4. Moliya bozori – moliya resurslari bozori tariqasida moliyaviy mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlaridan iborat bo’lib, u asosan kre-ditlar bozori ko’rinishda bo’ladi.
Moliya bozorida ikki guruhdan iborat subyektlar pul bilan munosabat qiladilar. 1) pul egalari yoki uni saqlovchi aholi, firma, kompaniyalar, banklar davlat muassasalari bo’lsa, 2) pulga muhtoj bo’lgan kredit tariqasida uni ma’lum muxlat maboynida (istemol tovarlarni sotib olish, tadbirkorlikni tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olish uchun) va foydalanganligi uchun xaq (foiz; prosent) to’lash sharti bilan oluvchi subektlardir.
Moliya bozorning ruknlaridan biri-qimmatli qog’ozlar bozori bo’lib, unda daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar –aksiya, obligasiya, veksel, chek, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Bu fond birjalarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |