O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS / TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Ziyodullayeva Umida
Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy hususiyatlari. 5A610301 –Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha )
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
Ilmiy rahba . i.f.n, A.CH. Abdiyev.
Qarshi-2022. Mundarija Kirish 1.Bob. Turizm va turistik korxona( ferma)larda mehnatni tashkil etish va boshqarish asoslari.
Turizm va turistik korxonalar (turferma) haqida tushuncha .
1.2. Turistik korxona va tashkilotlar tizimida mexnatni boshqarishnin
o‘ziga xos xususiyatlari.
1.3. Turistik korxonalarda mexnatni tashkil etish va boshqarishning . . . zarurligi.
11.Bob.Turizmda joylashtirish, gastronomiya va transport korxonalari xizmatini tashkil etish va boshqarish.
2.1. Turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish..
2.2. Gastronomiya turizmida mexnatini tashkil etishni rivojlantirish.
2.3. Turizm sohasida transport xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.
111.Ьob. Turistik korxonalarda reklama va xodimlar mexnatini boshqarish.
3.1. Turistik korxonalarni tashkil etish va boshqarishda reklamaning o‘rni.
3.2. Turistik korxonalarda xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish
3.3. Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy hamkorlik munosabatlari
Xulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, dynë mamlakatlarining kÿpchiligi turizm soxasini rivojlantirish orkali ÿz milliy iktisoddatini tarakkiy ettirmokda. X,ozirgi kunda, turizm dutyo bÿyicha eng kÿp daromad keltiradigan soxalardan biriga aylangan bÿlib, avtomobilsozlik va neftni kayta ishlash sanoatidan keyingi ÿrinda turadi. Bundan tashkari, turizm mamlakatlar va millatlar ÿrtasidagi ÿzaro ijtimoiy-iktisodiy va madaniy munosabatlarni yanada barkarorlashtirishning eng myxim xal kiluvchi omillaridan biri xisoblanadi. Mamlakatimizning turizm soxasida yetarlicha darajada va xar kanday korijiy mamlakatlardan kolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi bu borada ^plab muvaffakiyatlarga erishishimizni ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi
Dunyo yalpi ichki mahsuloti (YAIM)ning 10 foizi, umumiy eksport hajmining 7 foizi turizm hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bugungi kunda turizm industriyasi dinamik ravishda rivojlanayotgan xizmatlar xalqaro savdosi turi bo‘lib kelmoqda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, xalqaro turizmning rivojlanishi bundan keyin ham davom etadi. Turli hisoblarga tayangan holda 2022-yilda turizm sohasi yirik eksport sohasiga aylanishi kutilmoqda.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra xalqaro turizm rivojlanishi asosida quyidagi omillar yotadi: - iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyot;
- transport vositalarining rivojlanishi;
- rivojlangan davlatlarda ishchi va xizmatchilar sonining ko‘payishi va ular moddiy va madaniy saviyasining o‘sishi;
- mehnat intensifikatsiyasi va mehnatkashlar ta’tilining uzayishi;
- davlatlararo munosabatlar va madaniy aloqalar rivojlanishi shaxslararo aloqalarning mintaqa va mintaqalararo kengayishi;
- xizmatlar sohasining rivojlanishi;
- texnologiya rivojlanishi - chegara to‘siqlari, valyuta almashuvi va chetga chiqarish to‘siqlarining kamayishi, qog‘ozbozlikning qisqarishi.
Turizmning ahamiyati doimiy ravishda o‘sib kelmoqda. Bu turizmning iqtisodiyotga bo‘lgan bevosita ta’siri natijasidir.
Turizm iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda: 1. Valyuta manbai, bandlikni ta’minlash vositasi va to‘lov balansi muammosini yechishda xizmat qilmoqda.
2. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichi ko‘tarilmoqda;
3. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi hamda turizmga xizmat ko‘rsatuvchi yangi sohalar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
4. Turizm sohasida bandlik o‘sishi bilan, aholi daromadlari va millatning boyligi ortmoqda.
Bugungi kunga kelib turizm rivojlanayotgan sohaga aylandi. Turistik faoliyatning hamma sohalar, davlat tarmoqlari saviyasi ham, turbiznes paydo bo‘lishi, yangicha ishlash taklifining kengayishi va maxsuslashuvni chuqurlashtirish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. O‘zbekistonda turistik oqimlar turli viloyatlarda turlicha shakllanmoqda. Asosan xorijiy va mahalliy turistlar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarga yo‘nalmoqda.
Milliy iqtisodiyotning o‘sishi dunyo bozoriga bog‘liq bo‘lmoqda. Turizm, davlatlarni o‘zaro yaqinlashtiribgina qolmay, balki xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Shuning uchun, xalqaro turizmni to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish zarurati sezilmoqda.
Hozirgi vaqtda turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarish jarayonlarning o‘sishi va shuning asosida zamonaviylik muhitini vujudga kelishidagi rivojlanishi shu kunning talabi sifatida qaralmoqda .
Mavzuning dolzarligini anglagan holda va yuqoridagi fikr, mulohazalardan kelib chiqib tadqiqotni amaliyotga joriy etishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.