5A610301 –Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha ) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahba



Download 1,04 Mb.
bet4/43
Sana09.06.2022
Hajmi1,04 Mb.
#647938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
dissertatsiya

Ishning tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya ishi tarkibiy jihatdan kirish, 3ta bob,9 ta paragrif, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatini tashkil etgan.
Har bir bob bo‘yicha xulosa va takliflar, umumiy xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat .
Dissertatsiya ishi shuningdek, jadvallar,rasmlar, diagrammalar, shakllar, SWOT tahlillarini ham o‘z ichiga olgan.
1Bob.Turizm va turistik korxona( ferma)larda mehnatni tashkil etish va boshqarish asoslari.


1.1.Turizm va turistik korxona (turfirma)lar haqida tushuncha
Turizm sayoxatning xususiy xolati sifatida o'ziga xos aniq cheklanishlar, tavsifnomasi va ko'plab ta’riflarga ega. Sayoxatdan farqliroq turizm kategoriyasi ko'proq iqtisodiyot ta’siridadir va kelib chiqishi jixatdan ikki qirrali xisoblanadi. Turizm –bu aniq ommaviy sayoxat turidir va shu bilan birga sayoxatlarni amalga oshiradigan va tashkil etadigan soxadir. Turizmning umumiy ta’rifini keltirib, uni tashkil etuvchi elementlarning keng tavsifini beramiz.
Turizm – bu odamlarning bo'sh vaqtlarida o'z doimiy turar joylaridan boshqa mamlakat yoki uz mamlakatlari ichida ta’ssurot va dam olish, sog'likni tiklash, mexmondorchilik, bilim olish yoki kasbiy amaliy maksadlarida sayoxat qilishlari, lekin borgan joylarida pul bilan rag'batlantiriladigan ish bilan shug'ullanmaydilar.
Bundan tashqari turizmga turli davrlarda turlicha yondashilgandir. Bu borada bir qator tushunchalarni keltirish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Turizm so‘zining negizi hisoblangan «Tour» so‘zi lotincha «Tornare» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, doiraviy shakl ma’nosini anglatadi. Bu so‘z o‘z ma’nosini o‘zgartirmasdan boshqa g‘arb tillariga ham kirib kelgan. Masalan, fransuzchada «aylanish» ma’nosiga to‘g‘ri keluvchi «tourner» va «tour» so‘zlari hozirgi kunda ham ishlatilmoqda. Inglizchada esa turizm so‘zi, turist so‘zidan keyin 1811 yillarda yuzaga kelgan. Nemischada esa faqatgina «auslander» (ajnabiy yoki xorijiy) so‘zi ishlatilar edi. 1958 yilda nemis tilida alohida e’tiborga olinib turizmning ekvivalenti bo‘lmish «fremdenverkehr» yoki «tourismus», turist so‘zining ekvivalenti esa «turist» tarzida qo‘llanila boshlandi. Internatsional Vebster lug‘atida tur (tour) ning ma’nosi quyidagicha ifodalangan: ish, zavq olish o‘qish uchun qilinadigan sayohat va bu sayohatlar mobaynida turli xil joylarni ziyorat qilishdan va rejalashtirilgan sayohat dasturidan yuzaga keladigan jarayon tur deb ataladi. Sayohatchi ma’lum muddatdan so‘ng o‘z yurtiga qaytadi. Etimologik xatoga yo‘l qo‘ymaslik va bu hodisaning chegaralarini belgilash maqsadida turizm so‘zini aniq ta’riflashga xarakat qilingan, chunki: tadqiqot va tahlil qilishda; statistik ma’lumotlarni to‘plashda; qonuniy va ma’muriy normativ xujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek ular bilan ishlashda; turizmning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmni belgilashda muhim kasb etadi.
Olimlarning turizm sohasiga qiziqishlari XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yuzaga keldi. F.V.Ogilviyenning fikricha, ilk marotaba turizm ilmi haqida 1899 yilda Italiyada chop etiladigan «Giornale degli Economisti» gazetasida «Sul movimento forestieri in Italia» nomli maqola chop etildi. Bundan tashqari Kurt Kraf turizm xususidagi ilk tadqiqotni YE.Guyer - Feuler tomonidan 1895 yilda nashr qilingan «Beitraege zu einer Statistik des Fremdenverkehrs» bilan ro‘yobga chiqarilgani va shuningdek, 1883 yili o‘sha yozuvchining Syurixda nashr qilingan yana «Amteichter Bericht ubez das Schveizer Hotelvesen» nomli asariga taqriz bergani olimlarning turizmga qiziqishlarini tasdiqlaydi3.
Avstriyada ham turizmga nisbatan birinchi ilmiy qarashlar Graz shahrida 1884 yil 13-14 martda bo‘lib o‘tgan «Delegiertentages Zur Forderung des Fremdenverkehrs in den Osterreichischen Alpen Laendern» мажлисида тилга олинган. Бу мажлисга раислик қилган ёзувчи Жозеп Стаднер туризмни иқтисодий faoliyat sifatida ifodalagan.
XIX asrga kelib jamiyatda sanoatni rivojlanish jarayoni keskin tus oladi. Bu jarayonning foydasi bilan bir qatorda uning zararli tomonlari ham olimlar tomonidan aniqlangan. Insoniyat bu jarayonning xavfli va zararli ta’sirlaridan himoyalanish uchun tabiatga va atrof muhitga yangicha munosabatda bo‘la boshladi. Shu tariqa insonlardagi sayohatga ehtiyoj va istak, atrof muhitga bo‘lgan qiziqish va munosabatni yanada kuchaytirdi.
Jozep Stadner 1884 yilda turizmni iqtisodiy faoliyat sifatida ifodalagandan so‘ng, uning iqtisodiy tomoniga urg‘u berib, bu xususida ilk bor o‘z fikrini bildirgan olim Xerman Von Shullar hisoblanadi. Bu olim turzmga shunday ta’rif bergan: «Boshqa bir o‘lkadan, shahar va hududdan ajnabiylarning kelishi va vaqtincha istiqomat qilishlari natijasida yuzaga keladigan xarakatlarning barchasi bu - turizmdir».
Ilk marotaba Yevropalk olimlar turizmni iqtisodiy faoliyat ekanligini isbotlashga xarakat qilganlar.
1930 yillardan keyin Angliyadagi iqtisodchi olimlar turizmning iqtisodiy tomonlariga chuqurroq yondashishgan. Norval va Ogilviyelar turistlar tomonidan qilinadigan xarakatlarni savdo balansiga ta’siri ustida tadqiqotlar olib borishgan.
Bulardan tashqari, turizmni ayrim sohalarga mansub olimlar ham tariflaganlar. Bulardan eng mashxurlari Mathiot, Glucksmann va Krapf lardur. Bu olimlarning ta’riflaricha, iste’mol funksiyasiga vaqtincha istiqomat qilish, sayohat va tunash joylari ham kiradi. Olimlardan xususan Walter Hunzikerning turizmga bergan soddagina ta’rifi, bu sohaning ilmiy poydevori, deb hisoblangan «ajnabiylarning bir joyga qilgan sayohatlaridan tarkib topgan va davomli istiqomat qilish, pul ishlashni maqsad qilmasdan, vaqtincha tunab qolishlaridan yuzaga keladigan munosabatlar majmui - bu turizmdir». Ammo, olim bu ta’rifni ham unchalik to‘liq emasligini aytib o‘tgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan olimlarning ilmiy qarashlaridan kelib chiqib turizmni quyidagicha ta’riflashimiz mumkin:
Turizm, davomliy yashaydigan, ishlaydigan va muhim ehtiyojlarni qondiradigan joylardan tashqariga qilinadigan sayohatdir. Tunash vaqtinchalik zaruriy bir ehtiyojdir. Sayohatga chiqqan va tunab qolgan kishi, ma’lum bir vaqtdan so‘ng o‘zi yashaydigan joyga qaytadi.
Sayohatga chiqqan va vaqtincha tunaydigan kishilar asosan turizm korxonalari tomonidan taklif qilinadigan mahsulot va xizmatlarni talab qilishadi. Bu faoliyatlari mobaynida turli xil voqea hodisalar va munosabatlar yuzaga keladi.
Hozirgi kunda iste’molchilar hamma sohalar bo‘yicha tovar va xizmatlarni tanlash imkoniyatiga egadirlar. Buning ta’sirini turizm sohasida ҳam ko‘rish mumkin. Chunki iste’molchilarning talabi doimo o‘zgarib turadi; ular yangi ta’surotlarni qidirishadi, moda va kundalik hayotining o‘zgarishi esa ularning fikrlarini osongina o‘zgartiradi, shu bois iste’molchi qiziqishlarini, nimani afzal ko‘rishlarini va ularning munosabatlarini bilish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi.
Turistik mahsulotlarni iste’mol qilishning qiyinlashishi turizm tijoratiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki turizm talabida yangi segmentlar paydo bo‘la boshladi, shu jumladan turizmning ham yangi ko‘rinishi va shakllari tarkib topdi.
Yuqori darajadagi turistik xizmatlarga talab sur’atining pasayishi kuzatildi. Masalan, Germaniyada 1960-1980 yillar orasida turistik yo‘nalishlar soni 1,9 marta ko‘paydi, agar 1960 yilda turistik sayohatlarda aholining 27%ishtirok etgan bo‘lsa, 1980 yilda bu ko‘rsatkich 57,7%, 1987 yilda 64,6%ni tashkil etdi. Buni quyidagicha izohlash joiz, chunki turizmda nafaqat boylar, balki aholining umumiy qismi ham ishtirok eta boshladi. 1980 yillarga kelib o‘sish sur’ati pasaydi, biroq ishlab chiqarish xajmining yuqori darajadaligi bilan muvozanat saqlab qolindi.
Talabning tartibga solinishi bir tomondan turizm tijoratini ishonchliligiga kafolat bo‘lsa, ikkinchi tomondan firmalar uchun xizmatlar bozorida o‘z «ulushi»ni topish qiyinlashib bordi.
Yangi tashkil etilgan turistik firmalar uchun ayniqsa, murakkab sharoit yuzaga keldi. Chunki ular o‘z mahsulotlarini bozorda pozitsiyalashtirishlari kerak edi.
Jahon turizm industriyasidagi ixtisoslashuv va diversifikatsiya talablarining chuqurlashib borishi, kichik va o‘rta turistik firmalarni bir muncha qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Raqobatning tashkiliy turizm bozorida kuchayishini turoperatorlar sonini o‘sib borishi, chet el raqobatchi firmalarning bozorga chiqishi, turistik xizmatlar ko‘rinishidagi mahsulotlarni taklif qiluvchi boshqa subyektlarning ko‘payishi (masalan, Farbiy davlatlarda aviakompaniyalarning turizm bozoriga turoperator sifatida kirib kelishi) bilan izohlash mumkin.
Turizm obyekti uch komponentni o‘z ichiga oladi: turizm hududi, turizm tashkiloti va turizm korxonasi.
Turizm korxonalari hududini aniqlashda bir necha yondashuv mavjud:
BTT (VTO) dam olish maqsadi, o‘qitish jarayoni yoki sog‘lomlashtirishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan keng maxsus qurilmalar va xizmatlarga ega bo‘lgan hududga turizm hududi deb ta’rif beradi. Turizm hududi, bu safar maqsadi va turizm mahsuloti.
Xizmatlar zanjiri iste’molchining nuqtai nazaridan xizmatlarni alohida elementlarga ajratuvchi tahliliy quroldir.
Iste’molchi korxonaning turli xizmat elementlaridan foydalanganda ularni shu hududning xizmati va xizmat sifati deb baholaydi.
Turistik korxonalarni o‘rganib, quyidagi savollarga javob beramiz: korxonalarining maxsus shakli reklama markazidir. Xus- usiy turizm tashkilotlari ham o‘z faoliyatlarini uch ko‘rinishda amalga oshiradi, lekin ular nodavlat tashkilotlari tomonidan tuzilgan va boshqariladi. Ayrim hollarda bu tashkilotlar o‘z manfaatlarini yagona ittifoq doirasida birlashtiradi.
Mas’uliyat va majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha turli darajadagi turistik korxonalari orasida quyidagi funksiyalarni ko‘rsatish mumkin:
Туристик корхоналари туризм сиёсатини шакиллантиради, яъни улар туризм учун фойдали асос бўлувчи шу соҳа чегаравий шартларини яратиш ва қўл остидаги ҳудудлар ривожланишини рағбатлантириши керак. Туристик корхоналари ҳусусий ёки давлат бирлашмалари шаклида бўлиши мумкин. Улар ўз фаолиятларини уч даражада олиб борадилар: миллий (федерал), вилоят ва шаҳар (ҳокимият). Туристик
- taklif funksiyasi eng quyi pog‘onadagi turistik korxonalariga yuklangan, ular xizmatidan foydalanuvchilar bilan ishlashadi va mahsulotlarni yaxshi bilishadi;
- manfaatlar himoyasi funksiyasi har bir darajada bajarilishi lozim;
- marketing funksiyasi har bir korxonaning mashhurligi, ahamiyati, obro‘si va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bajariladi;
- yitakchilik timsolini yaratish va saqlashni har bir darajadagi Turistik korxonalari bajarishi lozim.
Eski tashkiliy tuzilma quyi bosqich mansabdorlari yuqori mansabdorlarga bo‘ysinishga asoslanib ishlab chiqilgan va siyosiy qarorlarni aks ettirgan. Yangi turistik korxonalar bozor munosabatlari nuqtai nazaridan ish tutmoqda. Shunday qilib, turistik korxonalar bozor munosabatlari sharoitida sotish mumkin bo‘lgan turxizmatlarni yaratuvchi boshqaruv organi va hususiy korxonalardan iborat.
Turizm korxonalari birlamchi va ikkilamchi xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga bo‘linadi.
Birinchi turga quyidagilar mansub:
- turoperatorlar va turvositachilar;
- maxsus xizmat transport korxonalari;
- mehmonxona tashkilotlari;
Ikkinchi turga quyidagilar kiradi:
- ovqatlanish korxonalari;
- umumiy foydalanish transport vositalari.
Turizm korxonalari turoperatorlar yalpi turmahsulotni o‘z nomidan, o‘z hisobidan taklif qiladi va tavakallikni o‘z bo‘yniga oladi. Yalpi so‘zi ikkita belgini ifoda etadi: safar majmuasi bir necha xizmat hamda umumiy narxda sotiladigan to‘plamdan iborat; safar andozali, tayyor va alohida mahsulot hisoblanadi.
Turizm korxonalarida turvositachi o‘lchamlari, hududiy faoliyat rejasining keng ko‘lamliligi va chuqur qamrab olinishi, iqtisodiy maqsadlarga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi turkorxonalarning ikkinchi guruhiga turistlarni tashishga ixtisoslashgan transport korxonalari kiradi. Istisnoli darajada turistlarni joylash-tirishdan oladigan daromadi hisobiga ish yuritadigan bilamchi xizmat ko‘rsatuvchi guruh tashkilotlariga mehmonxonalar kiradi.
Юқорида қайд этиб ўтилган корхоналардан ташқари бирламчи хизмат кўрсатиш ташкилотларига суғурта компаниялари, спорт анжомларини ижарага беручи, турмаҳсулотларни ишлаб чиқарувчилар ва бошқалар мансубдир.
Ikkilamchi xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faqat turistlarga emas, boshqalarga ham xizmat ko‘rsatadilar.
Barcha turizm korxonalari boshqaruvchi (boshqariluvchi) tizimga nisbatan sinflarga ajratish mumkin:
- boshqaruv obyektiga ko‘ra;
- boshqarish subyektiga ko‘ra;
- bog‘lovchi yo‘nalishga ko‘ra.
Turizm korxonalari rivojlanish belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: funksiya (vazifa); joylashish o‘rni; sifati; o‘lchamlari.
Turizm obyekti uch komponentni o‘z ichiga oladi: turizm hududi, turizm tashkiloti va turizm korxonasi.
Turizm hududini aniqlashda bir necha yondashuv mavjud, ular quyidagi savollarga beriladigan javoblarga bog‘liq: turizm safari uchun tanlangan hududni qanday aniqlash mumkin va turizm maqsadi sifatida qanday o‘lchamlarga ega bo‘lgan hudud bozor segmentlari tomonidan qabul qilinadi?
BTT (VTO) dam olish maqsadi, o‘qitish jarayoni yoki sog‘lomlashtirishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan keng maxsus qurilmalar va xizmatlarga ega bo‘lgan hududga turizm hududi deb ta’rif beradi. Turizm hududi, bu safar maqsadi va turizm mahsuloti.
“Turizm hududi” deb turist safar maqsadi uchun tanlagan jug‘rofiy hududni tushunishadi. Bunday hududda turist yyetib kelishi, joylashishi, ovqatlanishi va dam olishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoit muhayyo. Turizm hududi dam olish nuqtai nazaridan 4 ta parametrga ega: turar joy, joy, landshaft va ekskursiyalar.
Zamonaviy menejment hududiga ta’rif berishda hududni raqobatli birlik deb tasavvur qilish kerak va iste’molga yo‘naltirilgan fikrlashdan foydalanish lozim, butun hududning ishlab chiqarish apparati faqat iste’molchining talabiga mos xizmatlar majmuasini ishlab chiqishi va bu xizmatlar majmuasi xizmatlar maqsadi deb tasvirlanishi mumkin.
Xizmatlar zanjiri iste’molchining nuqtai nazaridan xizmatlarni alohida elementlarga ajratuvchi tahliliy quroldir.
Iste’molchi korxonaning turli xizmat elementlaridan foydalanganda ularni shu hududning xizmati va xizmat sifati deb baholaydi.
Hududning raqobatbardosh birlik sifatidagi strategik maqsadi hududning uzoq muddatli raqobatbardoshligini ta’minlashdir. Turizm faoliyat sohasi 4 ta blokdan iborat:
- kommunikatsiya va mahsulotni sotish;
- turistik anjumanlarni o‘tkazish;
- turizm inshootlarini foydalanishga topshirishga tayyorlash;
- turizm infratuzilmasini rejalashtirish.
Hududdagi turistlarga xizmat ko‘rsatish quyidagi tashkilotlar orasida taqsimlanadi:
- xokimiyatlar (shahar darajasida),
- mehmonxona majmualari va ovqatalnishni tashkil qiluvchilar vakillari;
- turoperatorlar va vositachilar;
transport tashkilotlari.
Turizm tashkilotlarini o‘rganib, quydagi savollarga javob beramiz:
1. Ular qanday masalalarni hal qiladi?
2. Turizm tashkilotlarining qanday turlari mavjud?
Turizm tashkilotlari turizm siyosatini shakillantiradi, ya’ni ular turizm uchun foydali asos bo‘luvchi shu soha chegaraviy shartlarini yaratish va qo‘l ostidagi hududlar rivojlanishini rag‘batlantirishi kerak. Turizm tashkilotlari hususiy yoki davlat birlashmalari shaklida bo‘lishi mumkin. Ular o‘z faoliyatlarini uch darajada olib boradilar: milliy (federal), viloyat va shahar (hokimiyat). Turizm tashkilotining maxsus shakli reklama markazidir. Davlat turizm tashkiloti uch darajadagi siyosiy tashkilotdir.
Hususiy turizm tashkilotlari ham o‘z faoliyatlarini uch ko‘rinishda amalga oshiradi, lekin ular nodavlat tashkilotlari tomonidan tuzilgan va boshqariladi. Ayrim hollarda bu tashkilotlar o‘z manfaatlarini yagona ittifoq doirasida birlashtiradi.
Mas’uliyat va majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha turli darajadagi turizm tashkilotlari orasida quyidagi funksiyalarni ko‘rsatish mumkin:
- taklif funksiyasi eng quyi pog‘onadagi tashkilotlarga yuklangan, ular xizmatidan foydalanuvchilar bilan ishlashadi va mahsulotlarni yaxshi bilishadi;
- manfaatlar himoyasi funksiyasi har bir darajada bajarilishi lozim;
- marketing funksiyasi har bir hududning mashhurligi, ahamiyati, obro‘si va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bajariladi;
- yyetakchilik timsolini yaratish va saqlashni har bir darajadagi tashkilotlar bajarishi lozim.
Eski tashkiliy tuzilma quyi bosqich mansabdorlari yuqori mansabdorlarga bo‘ysinishga asoslanib ishlab chiqilgan va siyosiy qarorlarni aks ettirgan. Yangi turistik tashkilotlar bozor munosabatlari nuqtai nazaridan ish tutmoqda. Shunday qilib, turistik tashkilotlar bozor munosabatlari sharoitida sotish mumkin bo‘lgan turxizmatlarni yaratuvchi boshqaruv organi va hususiy tashkilotlardan iborat.
Turizm korxonalari birlamchi va ikkilamchi xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga bo‘linadi.
Birinchi turga quyidagilar mansub:
- turoperatorlar va turvositachilar;
- maxsus xizmat transport korxonalari;
- mehmonxona tashkilotlari;
Ikkinchi turga quyidagilar kiradi:
- ovqatlanish korxonalari;
- umumiy foydalanish transport vositalari.
Turoperatorlar yalpi turmahsulotni o‘z nomidan, o‘z hisobidan taklif qiladi va tavakallikni o‘z bo‘yniga oladi. Yalpi so‘zi ikkita belgini ifoda etadi: safar majmuasi bir necha xizmat hamda umumiy narxda sotiladigan to‘plamdan iborat; safar andozali, tayyor va alohida mahsulot hisoblanadi.
Turvositachi o‘lchamlari, hududiy faoliyat rejasining keng ko‘lamliligi va chuqur qamrab olinishi, iqtisodiy maqsadlarga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi turtashkilotlarning ikkinchi guruhiga turistlarni tashishga ixtisoslashgan transport korxonalari kiradi. Istisnoli darajada turistlarni joylash-tirishdan oladigan daromadi hisobiga ish yuritadigan bilamchi xizmat ko‘rsatuvchi guruh tashkilotlariga mehmonxonalar kiradi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan korxonalardan tashqari birlamchi xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga sug‘urta kompaniyalari, sport anjomlarini ijaraga beruchi, turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va boshqalar mansubdir.
Ikkilamchi xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faqat turistlarga emas, boshqalarga ham xizmat ko‘rsatadilar.
Barcha turizm tashkilotlarini boshqaruvchi (boshqariluvchi) tizimga nisbatan sinflarga ajratish mumkin:
- boshqaruv obyektiga ko‘ra;
- boshqarish subyektiga ko‘ra;
- bog‘lovchi yo‘nalishga ko‘ra.
Turizm tashkilotlarining rivojlanish belgilari quydagilar bo‘lishi mumkin: funksiya (vazifa); joylashish
Odatda turistik biznesda katta bo‘lmagan firmalar ishlashadilar. Bunday firma tashkil etishda katta investitsiyalarni talab qilmaydi, lekin mablag‘larning tez aylanishi va nisbatan yuqori rentabellikka ega bo‘lishadilar Har qanday turistik firmaga o‘ziga xos faoliyat turi xosdir va bu ko‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim turistik firmalar o‘z harakatlarini xizmat paketlarini ishlab chiqarishga markazlashtiradilar, yangi xududlarni o‘zlashtiradilar, turizmning yangi turlarini ishlab chikaradilar, boshqalari esa sotuvga katta e’tibor karatishadilar.
Turistik firmaning asosiy vazifalaridan bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-Turistlar ehtiyojlariga mos keladigan jozibador turistik mahsulotlarni yaratish;
-Talab darajasida taklifni saqlab turish;
-Turistik mahsulot raqobat bardoshligini saqlash;
-Turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish;
-Doimiy mijozlarga ega bo‘lish;
-Moliyaviy barqarorlikning ta’minlanishi.
Turistik firmaning asosiy vazifasi – bu sifatli turistik mahsulotni yaratish bo‘yicha ishlab chiqarish va istiqboldagi faoliyatning to‘xtovsiz ishlab chiqarish siklidir.
Turistik firmalarni maqsadlar va tiplar bo‘yicha tasniflash mumkin. Maqsadlar bo‘yicha turistik firmalar bolalar, ishchan, rekreatsion turizm va boshqalarga ixtisoslashganlarga bo‘linadilar; tiplar bo‘yicha – ichki va tashqi turizmga ixtisoslashgan firmalarga bo‘linadi.
Ekspert baholashlar shundan dalolat beradiki, ko‘pchilik davlatlarda chet elga chiquvchi turistlarning 40 % ga yaqini o‘z sayyohatlarini halqaro va ichki tashishlarni amalga oshirishni, xizmatlarning kerakli paketini, shuningdek, qolgan vositachilik operatsiyalarini (sug‘urtalash, vizalarni rasmiylashtirish va hokazolar) bajaruvchi turistik firmalar orqali takdim etadilar.
O‘zining asosiy faoliyati mazmuni va tavsifiga ko‘ra turistik firmalar iste’molchi (turist) va turistik mahsulot ishlab chikaruvchisi (mehmonxona, transport, restoran) o‘rtasidagi vositachi hisoblanadi.
Zamonaviy turistik firma (tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarvchi har qanday korxona singari) muammolar hisoblangan noaniq bozor xolati, turistik xizmatlarga talabning mavsumiy nobarqarorligi, raqobatning kuchayishi, moliyaviy resurslarning yetishmasligiga duch kelishadilar.
Bunday sharoitlarda turistik firmani tashkil etishning muhim elementi bo‘lib, uni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi, investitsiyadan oldingi baholanishi hisoblanadi. Buning uchun turistik mahsulot sotish hajmini, foydasi va tannarxi hajmini optimal prognozlashtirish zarur. Harajatlar va daromadlar chegaralarini bilish firmaning turistik bozorda o‘zini tutishi masalasini yechish imkonini beradi.
Turistik firmaning bozor muhitida faoliyat yuritishlari turistik bozorning qonuniyatlari va xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi. Amalda bu shuni anglatadiki, zamonaviy turizm iqtisodiyoti turistik bozordagi talab va taklifni har tomonlama taxlil qilishni o‘z ichiga olishi lozim.
Turistik bozordagi iqtisodiy tenglik, turistik industriyaning moliyaviy-iqtisodiy tahlilini talab qiladi (uning strukturasini, an’analari va rivojlanish sharoitlarini, funksional roli va yo‘naltirilganligini).
Turizm resurslari va moddiy texnika bazasini taxlil qilish turistik taklifning real imkoniyatlari, turistik xizmatlarga talab va taklif o‘rtasidagi tenglik, shuningdek, turistik mahsulot sifati kabi masalalar yechimiga yondoshish imkonini beradi.
Firma tanlagan strategiyani amalga oshirishda katta ahamiyatni mos tashkiliy tarkib egallaydi.
Kichik turfirmalar uchun, odatda, boshqaruvning funksional strukturasi tavsifli. G‘oya shundan iboratki, alohida funksiyalarni bajarish mutaxassislarga yuklatiladi.
Boshqaruv funksional strukturasining afzalliklari bo‘lib, natijalarga erishish ustidan samarali nazorat va operatsiyalarni boshqarishning yuqori sifati hisoblanadi.
Boshqaruv funksional strukturasining kamchiliklari:
Turli funksional strukturalar o‘rtasidagi doimiy o‘zaro aloqalarni saqlab turishdagi qiyinchiliklari;
O‘ta markazlashtirish tendensiyalarining namoyon bo‘lishi;
Qarorlar qabul qilishning uzoq muddatliligi;
O‘zgarishlarga qiyinchilik bilan munosabat bildiruvchi nisbatan kotib qolgan tashkiliy shakl.
Yirik korxonalar uchun boshqaruvning chiziqli-funksional struktura tavsiflidir. Boshqaruvning bunday strukturasida barcha boshqarishni o‘ziga ma’lum jamoani boshqaradigan chiziqli rahbar oladi. Aniq masalalarni ishlab chiqish davlat tegishli qarorlarni, dasturlarni, rejalarni qabul qilishda unga funksional bo‘limlardan iborat bo‘lib, ularga maxsus apparatlar (boshqarmalar, bo‘limlar, byurolar va hokazolar) yordam beradi.
Funksional strukturali bo‘linmalar chiziqli rahbarlarga bo‘ysunadilar. O‘z qarorlarini hayotga funksional bo‘linmalar rahbarlari ta’lluqli xizmatlar rahbarlari (kuratorlari) orqali tadbiq etishadilar.
Chiziqli-funksional boshqaruv strukturasinin afzalliklari:
Ishlovchilarni ixtisoslashtirish bilan bog‘liq qarorlar va rejalarni yaxshi tayyorlash;
Maslahatchilari va ekspertlarni jalb qilish imkoniyati.
Chiziqli-funksional boshqaruv strukturasining kamchiliklari:
Ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasida gorizontal darajada yaqin o‘zaro aloqalar va o‘zaro harakatlarning bo‘lmasligi;
Kerakli darajada aniq bo‘lmagan javobgarlik (odatda qaror qabul qiluvchi uning bajarilishida qatnashmaydi);
Vertikal bo‘yicha aloqalar tizimining o‘ta rivojlanishi, ya’ni o‘ta markazlashtirish tendensiyasi.
Bir-birlaridan uzoqda ish olib boruvchi kompaniyalar uchun boshqaruvning xududiy strukturasi tavsiflidir.Ko‘rib chiqilgan tashkiliy strukturalar bazali hisoblanadi va aniq boshqaruv obyektlariga tegishli ravishda detallashtirilishi mumkin.
Turistik korxonaning tashkiliy strukturasi uning belgilanishi, bozor xususiyatlari va boshqa bir qator omillar bilan aniqlanadi. Har bir turistik korxona o‘z strukturasini o‘z vazifalari va ehtiyojlariga qarab moslashtiradi.
Turistik industriyaning mahsuloti – bu turistik sayyohat jarayoni da vujudga kelgan va ushbu sayyohatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turistning ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan turistik tovarlar va xizmatlardir.
Korxonaning tashkiliy strukturasi harakatchan bo‘lishi, ish aktivligi sharoitlari, xodimlarning malakasi va imkoniyatlarining o‘sishini inobatga olgan holda zaruriyat tug‘ilganda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Samarali tashkiliy struktura korxonaning bozordagi ko‘p yillik faoliyat yuritish tajribasi asosida yaratiladi va dinamik strategiyaning muhim yelementlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish