5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana09.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#648720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
 
 
“Iqtisodchi” metodi 
 
“Iqtisodchi” metodi o‘quvchi-talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xo-tiraning rivojlanishiga 
imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilish-da o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash 
mahoratini shakllantiradi. 
Masalan, iqtisodiy iboralarni pedagogik atamalar bilan to‘ldirish. O‘quvchi-talabalar 
iboralarni tavsiya qilishadi: biznes, tadbirkor, iqtisod, hisobot, statistika va hokazo. Bu ibora 
to‘g‘risida to‘xtaymiz:
Veyer (yelpig‘ich) metodi 
Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarak-teridagi mavzularni 
o‘rganishga qaratilgan. 
Metod mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la sharh 
beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalarda muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va 
salbiy tomonlari, afzal-lik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv 
metod tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojla-nishiga hamda o‘z 
g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat 
yaratadi. 
Veyer metodi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik 
guruhlarning, har bir qatnashuvchining, auditoriyaning faol ishlashiga qaratilgan. 
Veyer metodi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanishi mumkin: 
– 
boshida: o‘z bilimlarini erkin faollashtirish; 
– mavzuning o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahm-lash va anglab yetish; 
 – yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish

Asosiy tushunchalar quyidagilar: 
– 
aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi; 
 – afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz; 
 – fazilat – ijobiy sifat; 
 – nuqson–nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik; 
– xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish.
Veyer metodi ta’lim maqsadidan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi quyidagi vazifalarni 
amalga oshirish imkonini ham beradi: 
– 
jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; 
– muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati; 
– murosali qarorlarni topa olish mahorati; 


– o‘zgalar fikriga hurmat; 
– xushmuomalalik; 
ishga ijobiy yondashish;
– faollik; 
– muammoga diqqatini jamlay olish mahorati. 
Shunday qilib, iqtisodiy fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metod-lardan foydalanish 
o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foy-dalanilayotgan har bir interfaol metodni 
sinchiklab o‘rganish o‘quvchi- talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoni to‘g‘ri 
yechi-mini topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorli-gini va faolligini 
oshiradi. Turli xil iqtisodiy muammolar interfaol me-todlar orqali tahlil etilganda, o‘quvchi-
talabalarning bilishini kengayishi va chuqurlashishi aniqlanadi. Shuning uchun quyidagi amaliyotda 
foyda-lanilayotgan interfaol metodlar asosidagi dars ishlanmasi (uslubiy ko‘r-satma)ni 
keltiramiz.
Mavzu: Interfaol metodlar asosida dars o‘tish 
Dars shakli: Seminar 
TA’LIM METODLARI: 
Suhbat, savol-javob “Aqliy hujum”, “Qora quti” hamda 
“5x5x5”, “Beshinchisi ortiqcha”, test so‘rovi. 
DARSNING MAQSADI: 
Oliy o‘quv yurtlari talabalarida ta’limni amalga 
oshirishning asosiy metodlari va tashkiliy shakl-lari 
to‘g‘risida bilimlarini mustahkamlash. 
DARSNING JIHOZLARI: 
Mavzuga oid adabiyotlar, slaydlar, oq qog‘oz, marker, 
o‘quvchi-talabalarni guruhlarga bo‘lish uchun turli shakl 
va rangdagi kartochkalar. 
Darsning rejasi: 
I. “Aqliy hujum” metodi yordamida dastlabki tushunchalarni aniq-lashtirib olish. 
II.
“5x5x5” metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirish. 
III.
Savol-javob asosida suhbat tashkil etish. 
IV.
“Qora quti” metodi yordamida o‘zlashtirilgan tushunchalarni mus-tahkamlash. 
V.
“Beshinchisi ortiqcha” metodi yordamida o‘zlashtirilgan bilim-larni mustahkamlash. 
VI.
Qisqacha test so‘rovi yordamida talabalarning o‘zlashtirish da-rajasini aniqlash. 
Darsning borishi 
 
Mashg‘ulot o‘qituvchining oliy ta’lim tizimida “Zamonaviy pedago-gik texnologiyalar” 
fani haqidagi kirish so‘zi bilan boshlanadi. U o‘z ma’ruzasida ta’lim metodlari oliy malakali 
mutaxassislarni tayyorlash-ning muhim omili ekanligini yorqin misollar bilan tushuntiradi, 
bunda an’anaviy hamda noan’anaviy ta’lim metodlarini sanab o‘tadi. Ma’ruzalar matnda berilgan 
ma’lumotlar bilan cheklanmay, qo‘shimcha adabiyotlarga, jumladan “Pedagogika”, “Psixologiya” 
hamda maxsus fanlarni o‘qitish metodlariga oid boshqa qo‘llanmalarga murojaat qiladi. Mavzuga oid 
asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati jadval shaklida talabalarga havola qi-linsa, o‘qituvchi 
bergan ma’lumot yanada samarali, esda qolarli bo‘ladi. 
Mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan har bir metod mos ra-vishda savol-javoblar 
orqali mustahkamlab boriladi. Chunonchi, “Siz metod” tushunchasini qaysi fan sohalarida 
uchratgansiz?, “Siz bakalavr kursida tahsil olish davomida “ta’lim metodi” tushunchasi bilan 
bog‘liq qanday ma’lumotlarni eslay olasiz?”, “Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish davomida 


qo‘llanilgan qanday ta’lim metodlarini sanab bera ola-siz?” kabi savollarga talabalar, albatta 
javob berishadi. Ular aytishga qiynalgan, munozarali o‘rinlarni esa o‘qituvchining o‘zi to‘ldirib 
boradi. 
Talabalarga ma’ruza mashg‘ulotida 
metod, metodika, metodologiya, pedagogik 
texnologiya, interfaol metodlari
bilan bog‘liq tushunchalarni mustaqil ravishda, chuqurroq 
o‘rganish topshirilishi lozim. Ta’lim me-todlari tushunchasi ancha keng va birmuncha murakkab 
bo‘lib, ularni mustaqil ravishda birlamchi o‘qish amaliy mashg‘ulot jarayonida ularni o‘zlashtirish 
va mustahkamlashni ancha osonlashtiradi, matnda uchraydi-gan qiyin so‘z, jumla va nomlarni to‘la 
tushungan holda o‘zlashtirishga yordam beradi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish