Mehnatni tashkil etish - nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishe.ning iqtisodiy vazifa-l ar i ga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurelardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariyagigiyena va ruhiyfiziologik vazifalariga ishchixodimlar so-gʻligʻini muhofaza etish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamol to-pishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkil etish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni taʼminlash kiradi.
Dastlab, amerikalik muhandis va olim F.U.Teylor (1856-1915) mehnatni "ilmiy boshqarish" muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan va oʻz konsepsiyasining asosiy qoidalari va tamoyillarini "Fabrikani boshqarish" (1919) va "Korxonani ilmiy bo-shqarish asoslari" (1911) deb nomlangan asarlarida bayon qilgan. Keyinchalik amerikalik F. K. Gilbert (1868— 1924), X. Emerson (1853-1931), Genri Ford (1863—1947) ham mazkur mu-ammo yechimiga oʻz hissalarini qoʻshishgan.
Mehnatni tashkil etishe. — mehnat munosabatlarini tashkil etish hamda mehnatning ashyoviy unsurlarini tashkil etishga ajratiladi. Bu darajalarning har biri mehnat taqsimoti va unga mos keladigan mehnat kooperatsiyam kabi tushunchalar bilan bogʻliq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Mehnatni tashkil etishe. quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: shaxs ni kamol toptirish (har bir insonda individual sifat koʻrsatkichlari rivojlanishini taʼminlash); xavfsizlik (ishchi oʻz ish joyida, sogʻligʻiga, daromadiga, ish bilan taʼminlanishiga kafolat beruvchi xavfeizlikka ishonch hosil qilishi); ad o lat (korxona mehnat natijalarida har bir ishchining manfaatlari ifodalanishi). Mehnat, dastlab, ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligiga, ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligiga qarab inson imkoniyatlari hamda kasbiy tayyorgarligiga binoan tashkil etishni talab qiladi. Mehnat sharo-itlarini tashkil etish — dam olish va mehnat rejimi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi tadbirlar bilan aloqador. Mehnatni tashkil etishe. tizimida kadrlarni kasb talablarga asosan tanlash, shaxsiy sifatlarini inobatga olish, kadrlarni tay-yorlash, joy-joyiga qoʻyish, malakasini oshirish kabi masalalar hal etiladi.
Ayniqsa, mehnatning ijtimoiyiqtisodiy ragʻbatlari, xodimlarning jamoa boshqaruvida ishtirok etishini taʼminlash muhim ahamiyatga ega; ish oʻrnini jihozlash — barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalarni optimal joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.
Mehnatni tashkil etishe.ning muhim yoʻnalishi — intizomdir. Kishilarning qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidagi mehnati, harakati va intilishlarining birlashuvi, ish joyiga oʻz vaqtida kelishi va ketishi bilan birga belgilangan texnologiyaga rioya qilishi, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini taʼminlash, mehnat unumdorligini oshirishga intilish institutizom talablariga kiradi. Mehnat institutizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona jamoaga birlashtiradi. Mehnatni tashkil etishe.ning eng ilgʻor usullarini qoʻllash va mehnatni toʻgʻri tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi, korxonlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud bo‘lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi.
Turizm industriyasi ishlab chiqadigan turistik mahsulot, xizmatlar va tovarlarning tarkibi ancha katta va rang-barang majmuani o‘z ichiga qamrab oladi. Bu mahsulotdan kishilar sayohat qilishda, shuningdek, turizm doirasida dam olish, xordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda turistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismiga kiruvchi transport xizmatlari jami xizmatlarning 27 % ini tashkil qiladi. Yo‘lovchilarni, shu jumladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jo‘g‘rofiy o‘rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni-tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni amalga oshiradi.
Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish, turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui, deb ta’riflanadi
Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash transport xizmatlari ko‘rsatishning eng muhim masalasi bo‘lib, u harakatlanadigan tarkibdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni, transport vositalarining harakatini ta’minlovchi turli xizmatlar professional tarzda va uyushqoqlik bilan ishlashini, yo‘lovchilar ham xulq-atvor qoidalariga rioya qilishini, ekologik toza transport turlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Reklama- axborat faoliyat yunalishiga ta’sir etuvchi turizm xususiyati bo‘lib, bitta tarmoq doirasida barcha yoki ko‘pchilik moddiy- texnika bazasini birlashtirish imkoniyatini istisno qiladigan uning texnik- iqtisodiy kursatkichlari bo‘ladi. Turizm boshqa tarmoqlarning tovar va xizmatlarini o‘tkazish bozori kabi , reklama- axborat faoliyatini turli xil bozorlarga va turistik mahsulotini ishlab chiqaruvchi- vositachilar bilan faol ishlashga undaydi, demak turistik firmaning tijorat qobiliyati ko‘pincha uning reklama faoliyatining sifati va hajmi bilan belgilanadi.
Iqtisodiy faoliyat turi sifatida turizm o‘z xususiyatlariga ega. Asosiy xususiyat shundan iboratki, turistik korxona ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, turistik mahsulot hisoblanadi va u boshqa mahsulotlardan farqli jixatlari bilan ajralib turadi. Avvalo turistik mahsulot nomoddiydir, uni tahlilga imkoni bo‘lmaydi va mulk sifatida olib bo‘lmaydi. Turistik mahsuloti qattiqligi bilan va zaxiralarni yaratish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Agarda xatto talabni dasturlashtirish imkoni bo‘lsada, bari-bir mahsulotning o‘zini iste’mol bilan bir vaqtda ishlab chiqarish mumkin. Turistik korxona bir o‘zi o‘z vazifalarini uddalay olmaydi. Ular bozor extiyojlarini qondiradigan ixtisoslashgan vositachilik firmalariga murojaat qilishga majbur bo‘lishadilar va mumkin bo‘lgan mijozlar bilan yaqin aloqalar tufayli daromadlilikni ta’minlaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. QONUN VA HUJJATLAR.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., «O‘zbekiston», 2003.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1995 yil 2 iyundagi «Buyuk ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora tadbirlari to‘g‘risidagi 1162-sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 15 apreldagi «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risidagi 2286-sonli Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |