5-mavzu: Halqali chuvalchanglar tipi, ularning harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Halqali chuvalchanglar, ularning umumiy harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Yashash tarzi, tuzulishi, ko’payishi va rivojlanishi



Download 1,63 Mb.
bet2/7
Sana22.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#836768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza. Halqali chuvalchanglar tipi

Tuzilishi. Tanasi cho`ziq, silindrsimon yoki biroz yassilash- gan, 5 dan 800 gacha halqalar, ya`ni segmentlardan iborat. Oldingi og`izoldi bo`limi - prostomium va oxirgi anal bo`limi pigidinm boshqa tana bo`limlaridan farq qilib, tananing metamerlashmagan (halqalarga bo`linmagan) qismi hisoblanadi. Erkin yashovchi tuban tuzilgan vakillarj- da tana halqalari bir xilda tuzilgan ya`nii gomonom bo`ladi. O`troq hayot kechiradigan halqalilar tanasining turli qismlari har xil sharoitda bo`lishi tufayli halqalarining kattaligi va tuzilishi ham har xil bo`ladi. Chunonchi, o`troq ko`ptuklilar tanasining oldingi qismida naydan chiqib turadigan juda ко `p o`simtalari bor; tananing keyingi nay ichidagi qismida esa o`simtalar rivojlanmagan. necha (2-3) tana bo`g`imlarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Uning qorin tomonida og`iz teshigi joylashgan. Bitta yoki bir necha tana bo`g`irnlarini qo`shilib bosh bo`limini hosil qilishi sefalizatsiya deyiladi. Bu jarayon bo` g` imoyoqlilarda ham sodir bo` ladi.
Prostomiumda bir juft paypaslagichlar, ya`ni palplar va bir juft yoki ko`proq tuyg`u organlari - antennalar joylashgan. Peristomiumda har xil miqdorda mo`ylovlar ya`ni sirrilar bo`ladi. Tana bo`g`imlaridagi parapodiylar juda sodda tuzilgan harakatlanish organi bo`lib, halqali chu­valchanglarda birinchi marta paydo bo`ladi. Parapodiylar muskulli, yassi eshkaksimon tana o`simtalar tananing ikki yonida har bir bo`g`imda bir juftdan joylashgan. Har bir parapodiy yaxlit bazal va ikkiga bo`lingan ustki bo`laklardan iborat. Ustki bo`laklarining orqa shoxi noto- podiya, qorin shoxi nevropodiya deyiladi. Orqa va qorin shoxlari asosidan bittadan sezgir mo`ylovlar chiqadi. Har bir shoxda bir tutamdan qillar joylashgan. Qillar ingichka va elastik; ularning asosida parapodiy laming xaltasimon chuqurchasi joylashgan. Qillardan biri juda yo`g`onlashgan bo`lib, tayanch vazifasini bajaradi. Parapodiylar old in dan orqaga silkin- ganida qillar substratga tegib, hayvonni oldinga suradi. Parapodiylar er­kin yashovchi ko`ptuklilarda yaxshi rivojlangan; o`troq yashovchilarda esa qisman reduksiyaga uchrab asosan tanasining eng faol harakatlanadigan oldingi qismida saqlanib qoladi. Tananing keyingi qismida esa parapodiyning etdor qismlari reduksiyaga uchragan; ularning qillari chu­valchang tanasining bevosita o`zidan chiqqanga o`xshab ko`rinadi. Tu­ban ko`ptuklilar, masalan, Dino- philus avlodi vakillarida parapodiylar va qillar bo`lmaydi. Ko`ptuklilar tanasi sirtdan yupqa kutikula bi lan qop­langan. Kutikula ostida bir qa­tor epiteliy bo`ladi. Kutikula ana shu epiteliydan hosil bo`ladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish