning xulq-atvori va tanloviga jo`da katta ta`sir ko`rsatadi. Ko`pchilik
o`spirinlar o`z ota-onalaridan maslahat olishni va ularning qo`llab-quvvatlashlarini
istaydi. Ammo ayrim ota-onalargina o`z farzandlari bilan savollarni muhokama qilishga
tayyor, aksariyati esa o`sib kelayotgan farzandlariga qanday ma`lumotlarni berish
kerakligini aniq tasavvur qilaolmaydilar. Natijada, qator sabablarga ko`ra, bugungi
kunda o`spirinlarda oilaning deformatsiyalangan, buzilgan obrazi shakllanadi.
N.I.SHevandrin yosh avlodlarda nikoh-oila munosabatlariga nisbatan noadekvat
ko`rsatmalarning shakllanishining quyidagi omillarini ajratadi: ota-onaning axloqsiz
xulq-atvori (alkogolizm, deviant xulk-atvor); noto`liq oila; ota-onaning o`z farzandlari
tarbiyasi to`g`risidagi bilim va ko`nikmalarining qoniqarsiz darajasi; ota-ona o`rtasidagi
salbiy munosabatlar; oiladagi mojaroli munosabatlar; qarindoshlarning oila ishlariga va
farzand tarbiyasiga aralashishi.
Z.Mateychikning ta`kidlashicha, oiladi ota yoki onaning bo`lmasligi farzandning
ijtimoiy tayyorgarligida jiddiy kamchilik bo`lishiga qaramasdan, ba`zan buzilgan,
salbiy, jirkanch namunadan ko`ra ota yoki onasiz bo`lgan yaxshiroq.
Oila psixologiyasi bo`ycha nemets tadqiqotchisi Linda Anzorg «O`z ota-onalarining
xulq-atvoridagi salbiy jihatlarini qabul qilgan yoshlar hayotda boshqalarga qaraganda
kattaroq qiyinchiliklarni boshidan kechiradi: ularning oilaviy hayotlari shundan
boshlanadiki, ular oilada yashash san`atiga o`rganishdan oldin munosabatlar qurishga
yangitdan o`rganishlari zarur bo`ladi. Qayta tayyorlash esa odamning o`zidan ham,
uning atrofidagilardan ham qo`shimcha kuchlarnin talab qiladi. Deyarli barcha ota-
onalar «farzandlarni yaxshi hayotga tayyorlashni» istaydilar, lekin konkret tahlillar
shuni ko`rsatadiki, aksariyat farzandlar o`z hayotlarining boshida noqulay axvolda
turadi».
V.A.Sisenko oilaviy hayotga tayyorgarlikning quyidagi asosiy tamoyillarini
ko`rsatadi: axloqiy (nikohning, farzandlarning va h.k. qadr-qimmatini anglash);
psixologik (nikohga kirish uchun zarur bo`lgan psixologik bilimlar yig`indisi); ta`limiy
(farzandlarni tarbiyalash ko`nikmalari va qobiliyatlari); sanitar va gigienik (nikoh va
oila gigienasi); iqtisodiy va xo`jalik-maishiy.
SHunday qilib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ota-onalar, o`qituvchilar,
tengdoshlar, o`zga kishilar, madaniyat va ommaviy axborot vositalari bilan keng o`zaro
ta`sirlar to`plami bo`lib, ularning natijasida oilaviy munosabatlarning xususiyatlarini
anglash, mos ravishdagi hissiyotlarnin rivojlantirish, nikoh va oilaga tayyorgarlik bilan
bog`liq tasavvurlarning, qarashlarning, e`tiqodlarning, odatlarning shakllanishi yuz
beradi.
YOshlani nikohgacha tarbiyalashni amalga oshirishga V.A.Suxomlinskiy katta hissa
qo`shgan. V.A.Suxomlinskiy ta`biricha, oilaviy tarbiya jamiyatdagi yosh avlod
tarbiyasining shakli sifatida o`z ichiga ota-onalarning, oila a`zolarining maqsadga
yo`naltirilgan xatti-harakatlarini va kundalik hayotning, oilaviy munosabatlarning
ob`ektiv ta`sirini o`z ichiga oladi. Oilaviy tarbiya tajribasini tahlil qila o`tirib, pedagog
«oila undagi ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi mavjud munosabatlar bilan birga
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning yangi maktabi» ekanligini
ko`rsatdi. V.A.Suxomlinskiy oilaning farzandlarni axloqiy tuyg`ularini tarbiyalashning
boshlang`ich maktabi bo`lishi, ya`ni axloqiy tamoyillar va kontseptsiyalarning
shakllanishida ishtirok etishi va axloqiy tuyg`ularni rivojlantirishi, axloqiy e`tiqodlarni
ishlab chiqishi, xulq-atvor ko`nikmalari va odatlarni shakllantirishi lozimligiga chuqur
ishongan. Nikohgacha ta`limga V.A.Suxomlinskiyning qo`shgan katta hissalaridan biri
- sevgiga va oilaviy hayotga ma`naviy-axloqiy tayyorgarlikni tarbiyalash nazariyasidir.
Pedagog «O`g`limga xatlar»ida barcha yosh yigit-qizlarga murojaat qiladi: «Sevgi – bu
insoniylikning eng qattiqqo`l imtixoni. Inson qadr-qimmatiga chuqur hurmat-ehtiromsiz
haqiqiy insoniy sevgi bo`lishi mumkin emas».
YOshlarni oilaviy hayotga o`qitish o`z ichiga quyidagi tayanch jihatlarni oladi:
- Umumijtimoiy, u nikoh va oila munosabatlari va defografiya sohasidagi davlat
siyosatini, oilaning ahamiyatini, mafkuraviy qadriyatlarni, er-xotin va ota-onaning
ijtimoiy rollarini yoritadi.
- Axloqiy, u o`z ichiga quyidagi axloqiy sifatlarni tarbiyalashni oladi: boshqa jins
vakillari bilan o`zaro muloqat, do`stlik, onaga, otaga, kattalarga va kichiklarga hurmat,
farzand tarbiyasi zarurligi, mas`uliyat, halollik, qanoat, yaxshilik, nikohning axloqiy
asoslarini anglash va saqlash, oiladagi munosabatlar, nikohning axloqiy asosi sifatida
sevgi-muhabbatni; o`z eri (xotini), oilasi, farzandlari oldidagi burch, intim munosabatlar
madaniyatini, ideal er va xotin, ota va ona haqidagi to`g`ri ko`rsatmalar.
- Huquqiy: nikoh to`g`risidagi qonunchilik asoslari, Oila kodeksining eng muhim
qoidalari bilan, er-xotinning bir-birlariga, farzandlariga va jamiyatga nisbatan
majburiyatlari bilan tanishtirish.
- Psixologik: shaxs kontseptsiyasi va yoshlar orasidagi shaxslararo munosabatlar
psixologiyasining, nikoh va oilaviyning psixologik asoslarining xususiyatlari, boshqa
odamlarning psixologiyasini tushunish qobiliyati, nikoh va oilaviy hayot uchun zarur
bo`lgan his-tuyg`ularni rivojlantirish, muloqot ko`nikmalarini shakllantirish.
Ta`lim va oilaviy tarbiya sohasidagi mutaxassislarning aksariyati nikoh va oilaning
barqaror mavjudligining asosiy shartlaridan bri odamlarning axloqiy ruhi, shu jumladan,
axloqiy me`yorlardan ma`lum darajada xabardor bo`lishlari, deb hisoblaydi.
Ushbu vaziyatning shubhasizligi aniq. Darhaqiqat, insonning axloqiy ongining
rivojlanish darajasi ko`p jihatdan uning oiladagi faoliyati va xulq-atvorini belgilaydi.
Yoshlarning etukligi birdaniga yuz bermaydi va ko`pgina omillarga bog`liq.
Birinchi omil er va xotin, keyin esa ota va onaning rolini o`ynashga psixologik
tayyorgarlik va qobiliyatga bo`lgan ehtiyojdir. Har bir ijtimoiy rol o`z ijrochisi bilan
bog`liq ma`lum taxminlarni o`z ichiga oladi. Shunday qilib, er va xotinning roliga
tayyorgarlik, bu taxminlar (ya`ni, huquq va majburiyatlar) to`g`risida aniq bilishni va
ularni bajarishni istashni anglatadi.
Mas`uliyatni oqilona taqsimlash oilaviy barqarorlikning omili bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari, er va xotin o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tarkibidagi funktsional-
rolli muvofiqlashtirish yoshlar uchun nikohdan oldin ta`limni talab qiladi. Yoshlar
oilaviy hayot uchun zarur bo`lgan ma`lum bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.
Shunday qilib, ta`kidlash kerakki, ko`plab yoshlar er-xotinning ijtimoiy funktsiyalarini
amalga oshirishga psixologik va texnologik jihatdan tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |