6- amaliy mashgʻulot. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari



Download 191,67 Kb.
bet2/18
Sana28.05.2022
Hajmi191,67 Kb.
#613320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
6-амалий

Darsning maqsadi – o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirish va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni – uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jaraqnida manbaa, xulosa va hikoyalardan foydalaniladi.
Dars – o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadi va tugal mazmundan iborat. SHu maqsad va mazmun o’quvchilarning qsh xususiyatlariga mos belgilanganligi, metod va tuzilishi bo’lgan, qat’iy dars jadvaliga muvofiq, o’qituvchi rahbarligi ostida, sinf o’quvchilarining hammasi bilan qki har biri bilan individual ravishda o’tkaziladigan ilmiy muloqotning tashkiliy formasiga aytiladi.
Dars pedagogik protsessning asosiy ko’rinishi. Dars aniq maqsad tugal mazmuniga ega bo’lishi bilan birga, o’zidan oldingi va keyingi darslar bilan uzviy ravishda bog’langan bo’lishi shart.
Dars turlari - darsning maqsadi, mazmuni va o’quvchilarning qsh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning nimaligini yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darslarni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularning tuzilishi bilan tanishamiz.


Ular quyidagilarga asosan turlarga ajratiladi:
1. Darslarni asosiy maqsadi va mazmuniga qarab turlarga bo’lish;
2. Darslarni o’qitish protsessining analiziga qarab turlarga bo’lish;
3. Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Darslarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi. Darsning maqsadi esa, ana shu mazmunni bildirishdan va bildirilgan narsamizga asoslanib, o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat. Bir darsning maqsadi dastur materiallaridan o’tish bo’lsa, boshqa bir darsning maqsadi xuddi shu o’tilgan materiallarni qaytarishdan? yana birining maqsadi esa, o’quvchilarning uni qanday o’zlashtirganliklarini aniqlashdan iborat bo’lishi mumkin.
Tajribadan bizga ma’lumki, darsning maqsadi bilan mazmuni o’rtasida ma’lum bog’lanish bo’lib, asosan ular darsning usulini va tuzilishini belgilaydi. SHuning uchun darsni turlarga ajratganda, saralaganda darsning maqsadi va mazmunini asos qilib olish eng to’g’ri yo’ldir. har bir dars turiga qarab o’ziga xos tuzilishga ega bo’ladi.
Darslarni saralash, dars tuzilishini bilishimizga, o’rganishimizga qrdam beradi. SHunday ekan, darsning tuzilishini o’rganish uchun darslarni asosiy 3 turga ajratsak bo’ladi:
1. Yangi mavzuni o’tish darsi;
2. o’tilgan mavzuni qaytarish, mashq o’tkazish darsi;
3. o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish va ularga baho berish darsi.
1. Bu dars turlarining birinchisida, ya’ni yangi mavzuni o’tish darsida faqatgina yangi mavzu o’tilar ekan, bunday darsda ilgari o’tilgan mavzuni qaytarish, mashq qildirish qki o’quvchilar bilimini tekshirish kabi ishlarni qilish mumkin emas, deb o’ylash noto’g’ri.
Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’rganishdan boshqa ishlarni ham qilish mumkin. Lekin bu ishlar o’sha darsning asosiy o’rnini egallamasligi, bu darsning bosh maqsadi bo’lgan yangi mavzuni o’rganishni qulaylashtiradigan qrdamchi vosita bo’lib xizmat qilishi lozim.
Bunda faqat o’tiladigan mavzuni emas, balki amaliy suratda (laboratoriya ishlari, tajriba uchastkalari va boshqa amaliy joylarda) o’rgatiladigan, bildiriladigan bilimlar majmuasini o’tishni ko’zda tutadi. Mavzu maqsadiga ko’ra olingan nazariy bilim, amaliqt jaraqnida ko’nikma, malakaga aylantiriladi. o’quvchilarning bu bilish kategoriyalarini aniqlash va takomillashtirish uchun tajriba uchastkalarida, ishlab chiqarish korxonalarida, bilim maskanlarida, laboratoriya xonalarida amalga oshiriladi.
o’quvchilarga biron nazariy mavzuning amaliqtga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini ko’rsatamiz. So’ng bu ishni qanday bajarishni o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin-asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. SHunday qilib, oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
2. o’tilgan mavzuni qaytarish, mashq qildirish darsi.
Bu dars o’tilgan mavzuni qaytarish va mashq qildirish darslari o’qitilgan bilimlarnigina takrorlashdan, ular ustida mashq o’tkazishdangina iborat bo’lmay, o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan mashqlar o’tkazishdan ham iborat bo’lmog’i lozim.
3. o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish va ularga baho berish darsi.
Bunday dars turida o’quvchilarning nazariy bilimlarini qanchalik o’zlashtirganligi va uni qay darajada amaliqtda qo’llay olish malakasi tekshiriladi va baholanadi, o’quvchilarni olgan bilimlarini amalda qo’llay olish darajasinigina emas. Balki biz ularni inson sifatida qanday tarbiyalanaqtganligi, ularda inson fazilatlari qay darajada shakllanib boraqtganligini ham e’tibordan xoli qoldirmasligimiz kerak. o’quvchi aqliy va axloqiy bilimlarni puxta egallab, uni haqtga tadbiq eta bilmasa, bu egallagan bilimlari ularni amaliy jihatdan ma’naviy boyitsa, o’sha holatdagina biz “Barkamol avlodni tarbiyalash” dek bosh maqsadimizga erishib boramiz.
Yuqoridagi uch asosiy turdan boshqacha bo’lgan yana bir xil qo’shma darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olganda, o’quvchilarning o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shma darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’shma darslarning maqsadiga to’laroq javob bera oladigan tashkil etadi, qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa, shu asosiy ishga qrdamchilik vazifasini bajaradi.







Download 191,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish