Biologik nurash tabiatda ko‘pincha kimyoviy nurash bilan birga sodir bo‘ladi. Noorganik moddalarning organik moddalarga aylanishida va unga teskari jarayonlarda atom migratsiyasi bosh sababchi hisoblanadi. Quruklikni bundan 100 mln. yil avval dastlab o‘simliklar, so‘ngra hayvonlar zabt etgan. Organizmlar atmosferaning 6 km tepaligida, gidrosferaning eng chuqur (11022 m) qismida ham uchraydi. Birinchi navbatda organizmlarning faoliyati nurash jarayonini kuchaytiradi. Tog‘ jinslarining parchalanishida bakteriyalar, chuvalchanglar, kemiruvchilar, o‘simliklar muhim ahamitga ega bo‘lib, elyuviy, delyuviy va tuproq qatlamining hosil bo‘lishida faol qatnashadi. Qoyatoshli yonbag‘irlarda o‘sadigan daraxt o‘simliklar siniq jinslarning vujudga kelishida etakchi o‘rinni egallaydi. O‘simlik va hayvonot olami qoldiqlari ham chirib, kimyoviy nurashni tezlashtiradi.
Demak nurash tog‘ jinslarining mustahkamligini zaiflashtiradi, parchalaydi, tuproq qatlamini, nurash po‘stlog‘ini, zirhli sirtlarni, g‘aroyib relef shakllarini, sochilma foydali qazilmalarni hosil qilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |