5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари



Download 73,35 Kb.
bet1/23
Sana09.09.2021
Hajmi73,35 Kb.
#169006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
referat


Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari.

Reja:
Kirish

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari.

2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

3. Resurslar cheklangani tufayli extiyojlarni kondirish muammolari

4. Bozor infratuzilmasi.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Hozirgi zamon dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini – bozor iqtisodi tashkil etadi va u yer yuzidagi barcha davlatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanmoqda va amal qilmoqda.

Mazkur iqtisodiyotning amal qilish xususiyati ko’p asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, bugungi kunda madaniylashgan shaklga kirib hukmron iqtisodiy tizimga aylandi.

Bozor iqtisodiyoti deganda, eng avvalo ko’z oldimizga bozor tushunchasi keladi. Bozor iqtisodiyotining markazida, albatta, bozor tushunchasi turadi. Xo’sh bozor o’zi nima? U qanday iqtisodiy tushuncha, kategoriya?

Xalq orasida, bozor deganda, alohida savdo-sotiq qilinadigan joy, xaridor bilan sotuvchi uchrashadigan joy tushuniladi. Chunki birinchi bor bozor eng avvalo sotuvchi va xaridorlarning o’z molini ayirboshlaydigan joy tariqasida paydo bo’lgan.

Qadim zamonlarda qabilalar o’zlarining ortiqcha mollari-mahsulotlarini ma’lum bir joyga olib kelib, boshqalarning mahsulotlariga ayirboshlaganlar. Mehnat taqsimotining kelib chiqishi, hunarmandchilikning rivojlanganligi va ko’plab shakl-larining paydo bo’lishi natijasida oldi-sotdi qilish uchun maxsus joy, maydonlar ajratilgan. Shu joy (maydon) bozor deb atalib, kishilar bir-birlari bilan oldi-sotdi olib boriladigan obyektga aylandi. Qadimgi davrlarda tovar ayirboshlash T-T1 ko’rinishda, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shu joyni o’zida, bir vaqtda sodir bo’lgan. Mehnat taqsimotining vujudga kelishi va chuqurlashuvi tufayli ayirboshlashning keng tus olishiga sabab bo’ldi. Pulning kelib chiqishi bilan esa sotish va xarid qilish ikki jarayonga bo’lingan va T-P-T2 shaklida yuz bera boshlagan. Natijada tovarni sotish T-P, xarid qilish esa P-Tga aylangan. Bu jarayon zamon va makon jihatidan yuz bermasligi ham mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini sotib, pulga aylantirib, boshqa vaqtda boshqa joydan o’ziga kerakli tovarlarni harid qilishi mumkin.

Pulning kelib chiqishi, savdo bilan shug’ullanuvchi, aholi ichidan tovarlarni ishlab chiqaruvchi hamda sotuvchi qatlamlar vujudga keldi. Natijada savdo bilan shug’ullanuvchi qatlam, tovarni bir joydan ikkinchi joyga olib borib, iste’molchilarga sotish bilan shug’ullanadigan – tijoratchilar paydo bo’ldi.


Download 73,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish