Toshkent Moliya Instituti “Byudjet hisobi va g`aznachilik” fakulteti ILXKM-80 guruhi talabasi Muxtarova Madinabonu Fan:Pul va banklar Mavzu: Kapitalbank masofaviy xizmatlari Kapitalbank ATB ning masofaviy bank ya`ni online banking xizmatlari yo`lga qo`yilgan bo`lib, ular bir necha kategoriyalarga bo`lingan. Quyida ularni turlarga ajratamiz:
Elektron tijorat;
SMS-Axborot;
Info service;
“Mobile24” mobil banki;
IBK (Internet-banking”Bank24”).
Elektron tijorat.E- commerce yoki "elektron tijorat" Internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotish vositasidir. Xaridor kredit kartasidan mahsulot uchun to'g'ridan-to'g'ri saytingizda yoki boshqa har qanday onlayn platformada, masalan, ilovada to'lovni amalga oshiradi.
"Kapitalbank"ning e-commerceiga ulaganingizda, mijozlaringiz Humo, UzCard va VISA bank kartalari yordamida to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
E-commerceni bank bo'limlarida yoki telegramdagi @Kapitalbank_support qo'llab-quvvatlovchi chatida ariza qoldirish orqali bepul ulanish mumkin.
“Mobile24” mobil banki. Bank mijozlari – yuridik shaxslar uchun moʻljallangan, Android (4.0 versiyasidan past boʻlmagan) va iOS (9.0 versiyasidan past boʻlmagan) platformalarida ishlovchi «Mobile24» mobil ilovasi.
«Mobile24» mobil ilovasi imkoniyatlari:
Oʻz hisob raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib borish;
Har qanday kun uchun kiruvchi / chiquvchi hujjatlarni koʻrib borish;
Bugungi kun yoki kelgusi kun uchun bir hafta oldin bankka toʻlov topshiriqnomalarini joʻnatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotnomalarini koʻrib borish (MFO, Toʻlov tayinlanishi kodlari va boshqalar);
Har qanday mezonlar boʻyicha maʼlumotnomalarda qidiruv;
Hisobotlarni olish;
Debet va / yoki kredit operatsiyalari holatida Online-xabarnoma.
Internet-banking«BANK24». «BANK24» internet-banking -bu Sizga bankdagi ҳisobvarag’ingizni Internet orqali boshqarish imkonini beruvchi xizmat. Internet-banking texnologiyasi bo’yicha to’laqonli ishlash uchun Internetga ulangan va MicrosoftInternetExplorer brauzeri bo’lgan kompyuterga ega bo’lsangiz bas.
Yuridik shaxslar uchun IBK tizimi imkoniyatlari:
• Hisob holatini boshqarish va nazorat qilish;
• To‘lov hujjatlarini kiritish;
• Xavfsizlikning USB kalitdagi SSL va ERI (Elektron raqamli imzo) protokollari orqali ta’minlanishi;
• To‘lov hujjatlari shablonlarini yaratish;
• Bankning avtomatlashtirilgan bank tizimida (ABT) barcha hujjatlar holati bilan tanishish;
• Tizimga to‘lov hujjatlari to‘plamini kiritish imkoniyati va hokazo…
Sayt orqali so`rovlar bo`yicha statistikasi: