Hazm qilish sistemasi og`izdan boshlanadi. Og`iz peristomiumning qorin tomonida joylashgan. Ichagi ektodermal oldingi va orqa endoder- mal o`rta bo`limlardan iborat. Oldingi ichak ko`pincha og`iz bo`shlig`i va muskulli halqumga bo`linadi. Ko`pchilik yirtqich ko`ptuklilar halqumi devori kutikulasi qalinlashib, o`tkir xitin tishlar, ya`ni jag` plastinkalami hosil qiladi. Halqum ag`darihbtashqarira chiqariladi vao`ljani tutish vazifasini bajaradi. Yirtqich bo`lmagan turlarda halqum kuchsiz rivojlangan. O`rta ichak to`g`ri naydan iborat, orqa ichak kalta bo`ladi. Erkin harakatlanuv`- chi ko`ptuklilar asosan yirtqich bo`lib, mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. O`troq yashovchilar suvda muallaq turadigan organik moddalar va mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Ularda oziqni yig`ish va uni og`iz tomonga haydash vazifasini boshidagi uzun patsimon o`simtalari (palpalar) bajaradi. Bu o`simtalar nafas olish organi - jabralar vazifasini o`taydi. Nafas olish organlari har xil tuzilgan. Sodda tuzilgan vakillari teri yuzasi orqali nafas oladi. Ko`pchilik ko`ptuklilar parapodiylarning bir qismi, masalan, orqa mo`ylovi jabraga aylanadi. Jabraga qon tomirlari keladi; uning devori orqali suvda erigan kislorod qonga o`tadi. Jabralar patsimon, bargsimon yoki shoxlangan shaklda bo`lib, tananing muayyan bir qismida, masalan, boshida yoki parapodiylarda hosil bo`ladi.
Qon aylanish sistemasi organlari tananing orqa va qorin tomoni bo`ylab joylashgan qon tomirlaridan iborat. Orqa qon tomiri ichak us- tidan, qorin qon tomiri esa ichak ostidan o`tadi. Qon tomirlari bo`shlig`i birlamchi tana bo`shlig`i qoldig`i hisoblanadi. Ikkala qon tomirlari ham peritoneal epiteliy ostidan o`tadigan mayda tomirlar va lakunlar hamda selom devorini aylanib o`tadigan halqa tomirlar bilan bog`langan. Halqa tomirlar har bir halqada bittadan ba`zan bir nechtadan bo`lib joylashadi. Halqa tomirlar orqali qon jabralarga va teriga boradi. Qon tomirlari or- ganlarda juda mayda ingichka kapillyarlami hosil qiladi. Qon aylanish siste- m asi yopiq, chunki yirik qon tomirlaridan to`qimalarga qon olib boruvchi kapillyarlar to`g`ridan-to`g`ri qon olib keluvchi tomirlargaulanib ketadi; qon faqat qon tomirlari ichida oqadi. Orqa qon tomirining ritmik qisqarishi tu fayli qon orqa qon tomiri bo`ylab orqadan oldinga, qorin tomirlarida esa oldindan orqaga oqadi. Tananing oldingi qismida ichak atrofida joylashgan halqa qon tomirlari orqali qon orqa tomirdan qorin tomiriga, tananing keyingi qismidagi xuddi shunday tomirlar orqali esa qorin qon toiniridan orqa qon tomiriga o`tadi.
Sezgi organlari erkin faol harakat qilib yashovchi turlarda yaxshi rivojlangan. Sezgir hujayralar terida ko`p bo`ladi. Antennalar, palpalar, prostomiumdagi kiprikli chuqurchalar, parapodiylardagi mo`ylovlar maxsus sezgi organlari hisoblanadi.
Ayrim o`troq yashovchi ko`ptuklilarda tanasining oldingi halqalarida 1 -5 ta yoki undan ko`proq muvozanat saqlash organi -statotsistlar bo`ladi. Ko`zlar deyarli hamma ko`ptuklilarda bo`ladi; ko`pincha, prostomiumn- ing ustida 2 yoki 4 ta bo`lib joylashgan. Oddiy hollarda ko`zlar ektoder- madan hosil bo`ladigan qadahsimon chuqurchalardan iborat