•
transtsendental (Xudoga ishonishning namoyon bo`lishi).
Shuningdek, M. Rokichning qadriyatlar tasnifiga alohida to`xtab o`tish zarur. U
dunyodagi eng mashhur metodikaning muallifi. Ushbu
metodikaning asosiy maqsadi
shaxsning qadriyaviy mo`ljallarining ierarxiyasini aniqlashdir. Insonning barcha
qadriyatlarini M.Rokich ikkita katta toifaga ajratadi:
1) terminal (yoki qadriyat-maqsadlar) - insonning yakuniy maqsad unga erishish
uchun qilinadigan barcha sa`y-harakatlarga munosibligiga
ishonchi;
2) instrumental (yoki qadriyatlar-usullar) - insonning xulq-atvor va xatti-harakatning
muayyan usuli maqsadga erishish uchun eng muvaffaqiyatli ekanligiga ishonchi.
Qadriyatlarning turli xil tasniflari mavjud, quyidagi
jadvalda ularning qichqacha
bayoni keltirilgan:
Qadriyatlar tasnifi
Olim
Qadriyatlar
V.P.
Tugarinov
Ma`naviy
Ta`lim, san`at va fan
Ijtimoiy-siyosiy
adolat, iroda, tenglik va birodarlik
Moddiy
har xil turdagi moddiy ne`matlar,
texnika
V.F.
Serjantov
Moddiy
mehnat qurollari va bajarish usullari
Ma`naviy
siyosiy, axloqiy, etikaviy, diniy,
huquqiy va
falsafiy
A. Maslou
Mavjudlik
(B-qadriyatlar)
yuqori, o`zini namoyon qiladigan odamning
o`ziga xos xususiyati (go`zallik,
mehribonlik,
haqiqat, soddalik, o`ziga xoslik, adolat va
boshqalar)
defitsit (taqchil)
(D-qadriyatlar)
qoniqmagan ehtiyojni
qondirishga qaratilgan
past (uyqu, xavfsizlik, qaramlik,
xotirjamlik va
boshqalar)
Taqdim etilgan tasnifni tahlil qilib, inson hayotidagi asosiy qadriyatlar nimadan iborat
degan savol tug`iladi. Aslida, bunday qadriyatlar juda ko`p, ammo eng muhimi,
umumiy (yoki universal) qadriyatlardir, ular V. Franklning fikriga ko`ra
insonning
uchta asosiy mavjudligi (ekzestentsiallari) - ma`naviyat, erkinlik va mas`uliyatga
asoslangan. Psixolog tomonidan qadriyatlarning quyidagi guruhlari ajratiladi («abadiy
qadriyatlar»):
•
odamlarga ma`lum bir jamiyatga nima bera olishlarini tushunishga imkon
beradigan ijod;
•
inson o`zi sotsium va jamiyatdan nimani olishini mumkinligini tushunishga
undaydigan
kechinmalar;
•
odamlarning o`zlarining hayotini biron bir tarzda cheklaydigan omillarga nisbatan
o`z o`rnini (pozitsiyalarini) anglashga imkon beradigan munosabatlar.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, inson hayotida axloqiy qadriyatlar eng muhim o`rinni
egallaydi, chunki odamlarning axloq va axloqiy me`yorlar bilan bog`liq qarorlarni qabul
qilishida etakchi rol o`ynaydi va bu, o`z navbatida, ularning shaxsiyatining rivojlanishi
va insonparvarlik yo`naltirilganligi darajasini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: