5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana09.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#648720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
 
Metodning kamchiligi: 
 
– metodni qo‘llash uchun ko‘p vaqt kerak; 
– har bir ishtirokchi uchun alohida tarqatma material talab etiladi; 
– ishtirokchilarning o‘zlashtirish darajalari har xilligi sababli kuti-ladigan natijaga har 
doim ham erishilavermaydi. 
«Ajurli arra» 
 
«Ajurli arra» (ajar so‘zi fransuzcha 
«ajour»
so‘zidan olingan bo‘lib, 
“bir yoqdan ikkinchi yoqqa 
o‘tgan, ikki tomoni ochiq”
degan ma’noni ang-latadi) metodi tuzilish jihatidan o‘zida quyidagi 
bosqichlarni qamrab oladi: 

Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir necha aso-siy qismlarga (yoki) 
mavzularga qirqiladi. 

Birlamchi guruhlar: har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni ola-di va ekspertga 
aylanadi. 

Ekspert guruhlar: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mav-jud bo‘lgan o‘quvchi-
talabalar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘r-gatish, rejasini egallash uchun ekspert 
guruhiga birlashadilar. 

Birlamchi 
guruhlar: 
o‘quvchi-talabalar 
o‘zlarining
birlamchi 
gu-ruhlariga 
o‘rganganlarini o‘qitishadi. 
Shuningdek: 
1.
 
O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o‘quvchi-talaba-larning hamkorlikda 
ishlashlariga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon 
tug‘iladi. 
2.
 
U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun talaba-o‘quv-chilarga boshlang‘ich 
axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali qurol 
hisoblanadi. 
3.
 
O‘qituvchi murakkab mavzular bo‘yicha o‘quvchi-talabalarni dars-ga tayyorlash uchun 
oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborot tayyorlaydi. Unda darslikdan tashqari 
qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnallardagi maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak. 
4.
 
Har bir o‘quvchi-talaba ikki guruh tarkibida ishtirok etadi: Dast-lab “o‘z uyi” 
(birlamchi) guruhiga, keyin esa (ekspert) guruhiga birla-shib, o‘quv elementlarini mustaqil 
ravishda o‘rganishadi. Ekspert guru-hini tezda tashkil etish uchun o‘quvchi-talabalar olgan 
axborot paket-laridan har bir mavzuga oid materiallar, bir xil rangdagi qog‘ozlarga yozilgan 
yoki rangli qalam bilan qog‘ozning biror bir burchagi bo‘yal-gani ma’qul. 
5.
 
Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha o‘quvchi-talaba (o‘quvchi-ta-labalar soniga qarab) 
bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi-talaba “o‘z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab 
olishi kerak. 
6.
 
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni “rangli topshiriqlar” asosida gu-ruhga birlashishini taklif 
etadi hamda ular alohida mavzular bo‘yicha eks-pertga aylanadi. Misol uchun, “qizil” larni 
auditoriya yoki sinf xonasi oxi-rida, “ko‘k”larni esa OO‘Yu, kasb-hunar kolleji, maktab 
yo‘lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhida o‘quvchi-talabalar soni 3 nafardan 
kam bo‘lmasligi kerak. 
7.
 
Guruhlarga axborotli paketlar tarqatiladi, har qaysi guruh turli xil materiallar 
to‘plamini olishlari va ularni muhokama qilishi, aynan ana shu axborotlar bo‘yicha ekspertga 
aylanishi lozim. O‘quv material-lari bo‘yicha “ekspert” bo‘lishi uchun o‘quvchi-talabalarda 


vaqt yetarli bo‘lishi zarur. Agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, bir dars ja-rayoni to‘liq 
talab qilinadi. 
8.
 
O‘quvchi-talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: 

paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling; 

bir-biringizdan so‘rang, materiallarni har biringiz tushunib olga-ningizga ishonch 
hosil qiling; 

o‘z “uyingiz” guruhida o‘qitish zarurligini hisobga olib, mate-rialning muhim o‘quv 
unsurlariga e’tiborni qarating. 
9.
 
 O‘quvchi-talabalarning o‘z “uylariga” qaytishlarini iltimos qi-ling. Har biri o‘z “uyi” 
guruhiga axborot beradi. Shak-shubhasiz, “u” guruhida ekspert guruhidan 1 ta o‘quvchi-talaba 
bo‘lishi shart. O‘rga-nib kelgan o‘quvchi-talaba materiallarni o‘z guruhi o‘quvchi-talabalari-ga 
o‘rgatish javobgarligini bo‘yniga oladi. Bu jarayon o‘quv materiallari-ning o‘zlashtirilishi zarurligiga 
qarab, yana bir soat davom etishi mumkin.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish