QISQACHA XULOSA Turizmda reklama turistik xizmatining iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari orasida aloqa bajarilishini faol vositasi hisoblanadi. Turizm industriyasida reklamani farqlovchi belgilari tarmoqni va uning turistik xizmatlari xususiyati bilan aniqlanadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Turistik reklama yordami bilan uzatiladigan xabarlarning haqiqatligi va aniqligi uchun ma’suliyatga;
An’anaviy tovarlar kabi, doimiy sifati, ta’mi, foydaliligi yo‘kligi bilan farqlanadigan turistik xizmatlar, reklamani ma’lumotligi va tashviqot kabi funksiyalarining rivojlanishiga muhtoj;
Turistik xizmatlarni xususiyati turistik kiziqishi obyektlarini tularoq aks ettiruvchi kurgazma va tomosha vositalaridan keng foydalanishni taqoza etadi; Muvaffakiyatli reklama kompaniyasini utkazish uchun iste’molchilar bozorini differensiatsiya qilmoq kerak (iste’molchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni ajratish).
Reklamani potensial iste’molchilari sifatida sheriklar va aholi guruhlarini uch kategoriyasini ajratish mumkin:
Asosiy xususiyat shundan iboratki, turistik korxona ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, turistik mahsulot hisoblanadi va u boshqa mahsulotlardan farqli jixatlari bilan ajralib turadi. Avvalo turistik mahsulot nomoddiydir, uni tahlilga imkoni bo‘lmaydi va mulk sifatida olib bo‘lmaydi. Turistik mahsuloti qattiqligi bilan va zaxiralarni yaratish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Agarda xatto talabni dasturlashtirish imkoni bo‘lsada, bari-bir mahsulotning o‘zini iste’mol bilan bir vaqtda ishlab chiqarish mumkin. Turistik korxona bir o‘zi o‘z vazifalarini uddalay olmaydi. Ular bozor extiyojlarini qondiradigan ixtisoslashgan vositachilik firmalariga murojaat qilishga majbur bo‘lishadilar va mumkin bo‘lgan mijozlar bilan yaqin aloqalar tufayli daromadlilikni ta’minlaydilar.
Mahsulot o‘tkazish tarmoqlari va kichik turistik firmalarning qayta tashkil topishidan bozor tomon ilk qadamlari chakana va kichik savdo firmalari bilan hamkorlik qilishdan boshlanadi. Bunda ularning sotuvdagi ixtisoslashuv hisobi kerak, u turistik mahsulotning turoperator tomonidan taklif qilingan shakliga mos tushishi kerak. Xorij bozorga kiruvchi firma strategiyasida xorijiy hamkorlarning xududiy joylashuviga e’tibor berish kerak, u sotuvda muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot o‘tkazish bo‘yicha hamkor tanlashda 3 ta shartga e’tibor berish kerak; huquqqa egaligi, kreditga egaligi va hamkorlik imkoniyati.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda depozitning ikki shakli mavjud. Birinchisi - xaridorga yil davomida ko‘rsatiladigan xizmat to‘lovi hisobiga qo‘shiladi. Bunday depozit yil boshida o‘tkaziladi. Uning (10-15 %) hajmi shartnoma tuzayotgan tomonlar shartlariga ko‘ra belgilanadi. Yil oxirida u so‘nggi operatsiyada hisoblanishi mumkin ва ҳ.к..