Turistlarni joylashtirish vositalarining standart tasnifi
Toifalar
Turlar
Guruhlar
1.Jamoaviy joylashtirish vositalari
1.1. Mehmonxonalar
1.1.1. Mehmonxonalar.
1.1.2. O‘xshash korxonalar
1.2. Maxsus korxonalar
1.2.1. Sog‘lomlashtirish korxonalari
1.2.2. Dam olish lagerlari
1.2.3. Jamoat transport vositalari
1.2.4. Kongress markazlar
1.3. Boshqa jamoat korxonalari
1.3.1. Dam olishga mo‘ljalangan uylar
1.3.2. Kemping
1.3.3. Boshqalar
2. Individual joylashtirish vositalari
2.1. Individual joylashtirish vositalari
2.1.1. Shaxsiy uylar
2.1.2. Ijaraga olingan
2.1.3. Ijaraga olingan uy
2.1.4. Qarindoshlarnikida yashash (tekin)
2.1.5. Boshqalar
Манба: WTO World Tourism Barometer. Madrid. WTO.2018..
XX asrning 50-yillaridan boshlab jahon mehmonxona xo‘jaligida mehmonxonalar boshqaruvining tashkiliy tuzilishining ikkita modeli farqlanadi.
Birinchi model - Rits modeli bo‘lib, shveytsariyalik tadbirkor Sezar Rits nomi bilan bog‘liq. Mazkur mehmonxonalar yevropacha an’anaviy bejamdorlik va aristokratlilikka asoslangan edi. Hozirda mazkur model tushkunlikda bo‘lib oxirgi 25 yil ichida jahon mehmonxona xizmatlari bozoridan «palas» uslubidagi 2 mln.dan oshiq xonalar tugatildi.
Ikkinchi model amerikalik tadbirkor Kemons Uilson nomi bilan bog‘liq bo‘lib («Xolidey Inn» mehmonxonalar tizimi) unda yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bilan birga mijozning xohishlarini qondirishga katta ahamiyat beriladi. Mazkur modelga asoslanib tashkil этилган mehmonxona tizimida quyidagi asosiy talablar mavjud:
Uslub birligi (arxitektura, interyer).
Ko‘rsatkichlar va tashqi axborotning birligi.
Keng va funksional hol.
Mijozlarni ruyxatga olishning tezkorligi.
Doimiy mijozlarga mljallangan xonalarning mavjudligi.
«Shved stoli» nonushtasi.
Konferens-holning mavjudligi.
Tariflarning egiluvchan tizimi.
Yagona boshqaruv, marketing va kommunikatsiya xizmati.
Hozirda dunyodagi mehmonxona xonalarining 50 foizi ikkinchi modelga tegishli.
Shuningdek, mehmonxonalar tashkiliy tuzilishning uchinchi modeli bo‘lib, u ixtiyoriy mehmonxona tizimlari deyiladi («Best Western», «Rimantic Hotels» va boshqalar). Bunda ma’lum belgi, standart va xizmatlar majmuasiga ko‘ra o‘xshash mehmonxonalar yagona savdo belgisi ostida birlashadi. Tizim a’zolari yagona fondga pul o‘tkazib turadi va umumiy marketing faoliyatidan bahramand buladi.
Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, tizim mehmonxonalari mustaqil korxonalarga nisbatan 60 foiz ko‘proq o‘rtacha daromad olib, 8 foiz ko‘proq o‘rinlar bandligiga erishgan. 2.2-jadvalda xonalar soni buyicha jahon mehmonxona industriyasining yetakchi mehmonxona tizimlari ko‘rsatilgan.
. 2.1.4--jadval. Jahonning yetakchi mehmonxona tizimlari