13-Mavzu: Xalqaro turizmning kelib chiqishi va uning rivojlanishi.
Reja:
Xalqaro turizm va uni keltirib chiqargan omillar.
Yevropa Xalqaro turizmni oqimini tashkilotchisi sifatida.
Xalqaro turizm — turistlarning bir davlatdan ikkinchi yoki bir necha davlatga borib kelishini ifodalaydi, ayrim davlatlarda faqat turistlarning kelishi hisoblansa, boshqalari kelgan va ketayotgan rezidentlarni ham qo’shib hisoblaydi. Jahon turizmi tashkilotining davlatlarga tavsiya qilgan turizm turlari uchga bo’linadi: xalqaro turist-, milliy turistlar; mahalliy turistlar.
Davlatga kiruvchi va chiquvchi turistlarga ko’ra Turistlar guruhlari: xalqaro, milliy, mahalliy. Butunjahon Turizm Tashkilotining ko’rsatmasiga ko’ra quyidagi turist guruhlari davlat miqyosida hisoblanishi va ularning harakati belgilanishi mumkin:
«Ichki turizm» — davlat ichida harakatda bo’lib, turizm firmalari tomonidan xizmat ko’rsatiladi, mahalliy turi va boshqa davlatlardan qabul qilingan turistlar soni bilan ifodalanadi;
«Milliy turistlar» — davlat fuqarosi bo’lib, davlat ichida va davlatdan tashqarida harakat qilgan turistlar soni bilan o’lchanadi;
«Xalqaro turistlar» — davlat chegarasini kesib o’tgan turistlar soni bilan o’lchanadi.
Xalqaro turistlar davlat uchun daromad keltiradigan turistlar hisoblanadi. Turistlar bir davlatdan ikkinchi davlatga borish soni bilan o’lchanib, rezidentlar davlat ichidagi sayohatchilar bilan farq qilinadi. Xalqaro turizm qancha yaxshi rivojlansa shunchalik davlatga ko’proq valyuta tushumi bo’ladi.
Hozirgi kunda Tranzit turistlar guruhi ham farqlanadi. Tranzit turistlar: bir kungacha kelib qaytib boshqa tarafga ketgan turistlar. Qisqa — 24 soat vaqt ichida to’xtab o’z ishlarini bitirib, kelgan davlatiga qaytib ketadigan turistlar ham tranzit turistlar. Ular dengiz kruizida yuruvchilar, ekipaj a’zolari, birorta boshqa davlat orqali uchib ketadigan turistlar.
Xalqaro turistlar — jaon turistik jamiyatining tavsiyasiga ko’ra xalqaro turistlar soni boshqa davlatlardan kelgan turistlarga boshqa davlatlarga borgan o’z rezident turistlarni qo’shish bilan aniqlash lozim. Lekin ko’pchilik davlatlarda boshqa davlatlardan kelgan turistlar soni bilangina aniqlashadi. Bu albatta to’g’ri, chunki daromad keltirgan turistlar boshqa davlatlardan kelgan turistlar hisoblanadi.
Hozirgi jamiyatda turizmning rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar xizmat qildi. Ommaviy turizm 20 -asrning birinchi yarmida rivojlanishda davom etdi. Jorj Vestingxaus ishchilarga haq to'lanadigan ta'til berish umuman mehnat unumdorligi uchun foydali bo'lishiga ishongan holda, ishdan pullik ta'til berish g'oyasini kiritdi. Bu ma'lum mamlakatlardagi ishchi va o'rta sinflarga sayohat orzularini amalga oshirish uchun vaqt va pul berdi - shuning uchun turizmga talab oshdi.
Iqtisodiy faoliyatning bir turi sifatida xalqaro turizm nisbatan yaqinda paydo bo'ldi: asosan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida. Bunga yoqilg'i-moylash materiallari narxlarining pasayishi, shu asosda nisbatan arzon havo transportining paydo bo'lishi, aholining urbanizatsiya tendentsiyasi, sonning pasayishi kabi juda ko'p sonli omillar yordam berdi. Bu davrda yuz bergan sanoat inqilobi, transportlarning takomillashuvi, zamonaviy somolyotlarning yaratilishi uzoq masofaga bo’lgan sayohatlarga keng imkoniyat yaratdi va xalqaro turizmning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Demak, xalqaro turizmning rivojlanishiga asosiy sabab bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillardan eng birinchisi Yevropa mamlakatlarida ish vaqtining qisqarishi bo‘ldi — masalan, Germaniyada XX asrning oxirgi 15 yilida insonlarning ish vaqtlarining o‘rtacha yillik ish soatlari 27 foizga qisqardi, puli to‘lanadigan ta’tilning davomiyligi so‘nggi 50 yil ichida 2,5 barobar ortdi, biroq, shuning bilan birgalikda ishning intensivligi ham ortib bordi. Bularning barchasi odamlarda bo‘sh vaqt miqdorining ortishi va ishdagi zo‘riqishlarning o'sishiga olib keldi. Ma’lumki, insonda bo‘sh vaqt va yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘lar bo‘lgandagina turistik sayohatga chiqishga imkoniyat paydo bo‘ladi. Yuqorida eslatib o‘tilgan ushbu holat rivojlangan mamlakatlar aholisi orasida turizmning ommalashib borishiga yetarlicha sharoitlar yaratib bera boshladi.
Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar va ulardagi imkoniyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi turizmning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim omillardan biri bo‘lib qoldi. Masalan, havo transporti takomillashdi, chiptalar (yo‘l kiralar) arzonlashdi, o‘rta tabaqa vakillarida avtomobil sotib olish qudrati paydo bo‘ldi. Avtomobil turizmning yuksalishiga eng ko‘p hissa qo‘shgan transport vositasi bo‘lib qoldi, chunki, o‘z shaxsiy avtomashinasiga ega bo‘lgan kishilarda o‘z oilalari, do‘stlar bilan yoki yakka o‘zlari hech qanday turagentlik yordamisiz yaqin uzoq masofalarga sayohat qilish imkoniyati tug‘ildi. 0 ‘z mashinasida sayohat qilayotgan kishilar sayohat marshruti va davomiyligini o‘z ixtiyorlari bilan xohlagan vaqtda o‘zgartira olishadi, yirik guruhlarda amalga oshiriluvchi turlarda esa, qat’iy grafikka va marshrutga rioya qilish, ko‘pchilikning istagiga bo‘ysunish lozim bo‘ladi.
II Jahon urushidan so‘ng, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida jamiyatning ma’naviy-ruhiy qadriyatlarida kuchli siljishlar yuz berdi. Ijtimoiy ongdagi bu o‘zgarish jarayonini V. Frayder «ish vaqti jamiyatidan bo‘sh vaqt jamiyatiga o‘tish» deb nomladi. Urushdan so‘ng bo‘sh vaqt konsepsiyasining rivojlanishi uch bosqichni boshdan kechirdi: 1950-yillarda bo'sh vaqtga mehnat unumdorligini davom ettirish maqsadida jismoniy va aqliy kuchlarni qayta tiklash vositasi sifatida qarash ustun edi; I960— 1970-yillarda bo‘sh vaqtdan jamiyat farovonligini oshiruvchi moddiy ne’matlami iste’mol etish uchun foydalana boshlandi (ko‘chmas mulk, uzoq muddatli foydalanish tovarlarini, hashamat ashyolarini xarid etish va boshqalar); 1980-yillardan keyin bo‘sh vaqtning detallashuvi tendensiyasi ustun bo‘la boshladi: asosiy maqsad moddiy ne’matlami iste’mol etilishining o‘zidan emas, balki, hayotdan lazzatlanishdan, ma’naviy dam olishdan iborat bo‘ldi. Bo‘sh vaqt psixologiyasining bunday rivojlanishi tufayli jamiyat ehtiyojlari tuzilmasida turizmning o‘rni — ahamiyati o‘zgarib ketdi. Turizm bir vaqtlar faqatgina tanlangan tabaqadagilarning imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, endi u aksariyat ko‘pchilikning asosiy imkoniyatlariga aylandi. Masalan, 1950-yilda Germaniya aholisining faqat 1 foizigina chet elda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Hozir Germaniyaning 60 foiz aholisi chet ellarda dam oladi. Intellektual va madaniy turistik ehtiyojlar ham o‘zgardi: oddiy ehtiyojlardan yanada yuksakroq ehtiyojlarga o‘tildi; ish kuchini qayta tiklash vositasidan insonning o‘z shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va intellektual talablarga javob berish usuliga o‘tildi.
Xalqaro turizmning ko‘pgina konvensiyalar, xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinishi ham bu boradagi yuksalishlarga sabab bo’ladi. Masalan Dastlab turizm rivojlanishiga asos bo‘lgan, dam olish va bo‘sh vaqtning asosiy huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi bitimga erishildi. 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan inson huquqlari Umumjahon Dekleratsiyasining 24-moddasida shunday deyiladi: «Har bir inson ish vaqtini oqilona chegaralanishi va har yilga pullik ta’tilni olishi, dam olishi va bo‘sh vaqt huquqiga egadir». 1966-yil BMT Bosh Assambleyasi bu shiorni tasdiqladi va kengaytirdi. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paketga imzo chekkan davlatlar har bir insonning «dam olish, bo‘sh vaqt, ish vaqtini oqilona cheklash, davriy pullik ta’til hamda bayram kunlari uchun to‘lov» huquqini ta’minlash majburiyatini bo‘yniga olganlar.
Bu nizomlar turizm rivojlanishiga, xususan, xalqaro turizm rivojlanishiga turtki berdi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishi turistlik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda xalqaro turizm o‘z faoliyatini asosiy xalqaro kelishuvlarga binoan olib boradi:
Gaaga (1989-yil, Gaaga, Niderlandiya) bitimi;
Manila (1980-yil, Manila, Filippin) bitimi;
Turizm vazirliklarining Osaka konferensiyalari yo‘riqnomalari (1994-yil, Osaka, Yaponiya) va boshqalar shular jumlasidandir.
Yevropa Xalqaro turizmni oqimini tashkilotchisi sifatida.
Xalqaro turizm oqimining ilk bor tashkil etilgan mintaqasi Yevropadir. Manbalarda 1815 - yilda Frantsiya - Angliya o`rtasida maxsus turlar tashkil qilinganligi haqida ma’lumotlar keltirilganligi, 1830 - yilda jahonda birinchi tеmir yo`l Manchеster va Liverpul o`rtasida ishga tushib, u amalda sayohat uyushtirishning vaqt chеgaralarini o`zgartirib yuborganligi, 1832 - yilda Еvropa va Amerika qit'alari o`rtasida muntazam kеma qatnovi yo`lga qo`yilganligi, Tomas Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirib, 1851 - yili mamlakatning barcha burchagidan kеlgan inglizlarning Parijdagi ko`rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirib, 165 ming kishini olib kеlishga musharraf bo`lganligi, uning Angliyalik turistlarning 1865 - yilda Parijga Butunjahon ko`rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishi tashkilotchisi bo’lganligi, 1866 - yilda AQShga turistlarning dastlabki ikki guruhini jo`natganligi, 1872 - yilda birinchi bo`lib sanoat asosida jahon bo`ylab sayohat uyushtirishni taklif qilganligi, 1878 yilda Hindiston general-gubernatorining murojatiga binoan musulmonlar uchun turizmning yangi yo'nalishini - Makka ziyoratini ochishi Yevropa xalqaro turizm oqimini tashkil etib rivojlantirgan mintaqa ekanligini isbotlatdi.
Hozirgi vaqtda uning siyosiy xaritasida 40tadan ortiq davlatlar mavjud bo`lib, ulardan 27tasi Yevropa Ittifoqi tashkilotiga birlashgan. Yevropada dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qudratli davlatlari (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya Italiya va Rossiya Federatsiyasi) joylashgan.
Xorijiy Yevropa (MDH davlatlaridan tashqari) dunyo aholisining eng zich joylashgan mintaqalaridan biri. Uning hududida yer shari aholisining 8foizidan ortiq qismi yashaydi. Yevropaning dunyoda eng yirik, qadimiy shaharlari, ibodatxonalari, sport inshootlari, ko`ngilochar dam olish maskanlari, kurortlari, shifobaxsh mineral suvlari, dengiz playjlari, mehmonxonalar, restoranlar, zamonaviy transport kommunikatsiyalari(aeroportlar, dengiz, daryo portlari, temiryo`l, avtomabil vokzallari, yuqori sifatli avtomobil yo`llari, tezyurar poyezdlari va havo kemalari, yuqori sifatli okean va dengiz yo`lovchi kemalari ), rivojlangan bank va moliya tashkilotlari, xilma-xil servis xizmati ko`rsatuvchi korxonalari barchasi xalqaro turizmning rivojlanishiga juda kata imkoniyatlar tug`diradi.
Xalqaro turizmda mamlakatlar ichida Fransiya, Ispaniya, AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Xitoy mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Chet eldan mehmonlarni qabul qilish soni bo‘yicha yetakchilik bir necha yillardan buyon Fransiya tomonidan saqlab kelinmoqda. 2020-yilga qadar Fransiya dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan sayohatchilarning 10 foizidan ortiqrog‘ini o’ziga jalb etayotgan edi! Fransiya turistlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchilikka erishgan bo‘lsada, turizmdan daromad olishda yetakchilik AQSHga tegishliligicha qolmoqda. Hozirda AQSH dunyo bo'yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 10 %idan ortig‘ini oladi. Shuningdek, AQSH ichki turizmning o‘zidan har yili 300 milliard dollarga yaqin daromad olmoqda. So‘nggi yillarda COVID-2019 tarqalganiga qadar Xitoyga amalga oshiriluvchi turistik sayohatlarning miqdori yil sayin oshib borayotgan edi. Narxlarning arzonligi bilan jahon turizmiga kirib borayotgan Xitoy turizmdan olinayotgan daromadlar bo'yicha ham, turistlarni qabul qilish bo‘yicha ham dunyoning yetakchi besh mamlakati qatoriga kirib olgandi.
2005 yilda barcha hududlarda xalqaro turizm sohasida ijobiy siljishlar yuz berdi. Faqat SHimoliy va Janubiy Amerika bundan mustasno. Bu erda 11sentyabr voqealaridan so’ng, 2001—2002 yillarda 10 %, 2005 yilda esa 4 % pasayish yuz bergan. Yevropa turoperatorlari dunyoda o’zining etakchiligini davom ettirdi. Jahon bozorida ular 57 % ulushni qo’lga kiritib, 2 % o’sdi. Osiyo va Tinch okeani hududlari turoperatorlari 8 % ga, YAqin SHarq mamlakatlari 17 % o’sishga erishdiiar. Afrikada so’nggi yillardagi o’sish sur’ati 3 % saqlanib qoldi.
Xalqaro turizmdan 474 mlrd AQSH dollari yoki 501 mlrd evro dunyo turoperatorlari tomonidan qabul qilindi. 2005 yildan keyingi iqtisodiy tanglik va turistlarning kelishidagi kamayishga qaramay (2000 yildan keyin 20 % ga qisqargan) AQSH dunyoda o’z etakchiligini saqlab qoldi va 67 mlrd AQSH dollari hisobida foyda ko’rildi. Undan keyingi o’rinlarda Ispaniya, Frantsiya, Italiya kabi mamlakatlari bo’lib, ular 34 mlrd AQSH dollaridan 27 mlrd AQSH dollarigacha foyda ko’rdilar. SHuningdek, Gonkong (Syangan), Xitoy va Avstriya rekord natijalarni qo’lga kiritdilar, ularning foydalari 2002 yilga qaraganda ikki marta ortd.
So'nggi 20 yil ichida dunyoda xorijiy sayyohlarni tashkil etadigan sonining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 5,1% ni, valyuta ish haqi 14% tashkil etdi.
Bugungi kunda xalqaro turizmning asosiy turlari quydagicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |