Keys bo’yicha savol va vazifalar:
1. O’qituvchi o’zining qaror va harakatlarida o’quvchining qanday psixo-logik va shaxsiy xususiyatlariga asoslangan?
2. Pedagog bundan keyin qanday harakat qilishi zarur?
2-Topshiriq: Keysni bajaring: O’zini-o’zi baholash vaziyatlari
1-vaziyat (o’zining qilgan qilig’idan vijdon azobi).
Onasi qizi Anoraga: “Bugun vaqtliroq kelishga harakat qilgin. Yangi ko’chib kelgan yon qo’shnimiz bizni bir piyola choyga taklif etdi, chiqib tanishamiz”, – dedi.
— Xayr, onajon. Soat oltida kelaman, – deb Anora tezda ko’chaga chiqib ketdi.
Keyinchalik Anora buni eslab, shunday deydi:
– Uyga qaytayotgan vaqtda, SHirin bilan avtobus o’rindig’iga o’tirib maktabda bo’lgan voqealar haqida gaplashdik. Bir bekatdan qariya ayol chiqdi va bizning oldimizga turib oldi. Uning qo’lida ikkita to’la sumka bor edi.
— Qizlar, sumkali ayolga joy bersangiz bo’lar edi — deb kimdir gapirayotganini eshitdim.
— Ana bo’lmasa! — tezda javob qaytardik biz.
— Ha, hozirgi yoshlarda.....
— Ana, boshlandi...
Biz SHirin bilan gapga shunchalar berilib ketibmiz-ki.... Keyin avtobus yo’lovchi-larining bir qanchasi qo’pol ohangda gapirgan holda, birin-ketin bizni «tarbiyalay» boshladilar. Bu jarayonda biz ham «qarzdor» bo’lib qolganimiz yo’q.
Kechqurun soat sakkizda kiyinib, biz onam va otam bilan birgalikda yangi qo’shnimiz eshigini taqillatik.
— Marhamat, kelinglar, — uy egasi shunday deb eshikni ochdi. Oyoqlarim yerga qadalib qoldi. — Ostonada avtobusdagi o’sha ayol turar, stol usti esa ikkita og’ir sumkada keltirilgan oziq-ovqat va masalliqlar bilan to’la edi...
Do'stlaringiz bilan baham: |