5A610301 –Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha ) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahba


Bob.Turizmda joylashtirish, gastronomiya va transport korxonalari xizmatini tashkil etish va boshqarish



Download 1,04 Mb.
bet8/43
Sana09.06.2022
Hajmi1,04 Mb.
#647938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
dissertatsiya

11.Bob.Turizmda joylashtirish, gastronomiya va transport korxonalari xizmatini tashkil etish va boshqarish.
2.1. Turizm sohasida joylashtirish xizmatlarini tashkil etish va boshqarish.
Joylashtirish – turizm industriyasining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona xo‘jaligi insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo‘lgan, mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistik markaz va joylar mavjud.
Mehmondo‘stlik (mehmon qabul qilish) industriyasi - bu mintaqa yoki turistik markaz xo‘jaligining kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini guruhli va yakka joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, turistik qishloqlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalari tashkil etadi.
Mehmonlarni ro‘yxatga olish, ularning kelishi va ketishini boshqarish, mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‘rsatish mehmonxonaning ma’muriy qismida amalga oshiriladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishining murakkabligi turli-tuman ishlar nomenklaturasining kattaligida bo‘lib, bu ularni bajarish vaqtini kelishishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Mehmonlar oqimi har xil: keluvchilar, ketuvchilar, yashovchilar. Mehmonlarga xizmat ko‘rsatishda mehmonxona xodimlari ham, boshqa korxonalar (tashkilotlar, muassasalar)ning xodimlari ham ishtirok etadiki, bu ushbu xonalar guruhida samarali texnologiyalarni ta’minlashni og‘irlashtiradi.
Joylashtirish xizmati asosan quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:

  • mehmonlar ularning hujjatlariga ko‘ra qabul qilinadi. Ma’mur mehmon bilan yashash joyini (nomer toifasi, uning joylashgan o‘rni va sh.k.), ko‘rsatiladigan xizmatlarni, yashash muddatini kelishib oladi. Yashash uchun haq olinadi. Rasmiylashtirish yakunlanganidan keyin mehmonga nomer kartasi va kaliti beriladi.

  • mehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‘rsatish, yashash muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan boshqa nomerga o‘tkazish (zarur hollarda), yashash uchun haq olish, mijozning xohishiga qarab unga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

  • mehmonning jo‘nab ketishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun u bilan to‘liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), mijoz nomer va kalitni topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Yagona hisob-kitob soati (12 soat) tizimini joriy etish mehmonxona ma’muriyatiga mijozlar bilan texnik hisob-kitob qilish jarayonini soddalashtirish imkonini beradi. Mijozga kredit kartalaridan foydalanish imkonini berish yo‘li bilan mehmonxona uning erkinlik darajasini oshiradi.

So‘nggi yillarda to‘la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda, taklif qilinuvchi xizmatlar to‘plami qisqartirilgan ixtisoslashgan korxonalar paydo bo‘la boshladi. Korxonalarning ixtisosligi har xil bo‘lishi mumkin. Mehmonxonalar turistik bozorning muayyan segmenti vakillariga, masalan, o‘z mehnat ta’tilini golf o‘yiniga, chang‘i sportiga, otda sayr qilishga va h.k.ga bag‘ishlagan mijozlarga, kongresslar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va h.k.da qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Restoranlar, qoida tariqasida, milliy taomlar, nonushtalar, kechki ovqatlar tayyorlashga ixtisoslashadi. So‘nggi yillarda gamburgerlar va qovurilgan kartoshkaga (McDonald’s), pitssaga (Pizza Hut, Domino, Little Geasar), bifshtekslarga (Sizzler), dengiz mahsulotlariga (Red Lobster), sendvichlarga (Subway) ixtisoslashgan tez xizmat ko‘rsatish restoranlari butun jahonda ommaviylashdi. Bu nuqtai nazardan muayyan mavzuga, chunonchi: Yovvoyi G‘arb, rok-n-roll, futbol, samolyotlar, temir yo‘l va h.k.ga yo‘naltirilgan restoranlar ham alohida diqqatga sazovordir. Odatda ular taklif qiluvchi taomlar soni cheklangan bo‘ladi. Bunday restoranlarning vazifasi muayyan kayfiyat va muhitni tashkil etishdan iborat.
Mehmondo‘stlik korxonalari ixtisoslashuvining chuqurlashishi xalqaro tarmoqlarning tashkil topishi bilan ham bog‘liq. Bunday tarmoqlar xizmat ko‘rsatishning yuksak andozalarini ishlab chiqish va amalga joriy etishda katta rol o‘ynaydi.
Tarmoq deganda odatda jamoaviy biznes bilan shug‘ullanadigan va tarmoq rahbariyatining bevosita nazorat ostida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar guruhi tushuniladi. Tarmoq o‘z binolariga ega bo‘lishi yoki ularni ijaraga olishi mumkin. Tarmoq rahbariyati olingan daromadni taqsimlashda muayyan imtiyozlarga ega bo‘ladi, biroq, ayni vaqtda, har qanday (shu jumladan, moliyaviy) operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun javob beradi.
90-yillarning o‘rtalariga kelib butun jahon mehmonxona fondining 30% dan ko‘prog‘ini yirik mehmonxona birlashmalari va tarmoqlari o‘z nazorati ostiga oldi. Boshqa aksariyat tendensiyalar singari, mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishiga ham AQShda asos solindi. 90-yillarning boshiga kelib, AQSH mehmonxona tarmoqlari jahonda yetakchi mavqeni qo‘lga kiritdi. Ular jahonning o‘nta yetakchi mehmonxona tarmoqlari qatoridan Yevropaning Travelodge International va Master Hosts International tarmoqlarini siqib chiqardi. Hozirda bu o‘nlikda Yevropaning atigi ikkita mehmonxonalar tarmog‘i – Accor (Fransiya) va Forte PLC (Buyuk Britaniya) qolgan (2.1.1-jadval). . 2.1.1-jadval

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish