Moliya bozorining ruknlaridan yana biri – valyuta bozori bo’lib, bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Valyuta bozorida firmalar, korxonalar, davlat va fuqarolar faoliyat ko’rsatadi, ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi.
Valyuta bozorida valyuta bilan savdo qiluvchi banklar tomo-nidan amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda valyuta savdosi bilan Respublika Markaziy Banki va shu faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya olgan tijorat, aksiyadorlik, xususiy banklar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekistonda valyuta muomilasi asosan «AQSh dollari»da va shu bilan birga «Angliya funt sterling» gi, «Yapon iyena» sida «YeVRO» da olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |