Bozor iqtisodiyotini uch asosiy rivojlantiruvchi kuchi ham mavjud:
1. TALAB VA TAKLIF;
2. RAQOBAT KURAShI;
3. NARX.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat ko’rsatishni, tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, tovar – pul munosabatlariga asoslanadi hamda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, o’zaro hamkorlik faqat bozor orqali yuz beradi.
Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan tovar munosabatlari yaxlitligi bo’lib, har bir insonga o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishni rag’batlantiruvchi demokratik iqtisodiyotni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |