6-ma’ruza. Sulton Jo‘ra va Quddus Muhammadiy ijodi reja



Download 46,79 Kb.
bet1/8
Sana28.01.2023
Hajmi46,79 Kb.
#904281
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-ma’ruza. Sulton Jo‘ra va Quddus Muhammadiy ijodi
REJA:

  1. Sulton Jo‘ra – o‘smirlar kuychisi.

  2. Quddus Muhammadiy – bolalarning tabiatshunos shoiri.

  3. Xulosa.



TAYANCH TUSHUNCHALAR: p’esa, ertak-drama, kompozitsiya, motiv, ertak-qissa, hajviy hikoya, she’riy imzo, epigramma, portret-she’r, topishmoq she’r, chistonnavislik, doston-ertak, masnaviy, poetik shakl, epik poeziya, personaj, fanatizm, punktuatsiya.


Sulton Jo‘ra – o‘smirlar kuychisi
(1910-1943)

Sulton Jo‘ra XX asrning o‘ttizinchi yillaridan o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish, yuksaltirish uchun kurashgan adiblardan biri edi. Sulton Jo‘ra navqiron avlodning otashin do‘sti bo‘lib mehnat, mardlik va baxtiyor yoshlik kuychisi sifatida tanildi. U o‘zbek bolalar adabiyotining bunyodkorlaridan biri edi. 15 yillik ijodiy faoliyati davomida “She’rlar” (1933), “Fidokor”(1939) va “Moskva”(1941) singari uchtagina she’riy to‘plamini hayotligida o‘zi chop ettirgan bo‘lsa, keyinchalik uning butun ijodiy merosi “Havorang gilam” (1553), “Ochiq chehralar”(1959), “Yomg‘irdan so‘ng‘ (1965), “She’rlar” (1973), “Qaldirg‘och” (1981), “Sog‘inchli salom” (1988), shuningdek, rus tilidagi “Rojdenie istini” (1961) va “Otkritoe litso” (1986) kabi o‘nlab to‘plamlar holida kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylantirildi.


Sulton Jo‘ra 1910-yilning 15-yanvarida Buxoro amirligidagi Shofirkon tumanining Qog‘oltom qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘z tarjimayi holida yozganidek, 3-4 yasharligida ota-onasi o‘lib, qarindoshlari qaramog‘ida qoladi. Hamqishlog‘i bog‘bon Abdurauf Dushanboyev xonadonida asrandi o‘g‘il bo‘lib, uning xizmatini qila turib, qishloq masjidi huzuridagi eski maktabda savod olishni ham unutmaydi. Bu davrda ukasi Saidni olis Qazalidagi qarindoshlari olib ketsa, opalari Xadicha, Fotima va Osmanurlar birin-ketin turmushga chiqib, turli manzillarda yashay boshlashadi. Shu zaylda bo‘lajak shoirning oilasi parokanda holda turmush girdobiga sho‘ng‘iydi. Sulton 14 yoshga to‘lgach, Buxoro shahrida yashayotgan opasi Fotima Jabborovani qora tutib, Buxoroga keladi. Opasini topgach, bir muddat unikida yashab, shahardagi yetti yillik maktabda o‘qiy boshlaydi. Uni 1927-yilda tugatib, Buxoro pedagogika bilim yurti (sobiq xalq maorifi instituti –Innapros)ga o‘qishga kiradi. Bu yerdagi jo‘shqin hayot uning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, ijodkorlik salohiyatini harakatga keltirdi. “Yulduz” taxallusi bilan bilim yurti devoriy gazetasida dastlabki she’riy mashqlarini e’lon qilib turadi.
Bilim yurtida birga o‘qigan sinfdoshi Qurbon Badaliyning xotirlashicha, Sulton Jo‘ra “ayniqsa, she’riyatga, p’esalardagi rollarni ijro etishga juda qiziqar, shuningdek, musiqiy asboblarni yaxshi chertar va nihoyat, chaqqon futbolchi ham edi”. Bilim yurtida 1928-1929-yillarda “Bilim uchquni” nomida ta’lim-tarbiyaviy, adabiy-fanniy oylik jurnal chiqarib turilgan; bu jurnalda Jalol Ikromiy, Tuyg‘un, Ziyo Ikromiy, Hakim Homidiy, Kunashboev, Mavlon Ikromiy kabi talaba-ijodkor yoshlar qatorida Sulton Jo‘raning ham asarlari bosilib turgan. Chunonchi, uning “Erk qizi” she’ri shu jurnalning 1929-yilgi qo‘shma sonida bosilgan. Lekin uning matbuotda bosilgan dastlabki she’ri “Mehnat qo‘ynida” deb atalib, 1927-yilda “Yangi yo‘l” jurnalida bosilgan edi. Binobarin, uning she’rlari ana shu davrdan e’tiboran “Buxoro axbori” gazetasi va turli jurnallarda tez-tez ko‘rinadigan bo‘ldi.
Sulton Jo‘ra 1930-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli tugatib, shahardagi 3-yetti yillik maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars bera boshladi.
1933-yili Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashab ishlayotgan opasi Fotima va pochchasining chorlovi bilan ular oldiga ko‘chib bordi. Dastlab 17-maktabda o‘qituvchilik qila boshladi. U Andijondagi faoliyati haqida avtobiografiyasida quyidagilarni arz etadi: “1938-yil 18-sentabrda Andijonga kelib, xotin-qizlar bilim yurtiga til va adabiyotdan o‘qituvchi bo‘lib kirdim. 1934-yilda Andijon kechki pedinstitutining geografiya fakultetiga kirib, 1940-yil yanvarida uni tugatib chiqdim (chunki u vaqtda litfak- (adabiyot fakulteti – O.Safarov va boshq.) yo‘q edi). Til va adabiyot sohasida mustaqil o‘z ustimda ishlab, kechki institutda lektorlik qildim”.
Shoir ijodini maxsus o‘rganib, nomzodlik dissertatsiyasini yozgan Nabijon Qobilov aslida uning ana shu ma‘ruzalarini tinglagan shogirdi edi. U Andijon xotin-qizlar bilim yurtida o‘qitgan yana bir shogirdi, keyinchalik taniqli folklorshunos bo‘lib yetishgan filologiya fanlari doktori, professor G‘.Musina ustozi fazilatlarini shunday xotirlaydi: “Men Andijon pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtimda hurmatli Sulton Jo‘ra bizga o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan dars berar edi. Studentlar o‘rtasida: “Kimda-kim Sulton Jo‘radan ta’lim olsa, u albatta, tilchi, adabiyotshunos, yoki shoir bo`lib yetishadi”, – degan gap yurar edi”. Bu shunchaki gap bo‘lmay, ayni haqiqatning e’tirofi ekanligini u o‘qitgan talabalar safidan M.Mirzayev, G‘.Musina, H.Razzoqov singari taniqli filolog olimlar-u Mahmud Jalil, Sotti Mamajon kabi shoirlarning yetishib chiqqani yaqqol tasdiqlaydi. Sulton Jo‘ra ayni paytda qizg‘in adabiy-ijodiy faoliyat bilan ham shug‘ullanib, zamonasidagi ijtimoiy hayot muammolariga bag‘ishlangan she’rlar, she’riy ertaklar, dostonlar, ballada va dramatik asarlar yozdi. Bu asarlarida Vatan va uning tabiati, mehnat va uning zavqi, xotin-qizlar ozodligi va quvnoq bolalikni sharafladi. Aytish mumkinki, bu davrda u g‘oyat faol ijodkor sifatida nainki Andijonda, balki butun respublikada ham tanildi va e’tirof etila boshlandi. Buni G‘afur G‘ulom bosh-qosh bo‘lib, 1939-yilda Toshkentda uning adabiy kechasi o‘tkazilishi, qolaversa, shu yili Moskvada bo‘lgan o‘zbek adabiyoti va san’ati dekadasida yetuk shoir va adiblar safida qatnashuvi hamda “Hurmat belgisi” ordeniga sazovor bo‘lishi dalillari yaqqol tasdiqlaydi. Gap shundaki, 1940-yilgacha, shoirning o‘zi “birinchi she’riy to‘plamim” deb e’tirof etgan “Fidokor” to‘plami nashr etilishigacha u asosan, davriy matbuotda bosilgan she’riy va publitsistik asarlari bilan shunday e’tibor qozona olgan edi. Rost, bu asarlarning kattagina qismi katta yoshdagilarga mo‘ljallangan esa-da, u bolalar va o‘smirlarni ham unutmadi, ular uchun g‘oyaviybadiiy jihatdan yetuk asarlar yozib, bolalar va o‘smirlar kuychisi sifatida tanildi. U turli yoshdagi bolalar ruhiy olamini nafis his qila olganligi sababli ular xarakteridagi tabiiy soddalikni, tinib- tinchimaslikni, ayrim hollarda yolg‘onchiligu dangasalikni yorqin ifoda eta oladigan “Lola”, “Oy nechta”, “Cho‘ntak”, “Mamatning kechirmishlari”, “Yolg‘onchi”, “Qarzdor”, “Kimning xati chiroyli”, “Yaxshi” va “A’lo”ning maqtovi”, “Harflar parade”, “Tinish belgilarining majlisi” kabi XX asrning 30-yillaridagi o‘zbek bolalar she’riyatining betakror namunalarini yaratdi.
Aytaylik, “Harflar parade” she’rida lotin yozuvidan kirill yozuviga o‘tishning madaniy hayotimizdagi muhimligini bolalar qalbiga singdirishni ko‘zlasa, “Tinish belgilarining majlisi” asarida tilshunoslikning tarkibiy qismi bo’lgan punktuatsiyaning mohiyatini badiiy obrazlar orqali tushuntirish nazarda tutilgan. Binobarin, bunday she’rlar g‘oyat katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Shoir majoziy obrazlardan mohirona foydalanib, har bir tinish belgisining o‘ziga so‘z beradi, ular o‘z vazifalarini g‘oyat aniq ta’riflashadi. Ayni chog‘da tinish belgilari o‘zlarini o‘rinli ishlata olmagan o‘quvchilardan o‘pkalab ham oladilar. Bu esa shoirning yengil yumor bilan sug‘orilgan qochirimi edi. She’rning yutug`i shundaki, asarda tinish belgilari o‘z vazifasini bayon qila turib, shu qoidaning isbotini ham namoyon qila olgan:
O‘rtoq rais, endi menga navbat bering,
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish