Jinsiy sistemasi germafrodit bo`lib, tananing oldingi qismida joylashgan. Xususan, tananing 10-11 halqalarigamos keladigan qismida ikki juft urug`donlar joylashgan.
Rivojlanishi. Kamtuklilar metamorfozsiz rivojlanadi. Rivojlanish siklida troxofora lichinkasi bo`lmaydi. Tuxumlari pilla ichida rivojlanib, yosh chuvalchang chiqadi. Tuban kamtuklilar pillasida birdaniga bir necha tuxum. rivojlanadi. Yuksak kamtuklilar (Lumbricomorpha turkumi) pillasida oqsilli suyuqlik bo`ladi; tuxumida oqsil kam bo`ladi. Pillada rivojlanadigan embrion suyuqlikdagi oqsilni yutadi. Ana shu sababdan uning tuxumdan chiqqan murtagi "yashirin embrion" deyiladi. Embrion pilla ichida bir necha metamorfozdan so`ng voyaga yetgan chuvalchangga aylanadi. Kamtuklilar ham ko`ptuklilar singari juda yuqori darajada regeneratsiya qilish xususiyatiga ega.
Ekologiyasi. Kamtuklilar asosan chuchuk suvlar va tuproqda, ba`zan dengizlarda hayot kechiradi. Chuchuk suvda yashovchi kamtuklilar suv tubida o`rmalab yuradi yoki suv tubidagi loyda qazigan inlarida hayot kechiradi, O`troq yashovchi kamtuklilar tanasining faqat keyingi qismi loydan suvga chiqib turadi. Ular tanasining keyingi qismini tebratib, nafas olishni kuchaytiradi qizil chuvalchang Tubifex, Quruqlik kam- tuklilari tuproqda in qazib hayot kechiradi. Inidan faqat juda nam havoda (yomg`irdan so`ng) yoki kechasi salqinda chiqadi.
Amaaliy ahamiyati. Tuproqda yashovchi yomg`ir chuvaichangiari va enxitreidlar tuproq unumdorligiga katta ta`sir ko`rsatadi, Ch. Darvin yomg ir chuvaichanglarining tuproq hosildorligini oshirishdagi ahamiyati- ga katta baho bergan. Yomg`ir chuvaichangiari tuproqni kavlab, o`simlik ildizlarini tuproqqa chuqur kirishiga imkon beradi; unga suv va havo kir- ishini yaxshilaydi. Ular faoliyati tufayli tuproq qatlamlari aralashadi va yumshaydi. Bir kvadrat metr joydagi chuvalchanglar bir yil davomida 4 kg tuproqni, huddi shu muddatda 1 ga maydonda esa 101 dan 3C) t gacha tuproqni yeryuzasigachiqarishi mumkin. Yomg`ir chuvaichangiari o`simlik qoldiqlarini inlariga tashib kirib, ulami chirishini tezlashtiradi; tuproqni o`g`itlab, unda gumus hosil bo`lishiga ijobiy ta`sir qiladi. Ular tuproqni ichagidan o`tkazib, koprolitlar hoiida chiqaradi. Koprolitlar tuprotqni struk- turali va donador qilib yemirilishdan saqlaydi; unga nam shimilishini yaxshilaydi. Chuchuk suv kamtuklilari (Tubifex va boshqalar) o`z i chagidan ko`p miqdorda loyqani o`tkazib, suv havzalarini chiriyotgan organik qoldiqlardan tozalaydi. Kamtuklilar baliqlarning ozig`i sifatida liam katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Qizil chuvalchang (Tubifex) akvarium baliqlariga oziq sifatida, eyzeniya chuvalchangi (Eisenia) biogumus oli sh uchun maxsus ko`paytiriladi.